Tuproq kimyosi


Marganets va uning birikmalari


Download 0.64 Mb.
bet49/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Marganets va uning birikmalari


Marganets tuproqdagi o‘rtacha miqdori bir metrli qatlam uchun 0,01-0,02 % dan 0,15-0,20 % gacha bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha fosfor, oltingugurt, titanga yaqin turadi. Marganets tuproqda +2 dan +7 valentli birikmalarni, ayniqsa oksidlar hosil qiladi va ayrimlari tuproqda mavjud bo‘la oladi.
Ular quyidagilar:
MnO, Mn2O3, MnO2, Mn2O, Mn2O4,
Bu oksidlar faqat oksid bo‘lganligi uchungina qiziqarli bo‘lmasdan, balki ularning ba’zilari ishqoriy, qolganlari esa kislotali xossalarga egaligi bilan ham qiziq. Ya’ni Mn(OH)2, Mn(OH)3, Mn(OH)4, ishqoriy xossalarga H2MnO4, HMnO4 lar kislotali xossalarga ega.
Marganetsning eng turg‘un birikmasi bu MnO2 hisoblanadi. Bu birikma amfoterlik xususiyatiga ega bo‘lib, kislotali va ishqorli qobiliyatlari kuchsiz namoyon bo‘ladi.
Tuproqda, ona jinslarda, pirolyuzit, psilomelan, manganit, gausmanit kabi marganetsli minerallar ko‘p tarqalgan. Bulardan tashqari, MnSiO3-rodonit, rodoxrozit MnSO3 lar, MnSO4, Mn(NO3)2, MnCl2 va boshqa tuzlar tuproq eritmasida, tuproqda oz miqdorda uchrab turadi.
Marganets karbonatlari arid o‘lka tuproqlariga xos, sulfidlari esa gumid zona uchun xarakterli. Almashinuvchi Mn nordon tuproqlar uchun xos. pH=2,5-8,7 da marganets MnO2 gacha oksidlanib cho‘kib qoladi va ko‘p hollarda tuproq-kimyoviy jarayonlar uchun katalizator vazifasini bajaradi.
Mn qator fermentlar, stimulyatorlar tarkibiga kiradi. Uning miqdorini o‘simlik va tuproqda boshqarilishiga tuproq va tuproq suvidagi pH va elektrokinetik potentsial ta’sir qiladi. Bu ko‘rsatkichlar esa har xil tuproqlarda turlicha bo‘ladi. Boshqa birikmalari pH ni nisbatan tor oraliqlarida mavjud bo‘la oladi.
Mn ni o‘simlik o‘zlashtira oladigan miqdorlari Ya.V.Peyve va G.Ya.Rinkis usulida 0,1 n H2SO4 da aniqlanadi. Uning tuproqdagi umumiy miqdori 0,50-0,29% bo‘lsa, harakatchan miqdorlari 50-150 mg/mk gacha bo‘ladi. Bu miqdorlarning o‘simlikka ta’siri alohida ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar qatorida turadi.
Marganetsning yalpi va harakatchan ko‘rsatkichlari har xil tuproqlarda turlicha ekanligini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.
50-jadval

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling