Tuproq eritmasi tuproqning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi
Sho’rhok yerlarni o’zlashtirish
Download 29.74 Kb.
|
9-bilet
Sho’rhok yerlarni o’zlashtirish. Irrigasiya-meliorasiya va agrotexnika tadbirlari kompleksidan to’g’ri foydalanilganda sho’r yerlarni muvaffaqiyat bilan o’zlashtirish mumkin. Unda g’o’za, don ekish, yem-hashak yetishtirish shuningdek, bog’ va poliz barpo qilish oson.
Yerlari o’zlashtirilayotgan ayrim rayonlarning tuproq - meliorativ sharoiti har xil. Ba’zi joylarda bir rayonning o’zida ham sharoit har xil bo’ladi, buni Mirzacho’l, Farg’ona yerlari misolida ko’rish mumkin. Mirzacho’lning janubiy tog’ oldi hududlari juda oson o’zlashtiriladi. Bu yerda sizot suv sathi juda chuqur joylashgan bo’lib, yaxshi oqib ketadi. Ammo Sirdaryo yaqin sharqiy qismida sizot suvi qiyinchilik bilan oqib ketadi, shuning uchun meliorativ tadbirlar tuproqlarning namiqishi va o’pirilishi natijasida Mirzacho’ldagi quriq yerlarning ko’p joylari cho’kadi. Soz tuproqli tekislikning ko’p sho’rlangan joylari asosan eski o’zan va pastliklarga (Yettisoy, Karoy, Sardoba, Sho’ro’zak pastligi) to’g’ri keladi. Sizot suv sathi turlicha, 3-5 m gacha va undan ham chuqurda joylashgan. Ular turli joyda turlicha minerallashgan bo’lib, quruq qoldig’i 10-20-40 g-l gacha yetadi. Bunday yerlarni yaxshi zovurlashtirilgan sharoitda va asosli tekislashdan keyingina o’zlashtirish mumkin. Tuproq gruntini sho’rsizlantirish va zovurlashtirishning eng samarali uslublaridan foydalanish, tuproqni yuvishga tayyorlash usullari, sho’r yuvish me’yyori va boshqa tadbirlarni amalga oshirish yuqorida ko’rsatilgan shart- sharoitlarni aniqlaydi. Amalda sho’rhok tuproqlar ikki usuldan foydalanib o’zlashtiriladi: zovurlashtirilgan maydonlarda kuzgi - qishki sho’r yuvish; zovurlashtirilgan sharoitda - yozda sho’r yuvish. Sho’rhok yerlarni o’zlashtirishda kuzgi - qishki sho’r yuvish. Sho’rhok yerlarni o’zlashtirishda ham dalalarni tekislash, sho’r sizot suvlarni chiqarib yuborish uchun zovur qazish, tuproqni tuzlardan yuvish asosiy meliorativ tadbirlardan hisoblanadi. Tuproqning mexanik tarkibi va sho’rlanganlik darajsiga, shuningdek sizot suv sathining joylashish chuqurligiga qarab, 4-5 mingdan, 8-12 ming m3/ga gacha va ba’zan 15 ming m3/ga gacha sho’r yuvish normasi belgilanadi. Shunda tuproq - grunt 1,5-2,5 m chuqurlikgacha sho’rsizlanadi. Qatlamdagi xlor tuzlari 0,20-0,35 dan 0,01- 0,015 % gacha kamayadi. Sho’r bosgan quruq yerlar ikki asosiy bosqichda o’zlashtiriladi: irrigasiya - meliorasiya jihatdan o’zlashtirish ─ sug’orish va sho’r yuvish tarmoqlarini yaratish, ularga suv bog’lash inshoatlari, nov, ko’priklar qurish, yerlarni asosli (kapital) tekislash va boshqalar; xo’jalik jihatdan o’zlashtirish, sho’rini yuvish, ekin ekib qishloq xo’jalik oborotiga kiritish. O’zlashtirilayotgan yerlar tekislanayotganda qalin ustki unumdor qatlamdan 50-60 sm gacha qirib olish mumkin. Tuproq profili bo’yicha organik moddalar tekis tarqalmagan bo’lsa, unumdorligini saqlash maqsadida ustki unumdor qatlam ozroq 30-35 sm gacha olinadi. Kuchli sho’rlangan tuproqlar va sho’rhoklar 5-6 martadan yuviladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi sho’r yuvishlar oralig’idagi vaqt 1-2 kun bo’lishi kerak, keyingi sho’r yuvishlar orlig’idagi vaqt 3-7 kungacha cho’zilishi mumkin. Beda yerlarni eng yaxshi o’zlashtirgich hisoblanadi. Yolg’iz ekiladi. Beda tuzga chidamsiz bo’lganligi uchun uning ustki qatlamlari yetarlicha sho’rsizlantirilgan tuproqlarga ekish mumkin. Yaxshi yuvilgan asosiy yerlarga esa chigit ekilishi kerak. Yetarli darajada sho’rsizlantirilmagan uchastkalarga makkajo’xori ekish yaramaydi. U tuzga chidamsiz bo’ladi, bunday uchastkalarga faqat tuzga chidamli ekinlar (lavlagi, oq jo’xori, kungaboqar) ekish mumkin. Kungaboqar va oq jo’xori silos uchun ekiladi Yerlarning sho‘rlanish darajasi va joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda sho‘r yuvish muddatlari, me’yorlari, necha marta yuvish zarurligini to‘g‘ri belgilashga alohida e’tibor berish muhim hisoblanadi. Sho‘rlanmagan yerga nisbatan kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda hosildorlik 15-20 foizga, o‘rta sho‘rlanganda 30-50 foizga, kuchli sho‘rlanganda 70-80 foizga kamayishi ko‘p yillik ilmiy izlanishlarda isbotlangan. Shu bois, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash muhim omil bo‘lib, ekinlar hosildorligini keskin oshishiga sharoit yaratadi. Sho‘rlangan yerlarda shudgorlash, yalpi va joriy yer tekislash ishlari o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilgandan so‘ng, tuproqning sho‘rlanish darajasiga qarab kuchsiz sho‘rlangan yerlar gektariga 2000-2500 kubometr, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar gektariga 4000-4500 kubometr, kuchli sho‘rlangan yerlar 6000-6500 kubometr me’yorda suv sarflab yuviladi. Kuchsiz sho‘rlangan yerlar 1 marta, o‘rtacha sho‘rlangan yerlar 2 marta va kuchli sho‘rlangan yerlar 3,4 marta yuviladi. Tuproqning sho‘rini sifatli yuvish uchun uning mexanik tarkibi, suv o‘tkazuvchanligi, yerning nishabi va qay darajada tekislanganligiga qarab, 0,15-0,35 gektar kattalikda pollar olinadi. Buning uchun KZU-0,3 ariq qazigich-tekislagich yordamida har 50 metrdan 50-60 sm balandlikda uzunasiga marzalar olinadi, ikki uzun marza olingach, o‘qariqlar olinadi. Ko‘ndalangiga olinadigan marzalar orasidagi masofa 30-50 metr, cheklarning balandligi esa 50-60 sm bo‘lishi lozim. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda pollar maydoni 0,25-0,5 gektar atrofida olinib, 50-60 sm balandlikda marza tortiladi. Marzalar mustahkam bo‘lishi lozim. Aks holda, suv urib ketib, 20-25 foiz ortiqcha suv sarflanadi. Yerlarning sho‘rini yuvishda dalaning boshidan pastki qismiga qarab, har bir pol o‘qariqlardan alohida suv ochib to‘ldiriladi, poldan-polga suv ochish mutlaqo mumkin emas. O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlarda har bir suv bostirilgandan so‘ng yengil tuproqlarda 2-3 kundan, mexanik tarkibi o‘rtacha tuproqlarda 5-6 va og‘ir tuproqlarda 7-8 kundan keyin yana 2 va 3 marta suv bostirish orqali yerlarning sho‘rini yuvish ishlari amalga oshiriladi. 4-javobbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbb Download 29.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling