Tuproqning suv rejimi uni boshqarish usullari


Download 27.48 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi27.48 Kb.
#1485303
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-МАВЗУ TUPROQNING SUV REJIMI UNI BOSHQARISH USULLARI

Tuproqning nam sig’imi. Tuproqning malum miqdorda o’ziga suv singdirish va ushlab turish qobiliyati uning nam sig’imi deyiladi. Tuproqning nam sig’imi maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va to’lik nam sig’imlariga bo’linadi.
Maksimal gigroskopik nam sig’imi deyilganda - tuproq zarrachalari molekulalarining tortish kuchi natijasida uning sirtida ushlanib turgan suv miqdori tushuniladi.
Kapillyar nam sig’imi. Tuproqning kapillyar kovaklarida ushlanib turgan suv miqdori tushiniladi. Kapillyar nam sig’imi kapillyar g’ovaklar hajmiga va kapillyarlarga namlikni kelib turishiga bog’liq bo’ladi.
To’liq nam sig’imi. Tuproqning kapillyar va nokapillyar kovaklari va hamma bushliqlari tamomila suv bilan tuyingan holdagi namlikka aytiladi. To’liq nam sig’imi tuproqning maksimal suv sig’imini ifodalaydi va kuchli yog’inda yoki yer meyoridan ortiq bostirib sug’orilganda, suvning biror tomonga sizib ketishi qiyinlashganda yoki umuman suv chetga chiqib ketmaganda vujudga keladi.
Dala nam sig’imi. Gravitasion suv yuqoridan qo’yi qatlamga oqib ketgandan va bug’lanish bartaraf etilgandan keyin tuproqda maksimal miqdorda ushlanib qolgan nam miqdori tushiniladi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi omillar tasirisiz tuproqda maksimal miqdorda ushlanib qolgan suv miqdori dala nam sig’imi deyiladi.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida dala nam sig’imini bilish katta ahamiyatga ega, chunki ekinlarni sug’orish meyori ana shu nam sig’imiga nisbatan aniqlanadi.
Tuproqning suv o’tkazuvchanligi deganda, yuqoridan qo’yi qatlamlarga suv o’tkazish qobiliyati tushiniladi. Tuproqning suv o’tkazish kobiliyati ekinlarni suv bilan taminlashda katta ahamiyatga ega. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi muhim xossalardan hisoblanib, tuproqda suv zaxirasini vujudga keltiradi va mikroorganizmlar faoliyatini boshqarishda asosiy o’rin to’tadi. Suv o’tkazuvchanligini aniqlash, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida juda muhimdir. Chunki, vegetasiya davomida tuproqqa qo’yiladigan suvning tuproqqa singishi, shimilishi, tuproqning suv o’tkazuvchanligiga bog’liq, yani ekinlarni sug’orish muddati tuproqning shu xossasiga qarab aniqlandi.
Tuproqning suv o’tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan shkaladan foydalanish mumkin. Shunga ko’ra xarorat 100S va suv bosimi 5 sm bo’lgan sharoitda tuproqning suv o’tkazuvchanligi qo’yidagicha baholanadi. Agar kuzatishning birinchi soatida 1000 mm dan ko’p suv o’tsa, tuproqning suv o’tkazuvchanligi buzuvchi, 1000-500 mm gacha - g’oyat (ortiqcha) yuqori, 500-100 mm – eng yaxshi, 100-70 - yaxshi, 70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan kam - qoniqarsiz hisoblanadi.

Download 27.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling