Tuproq sathidan sug’orish. Yomg’irlatib sug’orish. Tuproq ostidan sug’orish


Download 75 Kb.
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi75 Kb.
#1324312
1   2   3   4   5
Bog'liq
SUG\'ORISH USULLARI VA TOMCHILAB SUG`ORISH VOSITALARINI O`RGANISH

Ochiq egatlar nishabi 0.001-0.01yoki undan qiyaroq yerlardan olinadi, agar nishabi 0.002-0.003 bo’lsa, egat olib sug’orish yanada yaxshiroq natija beradi.
Berk egatlar nishabi 0.001-0.005 va undan ham kichik bo’lgan yerlar olinadi. Berk egatlarga qo’yiladigan suv sarfi 1-2 l/sek bo’ladi. Shunda egatlarning bo’yi 40 m dan 100 m gacha bo’ladi.
Egatlarda suvning oqish tezligisug’oriladigan yerning relyefiga va uning qaybdarajada tekislanganligiga bog’liq, tuproqning mexanik tarkibi yengil va mikrorelyefli murakkab bo’lgan yerlarda egatlar qisqaroq olinadi. Yaxshi tekislangan yerlarda egat 400-600 m uzunlikda va undan uzunroq olinishi mumkin.
Sholini sug’orish rejimi
Sholi sersohil donlin o’simlik hisoblanib, yer sharining yarmidan ko’p aholining eng keng iste’mol qilinadigan oziq-ovqati hisoblanadi.
Sholi asosan tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda o’stiriladi va bunday sharoitda sholidan 2-4 marotaba hosil olinadi. Sholini butun vegetatsiya davri deyarli suvda o’shiga qaramasdan, u issiq sezuvchi o’simlik hisoblanadi. Shunga binoan yoz oylarining umumiy temperature yig’indisi 2000 gradus C dan oshsa, o’simlik yaxshi rivojlanadi. Sholini sug’orish rejimi doimiy suv ostida va tez-tez bostirib sug’orish bilan olib boriladi, shulardan eng ko’p qo’llaniladigani bostirib sug’orishdir.
Doimiy bostirib sug’orish
Sho’rlangan va ifloslangan yerlarda qo’llanilib, zaharli tuzlarni miqdori 2% dan oshsa, va filtiratsiya koeffisiyenti 0.5 sm/sut da kichik bo’lsa, bu rejim yaxshi effect berishi mumkin., lekin o’simlikning unib chiqishi siyraklashadi. Shuning uchcun qisqartirilgan sug’orish rejimi qo’llansa yaxshiroq bo’ladi.
Sholini sug’orish sistemasida sug’oriladigan kartalarga uzunasiga 400 dan 1500 m ga, eni esa 150-250 m qilib olinadi va chor atrofiga marzalar qurilib, gektarga bo’linadi. Cheklarni maydoni 0.24-4 ga dan oshishi kerak emas. Bundan tashqari marzalar shunday qurilishi kerakki, u qishloq xo’jalik mashinalariga halaqit permasligi kerak hamda bir vaqtning o’zida sug’oriladigan suv bir necha cheklarga bir vaqtning o’zida beriladi, chunki bu chiqindi suvni bir vaqtda chiqishini ta’minlaydi.
Bizning sholi yetishtiriladigan rayonlarimiz yaxshilab tekislanadihamda urug’I ekilib olinadi. Sholi suv va issiqlikni ko’p talab qilinganligi uchun butun vegetatsiya davri davomida 10-15 sm bsuv qatlami ichida o’sadi.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling