Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Download 1.87 Mb.
bet26/59
Sana09.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1347328
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
4-SINF ONA TILI TO\'GARAK 34 - Soatlik 2020-2021

MMIBDO`:________ _____________________


Sana:___________202__yil ONA TILI
Mavzu: Tushum kelishigi.
Maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarning o’tilgan mavzular yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash F.k.1. gapning asosini aniqlab, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari, ularning kesim yoki egaga bog’langanligini aniqlay oladi.
Tarbiyaviy maqsad:Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;. o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Tk.3. kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirishFanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;Darsning turi :yangi bilim beruvchi, Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitobDarsning borishi.I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

139- mashq. Matnni o‘qing. Ajratilgan otlarga so‘roq bering. Ular qaysi kelishikda qo‘llangan?
Kanareyka
Rashid ayvonda kanareykasini tomosha qilib o‘tirardi. O‘rik tomondan boshqa kanareykaning ovozi eshitildi. Qo‘shnisi chap qo‘lida bo‘sh qafasni ushlagancha u yoqdan bu yoqqa alanglardi. Rashid tezlik bilan qafasini hovliga olib chiqdi. Qo‘liga matrapni oldi. Kanareyka qafasning ustiga qo‘ndi. Rashid matrapni qushning ustiga tashladi. U qushni qo‘liga oldi-da, uyiga qarab chopdi. (Sh. Mamajonov)
Тushum kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? Тushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Тushum kelishigi qanday vazifa bajaryapti?

matrap – bedana, kaptar tutish uchun ishlatiladigan asbob, o‘r


140- mashq. O‘qing. So‘roqlar yordamida tushum kelishigidagi otlarni aniqlang.
Biz Kamalaktog‘ etaklariga o‘tovlarni tikdik. Bu yerda sayohatga chiqqan bolalarni uchratdik.
Men tunda safarda foydalaniladigan maxsus xalta-to‘shakni to‘shab yotdim. Ertalab nonushtadan so‘ng shifokor yigit bizlarga yigirma xil dorivor giyohlarni ko‘rsatdi. Fotohavaskor o‘qituvchi bu yerda yashaydigan turli hayvonlarning suratlarini olgani haqida so‘zladi. Men esa yon daftarimni bu yerdan olgan taassurotlar bilan to‘ldirdim. (A. Aminov)
Тushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma shaklida ko‘chiring. Тushum kelishigi qo‘shimchasini tegishlicha belgilang.

Тushum kelishigidagi otlar gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling