Tuproq sathidan sug’orish. Yomg’irlatib sug’orish. Tuproq ostidan sug’orish
Download 75 Kb.
|
SUG\'ORISH USULLARI VA TOMCHILAB SUG`ORISH VOSITALARINI O`RGANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jo’yak olib sug’orish
- Egat olib sug’orish
Tuproq ustidan sug’orish
Bu usul bilan sug’oriladigan dala maydonini yoppasiga suv bosadi va suv yerga tikkasiga singadi. Jo’yak yoki egat olib sug’orilganda esa suv tuproqqa asosan yon tomomlardan singadi. Sug’orish usullari ekinlarning turlariga qarab tanlanadi. Sholini sug’orishda va tuproqlarning sho’rini yuvishda asosan bostirib sug’orish usulidan foydaniladi. Beda va donli ekinlar esa taxtlarga bo’linib sug’oriladi. Poliz ekinlari jo’yaklar olib sug’oriladi. G’o’za , lavlagi, tok, makkajo’xorilar, va shunga o’shash ko’pchilik ekinlar egatlar jo’yak olib sug’oriladi. Suvdan samarali foydalanishda hamda sug’orish sistemasida normal ekspuatatsiya qo’llashda sug’orish texnikasi katta ahamiyatga ega. Jo’yak olib sug’orish Relyefi noqulay, nishabi katta yerlar, asosan jo’yak olib sug’oriladi. Jo’yaklar ikki xil: ya’ni taroq shaklida va aylanmaaylanma jo’yak olib, (ilon izi) shaklida qiloib olinadi. Nishabi juda katta yerlar esa, aylanma jo’yak olib, ekin ekiladi, chunki bu usulda suv yo’li uzayib, yerning nishabi sun’iy ravishda kamayadi va suv jo’yaklarda sekin oqadi va tuproqning ustki unundor qismi yuvilib ketmaydi. Jo’yaklarning uzunligini 10-30 m, chuqurligi 0,30-0,45 m va oqayotgan suvning ko’ndalang kesimi 0,60-0,12 m, pushtalarning eni esa 0.90-1.40 m bo’lmog’i kerak. Jo’yak olib sug’orishning o’ziga xos kamchilik va afzallik tomomlari mavjud. Kamchiliklari: dehqonchilik ishlarini mexanizatsiyalash juda ham qiyin, yoki mexanizatsiyalashtirib bo’lmaydi, jo’yak olish uchun ko’p mehnat sarflanadi. Afzalliklari: Qiya tomomlarda jo’yak olinsa, yer suvni yuvib ketmaydi. Suv tuproqqa yon tomondan shimilishi sababli haydalma qatlam bosilib zichlanmaydi va nihoyat, ekiladigan ekinlar jo’yak pushtalarida yetishtiriladi. Egat olib sug’orish Egat olib sug’orish-bu oqar suv bilan sug’orishning eng mukammal progressive usulidir. Bundan tashqari, bu usul mexanizatsiyadan to’la foydalanish imkonini beradi. Egat olib sug’orilganda tuproq strukturasi buzilmaydi, tupropq bir tekis namlanadi, tuproq haydalma qatlami sug’orilgandan keyin zichlanmaydi va qatqaloq paydo bo’lmaydi. Natijada o’simliklarning havo, issiqlik va oziqlanish rejimi yaxshilanadi: bundan tashqari har qanday relyefli yerlarni egat olib sug’orish mumkin, bunda suv tejab sarflanadi, natijada sug’oriladigan yerning zaxlanish va sho’rlanish xavfi bartaraf qilinadi. Egatlarni ikki xil usulda qazish mumkin: ochiq va berk. Download 75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling