Tuproq ona jinsining ma’lum vaqt mobaynida kosmik elementlar ta’sirida yemirilish, nurashi, o‘simlik va xayvonot dunyosi, mikroorganizmlarning ishtiroki va ularning qoldiq plazmalari xosil bo‘lgan tuzilmadir
-jadval Tipik bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi (%) (S.P.Suchkov ma’lumotlari)
Download 44.76 Kb.
|
Tuproq ona jinsining ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval Tipik bo‘z tuproqlarda chirindi, azot va fosfor miqdori (% va t/ga) (S.P. Suchkov ma’lumoti)
2-jadval
Tipik bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibi (%) (S.P.Suchkov ma’lumotlari)
3-jadval Tipik bo‘z tuproqlarda chirindi, azot va fosfor miqdori (% va t/ga) (S.P. Suchkov ma’lumoti)
Umuman tuproq hosil bo‘lishi va uning xossalariga yuqoridagi omillar katta ta’sir etadi. Bu tuproqlarda chirindi ko‘proq (1,5-2,0 %), azot esa 0,15-0,50 %, fosfor miqdori esa uncha farqlanmaydi (och tusli va tipik bo‘z tuproqqa qaraganda). Bulardan tashqari o‘tloq, botqoq-o‘tloq, botqoq va sho‘rxok tuproqlar gidromorf tuproqlar deb atalib, jami sug‘oriladigan maydonlarning yarmini tashkil etadi. Bu tuproqlar saxro zonasi va bo‘z tuproqlar daryo quyi qismida, yer ostki suvlari 3 metrdan kam bo‘lmagan deltalarda keng tarqalgan. Yer osti suvlari yaqin joylashganidan bu tuproqlar ko‘pincha sho‘rlanish xususiyatiga egadir, shuning uchun bu yerlarning meliorativ holatini yaxshilab turish lozim. Yuqoridagi sanab o‘tilgan tuproqlarda oddiy ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda organizmlar bor. Bular mikroorganizmlar deb nomlanadi va ular xar xil turlarga mansub bo‘lib yashash faoliyati anchagina tez o‘tadi, chunki bo‘z tuproqlarda azotbakter, sellyulozani parchalovchi bakteriyalar, tuzlarni nitratlarga aylantiruvchi bakteriyalar juda tez rivojlanadi. Masalan, Moskva viloyatida mikroblar 8-10 bo‘g‘in (avlod) bersa, bizda 20 bo‘g‘in avlod beradi. Ammo ularning doimo faol rivojlanishi uchun tuproqda organik moddalar bo‘lishi talab etiladi. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning 1 grammida 1,5-3 mlrd dona mikroorganizmlar topiladi, ular azot to‘plovchi, azotni parchalovchi va moy kislotasi bakteriyalari deb nomlanib, yaxshi rivojlanadi. Bizning tuproqlarimizda havodagi erkin azotni o‘zlashtiruvchi azotobakteriyalar yaxshi yashaydi, shuningdek zambrug‘ va aktinomisyetlar soni qo‘llanilayotgan agrotexnikaga bog‘liqdir, shuningdek kimyoviy moddalar normadagidan ortiq ishlatilishi ular sonini keskin kamaytirib yuboradi. Sug‘oriladagan och tusli bo‘z tuproqlarda mikroorganizmlar tipik bo‘z tuproqlardagidan kam bo‘ladi, lekin azot birligiga to‘g‘ri keladigan mikroblar tipik tuproqdagidan ko‘proqdir. Masalan, 1 gramm tipik bo‘z tuproqda 1 milligramm azotda 1,700 million bo‘lsa, och tusli bo‘z tuproqlarda esa 2,400-2,700 million mikroorganizm bo‘ladi. Bu miqdor utloq tuproqlarda 11,00-13,00 million, botqoq-utloq tuproqda 60,0-70,0 millionga to‘gri keladi. Tuproqlarimizga namlik o‘gitlar yetarli solinib turilsa va govakligi saklansa mikrobiologik jarayonlar tez boradi, ayniksa bo‘z tuproqlarda bu jonivorlar o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlardagiga qaraganda ancha Faollashgan xolda xarakat kiladi. O‘tlok va o‘tloq-botqoq tuproqlarning unumdorligini oshirishda ularni chuqurroq haydash bilan, bo‘z tuproqlarga esa organik o‘g‘itlar va Dukkaklilarni ekishni qat’iy reja asosida amalga oshirish bilan erishish mumkin. Ko‘p maydonlardagi bo‘z tuproq melirotiv jihatdan ancha qulay bo‘lgani uchun tezda qayta tiklanish xususiyatiga ega. Tarkibi bo‘yicha bo‘z tuproqlar qumoq bo‘lib, ko‘pincha changsimon zarrachalardan iboratdir. Bu tuproqda gumus xaydalma qatlamda 0,8-1,4 % o‘rtasida bo‘lib turadi. Bo‘z tuproqlarda sug‘orib dexqonchilik qilish tufayli ularda ozuqa elementlarining o‘zgarib turishiga sababchi bo‘ladi. Agar organik va mineral o‘g‘it doimo mutanosib ravishda qo‘shib olib borilsa, ozuqa elementlari boyib borishi mumkin, agarda bir tomonlama mineral o‘g‘it solinaversa chirindi kamayib o‘g‘itni ta’siri kamayadi, hosildorlik va paxta sifati pasayib boraveradi. Tuproqdagi azot. Tuproq azoti asosan gumus tarkibida organik birikmalar holida tasavvur qilinib qisman, ya’ni juda oz miqdorda. (5 % gachasi) nitrat va ammoniy holida anorganik birikmalarda bo‘ladi. Mavjud organik birikmalarning (o‘simlik va hayvonot qoldiqlari) tuproqda chirishi uning tarkibi va umumiy tuproq xosil bo‘lish jarayonlari sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Parchalanish (chirish) bilan bir vaktda tuproqda biosintez jarayonlari xam boradi. Organik moddalarning katta, qismi, ancha miqdordagi azotni o‘z tanasini tuzilishi uchun sarf qiladi va natijada nobud bo‘lgach bular tuproqdagi asosiy manbalardan biriga aylanadi. Azot tuproqda suvda oson eriydigan, kislota bilan gidrolizlanganda xam eritmaga chiqmaydigan turlarga bo‘linadi (Belousov, 1975). M.A.Belousovning tekshirishlari ko‘rsatadiki (ammoniy va nitrat xolatini) organik birikmalarga nisbatan yaxshiroq o‘zlashtiradi. Organik birikmalari ichida o‘simlik o‘zlashtirishi oson bo‘lganlari mochevina, asparagin va glyutamindir. Azotning bu birikmalaridan ammoniy tez ajralib chiqadi va uni o‘simlik o‘zlashtiradi. Azotning yuqorida aytilgan ikki xil birikmasidan ikkalasini ham o‘simlik bir xilda qabul qiladi, deydi D.N.Prenishnikov, lekin nitrat holatdagi azotni o‘simlik o‘z tanasida boshqa murakkab birikmalarga aylantirish uchun u ortiqcha energiya sarf qiladi, NH3 xolatdagi bevosita biokimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Azot fotosintez mahsulotlari bilan birikib, oqsil hosil bo‘lishida qatnashadi. M.A.Belousovning aniqlashicha, agar oziqlanishda tuproq eritmasida kaliy, natriy, kalsiy, magniy kationlari ko‘p bo‘lsa, nitrat holatini o‘simlik kamroq, ammiaklisini ko‘proq o‘zlashtiradi. Tuproqda azot miqdori katta masshtabda o‘zgarib turadi va asosan tuproqni gumus bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Azotni o‘simlik tomonidan o‘zlashtirish shakli (miqdori) juda o‘zgaruvchandir. Tuproqni o‘zlashtiradigan azot bilan ta’minlanish haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish uchun olingan namunasidan yuqoridagi ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan kifoyalanib bo‘lmaydi. Buning uchun sistematik ravishda tuproqdagi bu birikmalar davrlar bo‘yicha aniqlanib boriladi. Tuproqda fosfor miqdori. Tuproqda fosfor asosan mineral shaklda uchraydi, fosfatlarni organik shakldagi qismi avtomorf tuproqlarda 10 % atrofida va gidromorf tuproqlarda esa 18 % atrofida bo‘ladi. Fosfatlarni asosiy miqdori 50-80 % kalsiyga singan birikmalar xolida bo‘lib, kuchsiz kislotalarda eriydi, kuchsiz ishqorlarda esa yaxshiroq eriydi va o‘simlikning oziqlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi. Fosforning o‘simlik tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladigan qismi ammoniy karbonatning 1 % eritmasida erib, ular asosan kalsiyning mono va difosfatlaridan iborat bo‘ladi. Bu fosfatlar miqdori umumiy fosforga nisbatan 1-2 % dan oshmaydi. Gidromorf tuproqlarda fosfatlarning kalsiy tuzi birikmalaridan tashqari, ularning alyuminiy va temirli birikmalari ham kuzatiladi. Bunday yerlarda ularning umumiy miqdorini zahirasi yuqori bo‘lishiga qaramay, xarakatchan shaklli miqdori kam bo‘ladi. O‘rta Osiyo tuproqlarining xarakatchan fosfor bilan ta’minlanishining aniqlashda quyidagi shakldan foydalanildi: 0-15 mg/kg tuproqda bo‘lsa juda kam ta’minlangan: 16-30 mg/kg bo‘lsa kam, 31-45 mg/kg o‘rtacha, 46- 60 mg/kg yetarli va 60 mg/kg va undan ko‘p bo‘lsa yuqori darajada ta’minlangan bo‘ladi. Bu tuproqlar ichida xarakatchan fosfor bilan eng ko‘p ta’minlangan to‘q tusli bo‘z tuproqlar hisoblanadi. Tipik bo‘z tuproqlarni esa 61 foizi kam ta’minlangan, 31 foizi esa o‘rtacha va yuqori darajada ta’minlangan. Shuningdek, xarakatchan fosfatlar bilan gidromorf tuproqlar ham kam ta’minlangan, ya’ni umumiy maydoning 70 foizi P2O; bilan kam ta’minlangan. Barcha yarim gidromorf (almashinuvchi) tuproqlarning P2O5 bilan ta’minlanishi juda kam, ya’ni 61-63 foizi maydoni kam va 37-39 foizi o‘rtacha va yuqori darajada ta’minlangan. (4-Jadval) Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling