Tuproqning suv va havo rejimlarini yaxshilash


Download 1.2 Mb.
bet3/12
Sana13.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#999400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mustaqil

4.Gravitatsion suv. Tuproqning yirik kapllyar va nokapillyar yо‘llari orqali о‘z og‘irlik kuchi bilan yuqoridan pastga yoki qiyalik joylarda suv о‘tkazmaydigan qatlam orqali yon tomonga qarab erkin harakat qiluvchi suvga gravitatsion suv deyiladi. SHо‘rlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotik bosimi 0,5 atm dan kam bо‘lganidan, о‘simlikka yaxshi singib о‘tadi. Ammo tez xarakatlanishi va boshqa shakldagi suvga о‘tishi sababli, gravitatsion suv о‘simliklarni bevosita suv bilan kam ta’minlaydi. Kapillyar va gravitotsion shakldagi suvlar erkin holda suv kategoriyasi jullasiga kiradi.
5.Sizot suvlari - gravitatsion suv suvtо‘sar qatlamgacha singib borib, barcha kovakliklarni nam bilan tо‘ldiradi. Natijada suvli qatlam hosil bо‘ladi. Ana shu qatlamda tо‘plangan suvlarga grunt yoki sizot suvlari deyiladi. Qiyalik relyefi sharoitda sizot suvlari nishablik bо‘ylab oqib borib, buloq yoki chashma xolda yer yuzasiga oqib chiqadi.
Sizot suvlarining sathi doimiy bо‘lmasdan mavsum davomida о‘zgarib turadi. Arag sizot suvlari vaqtincha bо‘lsa-da tuproq qatlamigacha kо‘tarilib chiqsa bunday suv tuproq grunt suvi deyiladi. Sizot suvlarining chuqurligi, kimyoviy tarkibi tuproq unumdorligi va о‘simliklar hayotida muhim rol о‘ynaydi. Sizot suvlari yaqin bо‘lganda, о‘simliklaring ildiz sistemalari qо‘shimcha ravishda suv bilan ta’minlanadi yoki tuproq botqoqlanadi va shо‘rlanadi.
6.Bug‘simon suv - suyuq va qattiq holdagi suv bilan egallanmagan yoki qisman egallangan kovakliklarda saqlanadi. Bug‘simon nam tuproqdagi tuproqdagi barcha turdagi suvlarning bug‘lanishidan hosil bо‘ladi.
Bug‘simon suv tuproqda ikki yо‘l bilan: diffuziya natijasida ya’ni suv bug‘larining tarangligi yuqori bо‘lgan joydan past joyga qarab harakatlanadi. Bug‘simon suv harakati atmosfera haroratiga bog‘liq. Kunduzi tuproq yuzasining harorati pastdagi qatlamga nisbatan yuqori bо‘lganda, suv bug‘lari yuqoridan pastga qarab, kechasi soviganda aksincha patdan yuqoriga qarab harakat qiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling