Tuproq ona jinsining ma’lum vaqt mobaynida kosmik elementlar ta’sirida yemirilish, nurashi, o‘simlik va xayvonot dunyosi, mikroorganizmlarning ishtiroki va ularning qoldiq plazmalari xosil bo‘lgan tuzilmadir


Download 44.76 Kb.
bet1/7
Sana15.06.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1483110
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tuproq ona jinsining ma


Tuproq ona jinsining ma’lum vaqt mobaynida kosmik elementlar ta’sirida yemirilish, nurashi, o‘simlik va xayvonot dunyosi, mikroorganizmlarning ishtiroki va ularning qoldiq plazmalari xosil bo‘lgan tuzilmadir.Tuproqlar asosan issiq va sovuqlik, suv, shamol, muzliklar xarakati natijasida xosil bo‘lgan 10 xil turlicha yotqiziqlardan kelib chiqqan, bular yer qobig‘ining ustki qismida tarqalgan, shuning uchun xar xil tuproqlar xosil bo‘lgan.O‘simlik paydo bo‘lishi tuproq xosil bo‘lishini boshlanishi deb xisoblanadi.Chunki ular tog‘ jinsini yangi sifatga, unumdorlikka ega qiladi, ildizlari orqali mineral oziqlarni so‘rib olib, ularni organik moddalarga aylantiradi.Demak, tuproqni tirik mavjudotlaridan xisoblangan o‘simliklar va mikroorganizmlar dunyosidir, ular moddalarni yer yuzida aylanishida muxim rol o‘ynaydi, shuni xisobga olsak, yerdagi xayot va tuproq paydo bo‘lishi parchalanish jarayonini uzliksiz natijasidir, degan fikrga kelinadi.
Quyidagi omillar tuproq paydo bo‘lishida eng asisiylari xisoblanadi:ona jins, o;simlik turi, xayvonot dunyosi, iqlim, rel’ef, tuproqning yoshi va odamlar ta’siri:tuproqning asosiy xossasi va eng muhim sifati uning unumligidir, xar xil fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida o‘zgargan va o‘zgarishda bo‘layotgan xamda unumdorlik sifatiga ega bo‘lgan yerning ustki g‘ovak qatlami tuproq deb atalar ekan.
Tuproqlar bir birlaridan farq qiladilar:ya’ni tuzilishi jihatidan bir tipdagi tuproq ikkinchi tipdagi tuproqdan morfologik belgilari bilan, genetik qavati , qalinligi, rangi, donadorligi, qovushmasi, qo‘shilmasi, mexanik tarkibi, namligi, yangi yaralmasi kabilar.Bu belgilar tuproq kesmasida turli qatlamlarda duch kelamiz bularni biz genetik qavat (gorizont) deb ataymiz.
Saxro zonasida xosil bo‘lgan tuproqlarning unumdor qatlami 30-40, cho‘l zonasida chuqur bo‘lishi mumkin.Tuproqning qalinligi 30-150 sm, ba’zida 300 sm gacha bo‘ladi, rangi (tusi) esa qora, kashtan, qizil, bo‘z bo‘lishi mumkin.Agar tuproqda chirindi ko‘p bo‘lsa uning rangi qoramtir bo‘ladi, mabodo chirindi 10% dan ko‘p bo‘lsa tim qora, 8-10% bo‘lsa qora, 6-8% bo‘lsa qoramtir, to‘q jigarrang bo‘ladi.Bo‘z tuproqlarning ko‘pchiligi och tusga aylana brogan, chunki ularning xaydov qatlamini chirindi miqdori, ularning 1-3% dan oshmaydi.Tuproq donador bo‘lsa strukturali, mayda changsimon zarralarda iborat bo‘lsa strukturasu deb ataladi.Qatlamlardagi zarra va bo‘lakchalar zichligining xarakteri va darajasi tuproq qovushmasi deb ataladi, ularning ko‘pchiligi zich, g‘ovak va sochilma bo‘lishadi, shakli va tarkibi xar xil bo‘lgan turli moddalar yangi yaralma deyiladi, masalan, qatlamlardagi CaCl, MgSO4, gips , oxakli tuzlar, temir, marganets, va kremniy oksidlari, shuningdek turli jonivorlarni, o‘simliklarni ildizlari biologic yaralmalar deb nomlanadi.
Tuproq xosil bo‘lishida qatnashmagan, keyinchalik qo‘shilib qolgan jinslar qo‘shilmalar deb ataladi.Masalan, xayvon yoki odam suyagi, o‘simlik qoldiqlari, uy xayvonlari suyagi, ro‘zg‘or buyumlari, ko‘mir bo‘laklari va xakozolar.
Mineral va organic modda tuproqning mexanik tarkibi oddiy, elementar zarrachalar, shunga ko‘ra, soz, qumoq, qumloq yoki qumli qavatlar bo‘ladi.
Umuman, tuproqni tuproqlik xususiyatini saqlab turadigan va qaysi turga mansub ekanligi yuqorida qisqa bayon etilgan tavsiflarga ko‘ra aniq bilib olish mumkin.
Tuproq tirik mavjudotlardan iborat bo‘lgan, xayotiy jarayonlar to‘xtovsiz davom etadigan tirik narsadir, chunki uni 1 grammida milliardlab donalab mikroorganizmlar bor.Ularni faoliyati natijasida gumus, azot, fosfor, temir, oltingugurt kabi moddalar bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tib turadi.Maxsus bakteriyalar faoliyati tuproqda nitrifikatsiya, sulfofiksatsiya, erkin azotni o‘zlashtirib oluvchi tuganak bakteriyalar (azotofiksatsiya), ammonifikatsiya kabi, shuningdek azotsizlanish jarayonlari sodir bo‘lib turadi.
Nitrifikatsiya jarayonini nitrifikator bakteriyalar olib boradi, ular NH3 ni azot kislotaga aylantirib Ca(NO3)2 azot tuzlari xosil qiladi.Bu tuzlar ildiz orqali o‘simlikka oson o‘zlashtiriladi, ular bir gektarda 500, xatto 1500 kg gacha nitrat xosil qiladilar.Xarorat 25-30 bo‘lsa o‘rtacha namlik yaratilsa, o‘ratcha (neytral) reaksiya tuproqda yaxshi rivojlanadilar, 1 gr tuproqda 220000 dona bo‘lishi mumkin, xovlili joyda yaxshi ko‘payadi.
Organik moddalarni tarkibidagi oqsilni parchalanishi sulfofikatsiya deyiladi, natijada H2S gazi xosil bo‘ladi, u zaxarli, ammo oltingugurt bakteriyalari ularni sulfat kislotaga aylantiradi, bu kislota Na, K bilan birikib Na2SO4 va K2SO4 xosil qiladi, ular suvda yaxshi eriydi, o‘simlikni oltingugurtga bo‘lgan talabi qondiriladi.Bular xam xavoli, namli joyda yaxshi rivojlanadi.
Atmosferda 78% erkin azot bor, ammo ularni ko‘p o‘simliklar o‘zlashtirolmaydi, lekin tuproqda va ba’zi o‘simlik ildizlarida ularni o‘zlashtiruvchi bakteriyalar bor.Xavodagi azotni singdiruvchi klastridium, pasterionum deyiladi, 28-300 da yaxshi rivojlanadi.Ammo xoli muhitda yashaydiganlari xam bor, ularni azotobakter xrokokumagila deb atalib 25-300 xaroratda, neytral muhitda yaxshi yashaydi, kislotali sharoitda nobud bo‘ladi.Dukkali o‘simliklar (beda, loviya, mosh, soya, noxot,shabdar) ildizida kislorodli sharoitda yashaydigan bacterium radikikoliya deb nomlangan tuganak bakteriyalarini turi juda ko‘p.Ular mavsumda 100-55 kg sofa zot qoldiradi. Ular uchun xarorat 18-270, neytral muhitli joy maqbuldir.Bularni ish faoliyatini kuchaytirish uchun azotobakteriya va nitrogen (dukkakli o‘simliklar uchun ) sanoat miqiyosida ishlab chiqariladi va ishlatiladi.
Tuproqda yana ammonifikatsiyali bakteriyalar xam yashaydi, ular azotli organic moddalarni parchalab ammiak (NH3) xosil qiladi. Go;ngda va boshqa chiqindilarni parchalaydigan bakterizm vulgari, bacterium, koli, urobakterium kabila ularni (NH3)2CO2 xoliga olib keladilar. So‘ngra u parchalanib CO2 suv va ammiak xosil bo‘ladi. Ammiak esa tuproqdagi sulfat kislota bilan birikib sulfat ammoniy tuzini xosil qiladi.
Yuqoridagi foydali, ya’ni azot bilan tuproqni boyituvchi mikroorganizmlardan tashqari tuproqdagi azotni isrof qiluvchi bakteruim nitrifikans de ataluvchi bakteriyalar nitratni parchalab karboant angdrid va erkin azotga bo‘lib yuboradi. Ular xavosiz joyda tashaydilar.
Tuproqda amyoba va infuzoriya deb ataladiga mayda jonivorlar, tuproq suv o‘tlari, zambrug‘lar ham yashaydi.Kalamush, sichqin, yumronqoziq, chumoli, chuvalchang va boshqa jonivorlar ham tuproqni kavlab ulardagi fizik, kimvoviy, biokimyoviy jarayonlarni o‘zgartirib turishga imkon berib, tuproqdagi chirindini paydo bo‘lishida va ko‘payishida muxim axamiyatga egadir.
Tuproq tarkibidagi o‘simlik, xayvon va mikroorganizmlar qoldig‘idan iborat bo‘lgan organic brikmalar uchraydi (organic brikmada S,H,O,N albatta bo‘lishi lozim), shuningdek, go‘ng, compost va boshqa birikmalar ham (kunjara, axlatlar) murakkab tarkibli chirindi paydo qilishda muxim axamiyatga egadir. Organik moddalarni ko‘p-ozligi tuproqni turiga qarab o‘zgarib turadi.
Avvalo, hamma haydaladigan va haydalmaydigan ustki qismida chirindi miqdori eng ko‘p bo‘ladi, masalan bo‘z tuproqlarda bir mavsumda bir tonna quruq modda, 1.0-1.2 tonnani tashkil qiladi. Bu organic moddalarni kimyovuy tarkibi karbonsuvlar, ligninlar, oqsil-proteinli (azotli) birikmalar, lipoidlar (yog‘, mum, oshlov moddalar, shuningdek Ca, Na, K va boshqa tuzlardan iborat bo‘ladi. Yuqoridagi moddalar suv, xavo va mikroorganizmlarning faoliyati oqibatida avvalo CO2, H2O, NH3 kabi birikmalarga bo‘linib, minerallashadi, so‘ngra guminifikatsiya natijasida chirindi xosil bo‘ladi, lekin u osonlikcha o‘tmaydi, buning uchun xarorat, namlik,mikroorganizmlar faol ishtirok etishi lozim, chunki oxirgisi biokimyoviy jarayonlarni amalga oshiradi. Chirish jarayoni kislorodli va kislorodsiz muhitda o‘tadi yaxshi xaydalgan, donador, g‘ovak, strukturali, xavo yaxshi kiradigan tuproqlarda kislorodli – aerob bakteriyalar ishlaydi, tezda minerallash jarayonini boshlaydi, ya’ni modda va elementlarni beradi. Agarda tuproq, botqoqlangan, strukturasiz va zichlangan bo‘lsa anaerob – kislorodsiz muhitda ishlaydigan bakteriyalar ta’sirida chiriydi, u sejin asta o‘tadi, CH4 P, H2, NH3, H2S singari oksidlangan, ildizni zaxarlaydigan birikmalar FeS, H2S hosil qiladi.Organik qoldiqlarni, jumladan, solingan go‘ngni chirituvchi mikroorganizmlar ish faoliyati xaroratga va namlikka bog‘liq, ularning ko‘pchiligi +35, +400 C da yaxshi xayot kechiradi, +30C eng past xarorat, +60oC eng yuqori xarorat bo‘lib xisoblanadi.Xarorat qancha yuqori bo‘lsa, chirindi tarkibida karbon va azot miqdori tenglashadi, yoki sifatli maxsulot kelib chiqadi. Juda quruq yoki sernam sharoitda chirish ketmaydi, shuning uchun yilning fasllariga qarab cherish ham xar xil tezlikda o‘tadi. Optimal namlik 30% atrofida bo‘ladi. Demak, tuproqdagi chirindi xosil bo‘lish jarayoni murakkab biokimyoviy jarayonlar zanjiridan iborat bo‘lib, avvalo mikrooraganizmlar bo‘lishi shart, qolaversa namlik xaarorat, xavo va muhitni boshqa omillari juda zarur ekan. Shuning uchun respublikamiz sharoitida organic qoldiqlardan chirindi xosil qilinishida xarorat va xavo yetrali bo‘lib, namlikni vujudga keltirsak, tuproqdagi mikroorganizmlar ish faoliyati uchun katta zamin yaratgan bo‘lamiz.
Xosil bo‘lgan chirindini kimyoviy tarkibini 3 ta qismga bo‘lish mumkin: guminli moddalar, guminsiz moddalar va eritmalarda (organic) eriydigan moddalar.Guminli moddalarga, sulfo kislotalar, gimotofelin kislotasi (ishqorda erioydi) kabilar kiradi. Guminsiz moddalarga: lignin, selluloza, gemiselluloza, protein, organic kislotalar kiradi. Organik eritmalarda erimaydigan moddalarga yog‘lar mumlar, yelim va kul va eng ko‘p % li karbon H, O tashkil etadi. Xar qanday chirindida ulmin, gumin, va kren, opokren, kislotalari mavjud bo‘ladi.

Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling