Tunis (arabcha: ﺲﻧﻮﺗ), Tunis Respublikasi


Download 232.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana24.01.2023
Hajmi232.36 Kb.
#1114908
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tunis - Vikipediya

Musiqasi
Musiqasi uzoq yillar davomida finikiy,
yunon, rim, ayniqsa, arab va turk
madaniyati taʼsirida rivojlanib keldi.
T.musiqasi Magʻrib mamlakatlari
madaniyatida alohida ahamiyatga ega.
Badaviylar anʼanalari negizida marosim
va mehnat qoʻshiqlari, shoirbaxshilar ijodi
rivoj topdi. Mumtoz musiqasi Andalusiya
(Ziryob) maktabi taʼsirida qaror topgan.
Turkumli janr nuba muayyan maqam


(lad)larga asoslanib, cholgʻu badihaviy
muqaddima (istiftax), maʼlum usullarda
ijro etilayotgan vokal (avʼyat, btayxi,
baruel, taushiyya, dardj va boshqalar)
hamda cholgu (msaddar, dxoul kabi)
qismlardan iborat. 24 mumtoz nubadan
hozirda T. da 13 tasi saklangan. Qasida,
muvashshax, shuningdek, diniy musika
shakllari — zajal, zikr, turk madaniyati
taʼsirida bashraf (cholgu kuy)lar keng
oʻrin olgan. Milliy sozlari: ud, torlikamonli
rabab, qonun, naysimon kasba, zurna
(surnay turi), doirasimon tar va bendir,
toʻrtburchak daf, darbuka, tbala (baraban
turlari). Mustaqillikka erishilganidan
soʻng musiqa madaniyatiga eʼtibor
kuchaydi. 60-yillarda simfonik orkestr,


milliy ansambllar tashkil etildi. Tunis
folklor ansambli, Bizerta mumtoz musiqa
ansambli, „Rashidiya“ jamiyati orkestri
(hozirgi radio orkestri) ishlay boshladi.
Anʼanaviy musiqa bilan birga musiqa
madaniyatining yevropalashgan shakllari
yoyila bordi. Musiqa kadrlari oliy va oʻrta
musiqa oʻquv yurtlari, jumladan,
Tunisdagi Milliy musiqa, raqs va xalq
sanʼati konservatoriyasi, Sfaksdagi
konservatoriyada tayyorlanadi. Bastakor,
ijrochi va musiqashunos Saloh alMahdiy,
bastakor va udchi M. alJamusiy,
xonandalar U. Karim, Sh. Alaviy, Abdulhaq
Tarialar mashhur. Har yili oʻtkaziladigan
Karfagen musika festivali folklor
sanʼatining jahon markaziga aylandi.


Teatri
Xalq oʻyinlari va bayramlarida, sayyor
qiziqchilarning sanʼatida teatr unsurlari
boʻlgan. 13-asrdan soya va qoʻgʻirchoq
teatrlari yoyildi. 1826-yil Italiyadan kelgan
truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa
teatri bilan tanishtirdi. 1860—75 yillarda
dastlabki teatr binolari qurildi. 1893-yil
livanlik dramaturg Shukri Gʻanimning
„Antara“ spektakli sahnalashtiriddi. 1908
i. Sulaymon alKardaxiy birinchi T. teatriga
asos soldi, 1913-yil u „AshShaxama
alArabiya“ va „Aladab“ jamoalariga
boʻlinib ketdi. 1921—22 yillarda misrlik
rejissyor Jorj Abyad „Arab teatri“ni tashkil
etdi. 1955-yil ish boshlagan Munitsipal


teatri doimiy truppa va katta repertuarga
ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956),
1959-yil tashkil etilgan teatr maktabi
(rahbari Hasan Emerli) tez orada Drama
markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga,
1982-yil Drama sanʼati intiga aylantirildi.
1960—70 yillardan Sus, Sfaks, Bizerta,
AlQof, Qayruvon, Qafsa shaharlarida
teatrlar ishlay boshladi. 1960-yildan
Monastir shahrida Magʻribdagi barcha
teatrlarning festivallari, Hammomotdagi
teatr markazida (1964-yil tashkil etilgan)
va koʻhna Karfagen xarobalarida Xalkaro
teatr festivallari oʻtkaziladi.
Kinosi


1897-yil Sh. Shikli dastlabki
kinoseanslarni tashkil etdi. 1907-yil
doimiy kinoteatr ochildi. 1922-yil Sh.
Shikli qisqa metrajli „Zuhra“, 1924-yil esa
toʻliq metrajli „Ohu koʻzlari“ filmlarini
suratga oldi. Mustamlakachilik davrida
gʻaroyibsarguzasht filmlar — „Etikdoʻz
Maʼruf“ (1921, rejissyor R. Dessor),
„Yasmina“ (1926, rejissyor A.Yugon),
„Kayruvonlik telba“ (1939, rejissyor
J. A. Krezi, arab tilidagi birinchi film),
„Bim“ (1949, rejissyor A. Lamoris) va
boshqa yaratildi. 1946—54 yillarda
Tunisda „Afrika“ kinostudiyasi ishladi.
Mustaqillik koʻlga kiritilganidan keyin T.
filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish
aksiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa


metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda
milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy
masalalarga bagishlangan „Tong“ (1966),
„Qoʻzgʻolonchi“ (1967), „Fallohlar“ (1970)
kabi badiiy filmlar yaratildi. 70—80-
yillarda yaratilgan filmlar orasida
ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi
„Sejnan“ (rejissyor A. Bin Ammar),
Fransiyadagi arab muhojirlari takdiriga
oid „Elchilar“ (rejissyor N. Xtariy), kichik
qishloq hayotining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi
„Sirtlon quyoshi“ (rejissyor R. Baxiy),
tunislik ayollar hayotidan olingan „Aziza“
(rejissyor A. Bin Ammar), shuningdek,
„Kechuv“ (rejissyor M. B. Mahmud),
„Farishtalar“ (rejissyor R. Baxiy) kabi
filmlar bor.



Download 232.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling