Tuproq suvining shakllari Reja: 1


Download 0.57 Mb.
bet3/11
Sana18.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1213244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1- ma\'ruza

Gigroskopik suv. Odatdagi ochiq sharoitda yotgan tuproqdan birorta idishga olib, uni uzluksiz 4-6 soat davomida maxsus termostatda 100-1050 atrofida quriting, so‘ng tarozida torting. Quritilgan tuproqni ochiq joyda bir oz (2-3 soat) sovitib, yana tarozilarda torsangiz, sovugan tuproqni ancha og‘ir bo‘lib qolganini ko‘rasiz. Demak, tuproq quritilganda undan singdirilgan suv molekulalari bug‘lanib ketadi, sovutilganda esa, tuproq zarrachalarining adsorbsion (sorbsion) tortish kuchi ta’sirida atmosfera havosidagi suv molekulalari tuproqqa qayta singadi hamda tuproq zarrachalari yuzasida to‘plana boshlaydi.
Tuproq zarrachalarining atmosfera havosidan o‘ziga suv molekulalarini (namini) singdirish qobiliyatiga uning gigroskopiklik xususiyati va shu yo‘l bilan singdirilgan suv gigroskopik suv deb ataladi.
Gigroskopik suv tuproq zarrachalari orqali juda katta kuch bilan tortilib turganligi uchun undan o‘simlik va boshqa tuproq organizmlari foydalana olmaydi. Shuning uchun ham gigroskopik suvni tuproq bilan zich bog‘langan suv deb yuritiladi. Gigroskopik suv moddalarni yeritish hamda yelektr o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega emas, muzlash darajasi ham juda past
(-780S). Gigroskopik suvning miqdori tuproqlarda o‘zgarmaydigan son emas. Uning miqdori birinchidan havoning namligi oshishi bilan ko‘paysa, ikkinchidan tuproq mexanik tarkibining og‘irlashishi, kolloid zarrachalar va organik moddalarning ko‘payishi bilan ortadi. Bu o‘rinda ayniqsa tuproqni tashkil yetgan har xil minerallarning suvga bo‘lgan munosabati katta rol o‘ynaydi. Bordi-yu minerallar suvni o‘ziga yaxshi qabul qilsa, (gidrofil bo‘lsa), bu minerallarning gigroskopikligi shuncha yuqori bo‘ladi, agarda minerallar suvni o‘ziga yaxshi qabul qilmasa (gidrofob), bunday minerallarning gigroskopikligi past bo‘ladi. Tuproq tarkibida mineral tuzlar (NaCl, Na2SO4, CaCl2 va boshqalar) miqdorining oshishi, uning albatta, gigroskopiklik qobiliyatining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Gigroskopik suv miqdori atmosfera havosining suv parlari bilan to‘yinganlik darajasiga qarab o‘zgarib boradi. Tuproqning havo suv parlari bilan maksimal to‘yingan holati (nisbiy namlik 94-96% bo‘lganda) singdirilgan maksimal namlik miqdori quruq tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida ifodalanib, bu namlikni maksimal gigroskopik suv (MG) deb ataymiz. Bunda tuproq zarrachasi atrofi batamom suv molekullalari bilan o‘ralgan bo‘ladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling