Tunis (arabcha: ﺲﻧﻮﺗ), Tunis Respublikasi


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


Download 232.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.01.2023
Hajmi232.36 Kb.
#1114908
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tunis - Vikipediya

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


Tunis hududidan kapsa madaniyati sanʼat
yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan
jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari,
sopol idishlar) topilgan. Finikiylar
davridan ibodatxona, daxma va
binolarning, rimliklar davridan shahar
xarobalari (Dugga, TuburboMayus va
boshqalar) saklanib qolgan. Ularda teatr,
amfiteatr, hammom, sirk, turar joy,
oromgoxlar boʻlganligi seziladi. Oʻrta
asrlarda musulmon meʼmorligi (masjid,
minora va saroy binokorligi) shakllandi.
Qayruvon, Sfaks, Sus, Monastir, Tunisda
minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi,
istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari
barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba
masjidi, 9-asr, Tunisdagi Bab alJadid, Bab


alMinora tosh darvozalari, 13-asr). 11 —
15-asrlarda meʼmorlik ispanmagʻrib, 16—
19-asrlarda turk sanʼati oqimida
rivojlandi. 20-asrda shaharsozlikka
fransuz meʼmorlari boshchilik qildi, ular
mahalliy binokorlik anʼanalarini Yevropa
ratsionalizmi tamoyillari bilan
uygʻunlashtirishga intildi. Mustaqillik
yillarida yetishib chiqqan O. K. Kakub, X.
Amara va boshqa tunislik meʼmorlar
zamonavii konstruksiya va materiallar
(temirbeton, shisha, metall, plastmassa
va yogʻoch)dan foydalanib uyjoy va
jamoat binolarining loyihalarini tuza
boshladilar. Tunis shahridagi yangi turar
joy binolari, „Dyu Lak“, „Afrika“
mehmonxonalari, Monastir shahridagi


„Palma“ mehmonxonasi, ayniqsa,
muvaffaqiyatli chiqqan.
Tunis zamonavii tasviriy sanʼatiga 12-
asrning 90-yillarida asos solindi. 20-
asrning 20—30-yillarida Yaxyo Turkiy,
Hodi Hayoshiy, Amar Farhod kabi
musavvirlar shaklan mukammal,
mazmunan milliy sanʼat asarlari
yaratdilar. Hozirgi zamon tasviriy
sanʼatida realistik va modernistik oqimlar
mavjud. Realizm yoʻnalishidagi
rassomlardan Ali bin Salim, Hodi Turkiy,
Hotam Mekkiy, grafikami Ibrohim
adDaxak, modernizm oqimidagi
haykaltarosh Hodi Selmiy, rangtasvirchi
va grafik Zubayr Turkiy va boshqa


mashhur. T. zamonavii amaliy bezak
sanʼatining asosiy turlari gilam toʻqish,
kashtachilik, toʻr toʻqish, kulolchilik,
zargarlik va kandakorlikdan iborat.

Download 232.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling