uchun
bronx–alьveolyar
yuvindi
yoki
bronxoskopiyada olingan aspirat moddalarini ishlatish mumkin.
Klinik amaliyotda balg'amni tekshirish uchun makroskopik, mikroskopik,
mikrobiologik va fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Balg'amni makroskopik tekshirganda uning sutkalik miqdori, hidi,
konsistentsiyasi va xarakteri aniqlanadi. Yana balg'amning shisha idishda
yoyilishi kuzatiladi, shilliq va shilliq -yiringli balg'am yoyilmaydi. Yiringli
balg'am ikki qavatga ajraladi, baъzan o'pkada yiringli jarayon bo'lsa uch
qavatga ajraladi.
Balg'amni mikroskopik tekshiruv bo'yalgan va bo'yalmagan preparatlarni
o'rganishdan iborat. Mikroskop kichik obьektivida yoki lupa orqali
ko'rganimizda bo'yalmagan Kurshmann spirallarini aniqlash mumkin. Ular
spiralsimon oqish shaffof tolalar o'rtasida o'ralgan oqish ip bo'lib; ularning
aniqlanishi bronxlarning spastik holatda ekangligini anglatadi. Baъzan
bronxial astmada Sharko-Leyding hujayralari aniqlanishi mumkin. Kristallar
eozinofillar parchalanishi natijasida hosil bo'lgan silliq yaltiroq, rangsiz, turli
xil o'lchamdagi rombsimon shaklda bo'ladi.
O'pka asbestozida baъzan asbest tanachalari topilishi mumkin. Kox linzalari
yoki guruchsimon tanalar ko'kish sarg'imtir bo'lib, kattaligi to'g'nog'ich
boshiday, etarlicha zichlikka ega bo'lgan tanalar silning destruktiv formasiga
xarakterli bo'lib tuberkulyozni zamonaviy metod bilan davolashda kam
uchraydi.
Balg'amda maъlum bir kasallikka xos hujayralar topilishi mumkin. Yurak
nuqsonlari
deb
nomlanuvchi
hujayralar
yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |