so'lak bilan qo'shilib va burun shilliq qavati va burun oldi bo'shliqlari
ajralmalari bilan patologik jarayonda yuzaga keluvchi ajralmadir.
Meъyorida traxeobronxial ajralma seroz va shilliq bezlar ajratgan shilliqdan
iborat, unda traxeya, yirik bronxlar shilliq qavati kadahsimon hujaylari va
elementlari mavjud (alьveolyar makrofaglar va limfotsitlar ko'proq bo'ladi).
So'lak burun ajralmasi kabi bakterotsid xususiyatga ega. Traxeobronxial
ajralma o'zidan mukotsiliar klirens mexanizmi hisobiga yuzaga keluvchi
metabolit va hujayra detritlarini tutadi, ular kiprikli epiteliy hayoti davomida
xosil bo'ladi. Traxeobronxial ajralma meъyorida 10-100ml bo'ladi, sog'lom
odam normada buni yutadi.
Balg'am ko'rinishi traxeobronxial ajralma tarkibi va mikdori ortishiga
bog'liq (masalan: burun bo'shlig'i shilliq qavati infektsion va allergik
yallig'lanishlarida nafas olgan havodagi qo'zg'atuvchi omillar taъsiriga
bog'liq), shuningdek shilliq qavat olib tashlanganda mexanizm buzilishiga
bog'liq. Bronxlar kasallanganda traxeobronxial ajralmaning reologik
xususiyatlari o'zgaradi, natijada ishlab chiqariladigan shilliq miqdori ortadi
va kipriksimon epiteliy funktsiyasi susayishi infitsirlangan shilliqning
bronxda dimlanishiga sabab bo'ladi.
Balg'am xususiyati, tarkibi va xarakteri.
Balg'am miqdori turli patologik jarayonlarda 1-11,5 litr/kuniga etadi.
Balg'am rangi uning tarkibiga bog'lik. U rangsiz yoki yiring aralashganda
sarg'ish bo'lishi mumkin; yashil rang yiringli balg'am yig'ilib qolganidan
darak beradi. Yorqin sariq yoki kanareyka rangi ko'p miqdorda eozinofil
borligidandir, masalan o'pkaning eozinofilli infilьtrati, bronxial astma.
Zangsimon balg'am ko'prok gematin hosil bo'luvchi krupoz pnevmoniyada
Do'stlaringiz bilan baham: |