Tuproq kimyosi


Sug‘oriladigan tuproqlarda marganets miqdorining o‘zgarishi, (mg/kg)


Download 0.64 Mb.
bet50/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Sug‘oriladigan tuproqlarda marganets miqdorining o‘zgarishi, (mg/kg)

Tuproqlar

Chuqurlik, sm

Harakatchan

Yalpi

Mualliflar

Eskidan sug‘oriladigan
och tusli bo‘z tuproq

0-42

183

700

Axmedov B.P.,
1987.

42-59

160

755

59-87

185

780

87-127

144

652

127-178

165

644

178-208

202

680

Yangidan sug‘oriladigan
tipik bo‘z tuproq

haydov

30-43

782-872

Kruglova E.K,
Aliyeva M.M. va
boshqalar,
1984

haydov osti

33-73

761-836

ona jins

32-50

674-785

Yangidan sug‘oriladigan
o‘tloqi saz, kuchsiz sho‘rtoblangan

haydov

67-89

633-1047

haydov osti

72-75

565-647

ona jins

84-119

453-1110

Jadval ma’lumotlariga suyanadigan bo‘lsak, u holda har xil tuproqlardagi yalpi marganets miqdor jihatidan o‘zaro yaqin bo‘lishiga qaramay, uning harakatchan miqdoridagi farq keskin, ya’ni yangidan sug‘oriladigan tipik va o‘tloqi saz tuproqlardagi farq ikki barovardan ham ortiq. Eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda harakatchan marganets miqdori jadvaldagi boshqa tuproqlardan 2-4 barobar ko‘p.


Marganetsga bog‘liq tuproq kimyoviy, biokimyoviy muammolar ko‘p. Ulardan biri vilt bilan kasallangan g‘o‘za bargida, ildizida, urug‘ida, tolasida uning ko‘pligi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining normal o‘sishi, rivojlanishi uchun marganets mikromiqdor tariqasida zaruriy element sanaladi.
O‘simliklar marganetsning tuproq eritmasidan Mn+2 holida oladi. Yuqorida qayd etilganidek, Mn korbanatli tuproqda tezda MnCO3 ga aylanib, natijada uning harakatchanligi keskin kamayadi.
Shunday qilib tuproqdagi marganets miqdorining ko‘p va ozligi eng avvalo, ona jins miqdori bilan aloqador bo‘lib, proportsional ravishda tuproqdagi miqdor o‘zgaradi.
Ko‘pchilik sug‘oriladigan tuproqlarda harakatchan marganets miqdori yetishmaydi. Bu hol haydov qatlamlarida ko‘proq seziladi. Lekin Mn-li mikroo‘g‘itlardan foydalanishda uning tuproqdagi miqdorini o‘rganmay turib ishlatmaslik kerak. Aks holda “ortiqcha” provintsiya paydo bo‘lsa biotaga salbiy ta’sir qiladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling