shilliq hujayralari tomonidan sintez qilinadi (laktoferrinning bakteriotsid
xususiyati uning temir bog'lay olishi bilan bog'liq. Lizotsim , interferon,
sekretor immunoglobulin A ning eng yuqori miqdori traxeya va yirik
bronxlar sekreti tarkibida bo'ladi. Uning asosiy himoya funktsiyasi
bakteriyalar
aglyutinatsiya
qilishi,
ularning
epiteliy
membranasiga
epishishiga tuskinlik qilishidir. Sekretor immunoglobulin A organizmni
viruslardan ximoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Bunda asosan proteaza
ingibitorlari bo'lib: A1 antitripsin ozod formada va leykotsitlarning
proteolitik
fermentlari
bilan
kompleks
holda
A2
makroglobulin
antiximotripsin va yana kichik molekulyar keng taъsir doirali yuqori
antiproteaza aktivlikka ega bo'lgan ingibitorlar. traxeobronxial shillig'i bilan
proteaza ingibitorlari kompleksi yallig'lanish jarayonida ajraladigan
leykotsitar va makrofagli proteolitik fermentlar taъsirini to'xtatadi. Yiringli
balg'am ko'p miqdorda kollagenaza, elastaza va ximotripsinga o'xshash
fermentlari bo'lib ular oqsil molekulalarini parchalab balg'amning ajralishini
va uning reologik xususyatlarini yaxshilaydi. Ammo bu fermentlarning ko'p
bo'lishi bronxlar shilliq qavatining va o'pkaning elastik tuzilishinig
shikastlashi mumkin. Balg'amni tekshirish uchun nahorda steril idishda
yig'iladi. Tuflashdan oldin so'lakni kamaytirish uchun og'izni antiseptik
eritma, keyin qaynagan suv bilan chayish kerak. Agar balg'am olishning iloji
bo'lmasa izotonik eritmali qitiqlovchi ingalyatorlar buyuriladi. Mikrobiologik
va
tsitologik
tekshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |