Tunis (arabcha: ﺲﻧﻮﺗ), Tunis Respublikasi


Matbuoti, radioeshittirishi va


Download 232.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.01.2023
Hajmi232.36 Kb.
#1114908
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tunis - Vikipediya

Matbuoti, radioeshittirishi va
telekoʻrsatuvi
T.da koʻpgina gazeta va jurnallari nashr
etiladi. Yiriklari: „AsSaboh“ („Tong“, arab
tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1951-
yildan), „ArRayi“ („Fikr“, arab tilida
chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy
gazeta, 1977-yildan), „Renuvo“
(„Yangilanish“, fransuz tilida chiqadigan
kundalik gazeta, 1932-yildan), „AtTariq
alJadid“ („Yangi yoʻl“, arab tilida
chiqadigan haftalik gazeta, 1981-yildan),
„AlVaxda“ („Birlik“, arab tilida chiqadigan
haftalik gazeta, 1981-yildan), „AlHurriya“
Madaniyati


(„Ozodlik“, arab tilida chiqadigan kundalik
gazeta, 1934-yildan), „Dialog“ („Muloqot“,
fransuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy
haftanoma, 1974-yildan), „AlFikr“
(„Tafakkur“, arab tilida chiqadigan oylik
adabiy jurnali, 1955-yildan), „AlMaraa“
(„Ayol“, arab va fransuz tillarida oyiga 2
marta chiqadigan jurnali, 1961-yildan).
Tunis Afrik Press (TAP) axborot agentligi,
Tunisdagi yetakchi gazetalar, radio va
televideniyening akdiyadorlik jamiyati,
1961-yil asos solingan. Radioeshittirish
1936-yildan, telekoʻrsatuv 1966-yildan
olib boriladi. Ularni Tunis radioeshittirish
va televideniye davlat mahkamasi
nazorat qiladi.


Adabiyoti
Tunis hududida mil. av. 1ming yillikda
puni, soʻng lotin tilida rivojlangan. Apuley,
Avgustin kabi mashhur adiblar Shimoliy
Afrikadan chiqqan boʻlsada, Tunisning
oʻz adabiyoti faqat musulmon arab
hukmronligi davrida arab tilida vujudga
keldi. 10—11-asrlarda Ibn Xani
alAndalusiy va Ali atTunisiy Ibrohim
alXusriy, Ibroqim arRakik va Abdulaziz
alTaʼrifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14—
15-asr boshlarida atokli mutafakkir Ibn
Xaddun ijod kiddilar. 15-asrdasufiylar
adabiyoti vujudga keldi. 15—16-asrlarda
arab tilining Tunis shevasida nazm janri
ustun boʻlgan xalq adabiyoti shakllandi.


19-asr adabiyotida milliy ozodlik kurashi
ruhi sezila boshladi. Muhammad
ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh,
ayniqsa, yaqqol namoyon boʻldi. 20-asr
boshlarida T. adabiyotida dastlabki
romanlar (Saloh Suvisiyning „AlXayra va
Siroj alLayla“ romani) paydo buldi. 20—
30-yillarda hozirgi zamon T. adabiyotining
asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy,
hikoyanavis AliadDuʼajiy, shoir va
publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur
boʻldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad
alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy
kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot
rivojiga barakali hissa qoʻshdilar. T.
mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi
va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi


kamol topdi. 1960-yillarda T. adabiyotiga
arab va fransuz tillarida ijod qiluvchi
yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-
asr oxirlarida Hasan Nasr („Yomgʻirli
tunlar“ hikoyalar toʻplami), Izzeddin
Medaniy („Nol inson“ romani, „Gʻaroyib
hodisalar“ hikoyalar toʻplami), Mahmud
Tunsiy (hikoya va lirik sheʼrlar),
Muhammad Saloh alJabriy („Zamira
hayotidan bir kun“ qissasi), Abdurahmon
Amar („Sevgi va inqilob“ qissasi, „Besh
qahramon“ pyesasi) va boshqa yozuvchi
hamda dramaturglar ijodi diqqatga
sazovor.

Download 232.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling