kuzatiladi, u alьveolalar ichiga diapedez yo'li bilan tushgan eritrotsitlar
parchalanishi natijasida ajraladi. Qora balg'am pnevmotoraksda bo'lishi
mumkin, sababi nafas olishda kirgan ko'mir changlari bo'ladi. Baъzi bir dori
vositalari balg'amga kizg'ish tus beradi. Odatda balg'am xidli bo'ladi.
Balg'amdan chirigan hidning kelishiga o'pkadagi chirituvchi mikroflora
tomonidan chaqirilgan abtsess yoki gangrena sabab bo'ladi. Qattiqligiga
ko'ra balg'amning suyuq, quyuk va yopishqoq , xususiyatiga ko'ra balg'am
shilliq, shilliq-yiringli, yiringli va qon aralash bo'ladi. Shilliq balg'am asosan
rangsiz yopishqoq, cho'ziluvchan shaffof holatida bronxial astma xurujidan
so'ng bo'ladi. Shilliq – yiringli balg'am ko'pincha o'pka va bronx
kasalliklarida uchraydi. Quyuq shilliq-yiringli balg'am yo'tal vaqtida bronx
bo'laklari ko'rinishida ajralishi mumkin. Quyuq va cho'ziluvchan shilliq-
yiringli balg'am mukovistsidozda ajraladi. Yiringli balg'am kam uchrab,
plevra empiemasi bronx ichiga yorilganda ajraladi. Qon aralash balg'am
o'pkadan qon ketishining belgisi hisoblanadi. Balg'am tarkibi va normal
bronx sekreti tarkibiga asosan oqsil, glikoproteidlar, uglevod, nukleid va
lipidlar kiradi. Ko'pchilik bioximiyaviy moddalar plazmadan diffuzlanadi,
ammo bazilari o'pkada sintezlanadi, masalan surfaktant, mutsin va sekretor
immunoglobulin A. Mutsin tarkibida ko'plab sial kislotalari bo'lib, balg'am
elastikligini belgilab beradi. Traxeobronxial shilliq tarkibida suv 89-90%
bo'lib, glikoproteinlar kompleksi hosil qilgan bo'ladi va shuningdek xlor,
natriy, kaliy ionlari bo'ladi. Traxeobronxial shilliq va balg'amning
immunologik xususuyati uning tarkibidagi laktoferringa bog'liq-u bronx
Do'stlaringiz bilan baham: |