Tuproq kimyosi
Xalkofil metallarni tuproq va litosferadagi
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elementlar Litosfera Tuproq O‘simlik kuli
51-jadval
Xalkofil metallarni tuproq va litosferadagi miqdori, % (Vinogradov, 1967)
Xalkofil metallarning mis va rux guruhlariga ajratib o‘rganish qulayroq hisoblanadi. Mis uchun ma’lumotlar pedokimyo, agrokimyo, fiziologiya sohalarida yetarli bo‘lib, bu borada kumush va oltin deyarli o‘rganilmagan. Misga nisbatan oltin va kumushlar miqdori ancha kam. Kumush tuproqda organik va mineral moddalar bilan mustahkam bog‘langan hollarda uchraydi. Oltin esa gumatli, fulfatli birikmalarni hosil qiladi. Mis karbonati tuproqlarda malaxit shaklida harakatsiz elementga aylanadi. Misni organik birikmadan etilendiamin kabi kompleks birikmasini tuproqda va o‘simlik hayotida ahamiyati katta. NH2 H2C Cu+2 H2C - NH2 Misli mikroelementlar ta’siridan g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi 5-20% oshadi. Rux guruhi elementlaridan qo‘rg‘oshin, kadmiy, zaharli metallar qatorida turadi. Rux esa Peyve ma’lumolariga ko‘ra, mikromiqdorlarida hosilga ijobiy, makromiqdorlarda esa salbiy va zaharli ta’sir qiladi. Bu elementlarning jadvaldagi miqdorlaridan ko‘rinib turibdiki, ular o‘zlarininng miqdorlariga ko‘ra Zn-Cd-Hg oraliqqa joylashadi. Ifloslanmagan tuproqlarda bularning miqdorlari ko‘p emas. Rux 10-300 mg/kg, kadmiy esa 0,01-0,8 mg/kg, simob 0,01-0,8 mg/kg gacha bo‘ladi. Xalkofillarning tuproqdagi holati ularning birikmalariga qarab baholanadi. Xalkofillarning xloridlari, nitratlari, sulfatlari suvli eritmalarda yaxshi eriydi. Bular suvda har xil assotsiatlarni hosil qiladi. Masalan, ruxning suvdagi guruhlarini quyidagicha tasvirlash mumkin: ZnOH, ZnH2PO4, ZnHPO4, Zn(OH)3-, Zn(OH)4-2 va boshqalar. Bular ko‘proq gidroksid hosil qilishga moyil. Bularni nisbatan turg‘un birikmalar qatoriga ularning sulfidlarini kiritish mumkin. Hozirgi kunda bor, selen, molibden, kobalt, xrom va boshqa mikroelementlarning tuproqdagi harakatchan miqdorlari, ular bilan tuproqlarni ta’minlanganligi, o‘simlikka bevosita va bilvosita ta’sirlari va boshqalar katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ularni yuqori va quyi konsentratsiyalari o‘simlikka, hayvonot dunyosiga ijoby ham salbiy ta’sir ko‘rsata oladi. Bu ta’sir ularning tuproqdagi va o‘simlikdagi miqdorlariga bog‘liq bo‘ladi. Mikroelementlar turli tuproqlarda, ularning qatlamlarida sifat va miqdor jihatidan o‘zaro farq qiladi. Bu o‘zgarishlarni biz quyidagi jadvaldagi ma’lumotlardan ham ko‘rishimiz mumkin. 52-jadval Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling