Tuproq kimyosi
Temirning yalpi miqdori va guruhli tarkibi
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq nomi Chuqurlik, sm Yalpi temir %
- Erkin Kristall Amorf %
- Temir birikmalarning guruhlarini yalpiga nisbatan miqdori %.
Temirning yalpi miqdori va guruhli tarkibi.
Voha turoqlarining kimyoviy tarkibini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda yuqoridagi jadval ma’lumotlarida yalpi temirni profil bo‘yicha taqsimotda katta farq sezilmaydi. Temirning guruhli tarkibi va birikmalar shakliga nazar soladigan bo‘lsak, u holda bo‘z-voha tuproqlarida erkin guruhining (Fe-ni) miqdorini qo‘riq yerga nisbatan biroz oshganligini ko‘ramiz. Shunga o‘xshash qonuniyat birikmalar shaklidagi Fe da ham qaytariladi. Silikatli temirning absolyut va nisbiy miqdorlari sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlardan bo‘z tuproqlarga tomon kamayadi. Temir va uning birikmalarining tuproqdagi taqsimoti tuproqning hosil bo‘lish sharoiti va jadalligi, vujudga keltiruvchi ona jins tarkibi, namlanish xarakteri va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.Tuproq qatlamining namligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha erkin temir guruhi ko‘p, silikatli temir esa kam bo‘ladi. Erkin temir guruhining miqdori kesma bo‘ylab sekin-astalik bilan kamayadi. Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, temir va uning birikmalarining tuproqdagi ahamiyati benihoyat katta ekanligini e’tiborga olsak, bu nuqtayi nazardan temirga e’tiborning sustligi asossiz sanalishi to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston tuproqlari temir va uning birikmalariga nisbatan boy tuproqlar sanalishi isbotlangan.Dunyoning ferralitli, fersiallitli, silikatli va silikatsiz guruhlarining miqdorlarini S.V.Zon (1982) ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. 49- jadval Temir birikmalarning guruhlarini yalpiga nisbatan miqdori %.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston hududida tarqalgan bo‘z tuproqlarda silikatli temir birikmalari uning yalpi miqdoriga nisbatan 70-83% ni tashkil qilib, qolganlari silikatsizga to‘g‘ri keladi. Bu sohada bo‘z tuproqlar qora tuproqlarga yaqin turadi, ya’ni ularda bu ko‘rsatkichlar 69-72 va 28-31% bo‘lib, qizil chimli podzol tuproqlaridan keskin farq qiladi. Temirning harakatchanligi ham qator farq qiladi. 1)temirli minerallarni nurashiga va organo-mineral birikmalarning mineralizatsiyasiga; 2)oksidlanish va qaytarilish reaktsiyalariga; 3)organo-mineral birikmalarning hosil bo‘lishiga; adsorbtsion o‘zaro ta’sirga; qiyin eriydigan moddalarni (gidroksidlar, sulfidlar, fosfatlar) hosil bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar ichida qiyin eriydigan moddalarning hosil bo‘lishi va oksidlanish-qaytarilish reakasiyalari tabiatda, ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb yetadi. Asosan ana shu omillar temirning migratsion qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z navbatida bu jarayonlarning jadalligi tuproq va uning eritmasidagi pH ga bog‘liq ravishda kechadi. Masalan, kuchli kislotali muhitda Fe3, Fe2 gidroksidlar yaxshi eriydi. Fe(OH)33HCl=FeCl33H2O Fe(OH)2H2SO4=FeSO42H2O Uch valentli temir harakatchanligi pH 3-3,5, ya’ni kislotali mihitda, ikki valentli temir esa ishqoriy muhitda yuqori bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, temirni mineral birikmalaridan yuvilish g‘oyasi, elyuvial qatlamlarni hosil qilishi uchun ham yetarli deb bo‘lmaydi. Elyuvial qatlamlarning hosil qilishi uchun yetarli va to‘la emas. Elyuvial qatlamlarning hosil bo‘lishida organo-mineralli temir birikmalari va oksidlanish-qaytarilish reakasiyalari muhim rol o‘ynaydi. Temir odatdagi sharoitlarda organik moddalar bilan osongina birikib xelatlar va organo-mineral birikmalarni hosil qiladi. Organik moddalar bilan kompleks birikmalar tariqasida salitsilatlar, glyukonatlarni vujudga keltiradi. Fenollar, pirokatexin va boshqalar bilan ham ularga mos organomineral moddalarni hosil qila oladi. Temirli qatlamlarning hosil bo‘lishida uning qaytarilishi ham katta rol o‘ynaydi. Masalan, o‘tloqi (qayir) tuproqlarda oksidlovchi potentsial 400 mv bo‘lganda temir cho‘kib oxrani hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Real hayotda kislorod yetarli bo‘lgan joylarda hatto pirit, sderitlar ham oksidlanadi va oxrani hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Piritning oksidlanishi bilan biz avvalgi boblarda tanishgan edik, siderit esa quyidagicha oksidlanadi. 2FeCO30,5O23H2O=2FeOOH2H2CO3 H2CO3=H2OCO2 Bunday hodisalar, ya’ni oxra hosil bo‘lishi hayotda zararli oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Zovurli yerlarda zovur uchun ishlatilgan quvurlarning ichi oxra bilan to‘lib qolish hollar ham kuzatiladi. Bunda oxra bilan birgalikda Fe2O3, nH2O, marganets, alyuminiy oksid va gidroksidlari, organomineral moddalar bo‘ladi. Bu hodisaning asosiy sababi temir va marganetsning ikki valentli birikmalarini zovur uchun o‘rnatilgan quvurlar ichidagi erkin kislorod bilan reaktsiyaga kirishadi. Natijada ularni oddiy suv bilan yuvish, ya’ni tozalash qiyinlashadi. Oxrani quvurdan chiqarish qiyinligi sababli bunday zovurlar ishdan chiqadi. Shuning uchun oxraga qarshi kurashda biologik usullar, filtrlar va boshqalar ishlatiladi. Buning natijasida 3 valentli temir 2 valentligiga aylanadi va suvda eriydigan holatiga o‘tadi. Lekin bu chora-tadbir juda qiyin va murakkab. Zovurlarni tozalashda mineral kislotalardan foydalansa bo‘ladi. Unda quyidagi reaktsiya sodir bo‘ladi. Fe2O3 +H2O + 6HCl=2FeCl3+4H2O Buning natijasida hosil bo‘lgan temir xloridi suvda oson eriydi va uni suv yordamida yuvib zovurdan chiqarib yuborsa bo‘ladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling