Tuberkulyozning turli shakllari va o'pka surunkali nospetsifik kasalliklarida yo'tal xarakteri. O'pka tuberkulyozi va o'pkaning surunkali nospetsifik kasalliklarining qiyosiy tashxisi


Download 180.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana18.06.2023
Hajmi180.98 Kb.
#1570915
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
8 - Nazariy materiallar

gemosiderofaglar-
tsitoplazmasida gemosiderin kiritmalarini saqlovchi alьveolyar makrofaglar 
bo'lib, o'pka infarkti, idiopatik o'pka gemosiderozi, yurak etishmovchiligiga 
bog'liq o'pka dimlanishlarida, turli genezli qon tuflashlarda uchraydi. 
Balg'amda eozinofillar asosan bronxial astmada topiladi. Pirogov-Langxans 
hujayralari- ko'p yadroli gigant hujayralar bo'lib, oval yoki yumaloq shaklda 
bo'ladi va o'pka tuberkulyozi uchun xos.Balg'amni tsitologik tekshiruv orqali 
undagi hujayraviy elementlarga qarab bronx va o'pkadagi kasallikning 
faolligi aniqlanadi, infektsion yoki allergik yallig'lanish ustunligi aniqlanadi.
Bronx o'smasi diagnostikasida tsitologik tekshirish ayniqsa yuqori xavf 
guruhiga kiruvchi shaxslarni profilaktik tekshirishda ishlatiladi. Balg'amda 
yakka yoki to'p holdagi o'sma hujayralarining topilishi o'pkadagi o'sma 
jarayonini nafaqat tasdiqlaydi, balki uning gistologik turini ham aniqlab 
beradi. Balg'amni mikrobiolgik tekshiruv o'z ichiga mikroskopik tekshiruv, 
sof kulьturani olish, ularni dori vositalariga sezgirligini aniqlash va boshqa 
tekshiruvlarni oladi. Traxeobronxial sekretdan ko'pincha quyidagilar ajratib 
olinadi: patogen- Streptococcus pneumonie, Haemophilus influenzae; shartli 
patogen- neklostridial anaeroblar– Staphilococcus aureus, Staphilococcus 
epidermis, Streptococcus hemolyticus, Klebsiella pneumoneae, Escherischia 
coli. Balg'amni bo'yalgan va bo'yalmagan preparatlarida donador Candida 
zamburug'larining topilishi o'pka kandidozi diagnozi uchun etarli emas; 
aktinomitset koloniyalarining yiringli massalar bilan birga topilishi 
diagnostik ahamiyatga ega.
Bakteroskopiyada tuberkulyoz mikobakteriyalarini aniqlash muhim 
ahamiyatga ega, ularni Tsilь-Nilьsen usulida fuksin bilan qizil ranga bo'yab 

Download 180.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling