Tuproqning unumdorligini tiklash yo`llari


Download 0.65 Mb.
Sana23.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1223918
Bog'liq
Tuproqning unumdorligini tiklash yo`llari


Tuproqning unumdorligini tiklash yo`llari
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK tomonidan tuproqning agrokimyoviy tarkibini to‘liq o‘rgangan holda o‘g‘itlash va yer maydonlariga ilmiy asoslangan ishlov berish tartibini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklash maqsadida dehqon, fermer xo‘jaliklari hamda klasterlarga taklif-tavsiyalar berish, tuproq tahlilini o‘tkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Odatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar o‘simlik vegetatsiyasi davomida yer maydonlariga ishlov berish jarayonida tuproqning agrokimyoviy holatini o‘rganmagan holda, anʼanaviy usullar bilan o‘g‘itlash miqdorlarini belgilashadi. Bu esa o‘z navbatida ortiqcha o‘g‘it sarfi hamda tuproq tarkibini buzilishiga olib kelishi mumkin. Yaʼni o‘simliklar yerdan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘g‘it miqdori tabiiy yetarli bo‘lgan joyda ko‘p miqdorda va o‘z navbatida, yetarli bo‘lmagan joyda kam miqdorda qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislari aynan ushbu salbiy oqibatlarni oldini olishni maqsad qilishgan. Maʼlumki, daladan namuna olib, tahlil o‘tkazilganidan keyin uni tezkorlik bilan yana yerdan foydalanuvchilarga yetkazish uzoq vaqtni talab etadi. Ushbu omilni inobatga olgan muassasa mutasaddilari sayyor uslubda ishlaydigan eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan mobil laboratoriyani tashkil etgan.

Mobil laboratoriyaning qulayligi shundakinamunalar shu joyning o‘zida olinadi hamda 3-4 soat mobaynida tuproq tarkibidagi ozuqa elementlar va mikroelementlar to‘g‘risida aniq, tezkor va sifatli maʼlumotlar taqdim etiladi. Mobil laboratoriya quyosh paneli, yoqilg‘i hisobiga ishlaydigan elektr generatori, laboratoriyani suv bilan taʼminlash uchun suv idish, havo ventilyatsiyasi, joyning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun GPS navigator bilan jihozlangan. Quyosh paneli 2 soat davomida quyoshdan quvvat olib, 6 soat davomida laboratoriyani elektr energiyasi bilan taʼminlay oladi. Yoqilg‘i hisobiga ishlaydigan elektr generatori esa yoqilg‘idan uzilish bo‘lmasa, laboratoriyani tinimsiz elektr energiyasi bilan taʼminlay oladi.
Mobil laboratoriyaning 4 nafar xodimi 20 turdagi tuproq va 11 turdagi suv sifati tahlillarini o‘tkazishadi.


Tuproqning quyidagi tahlillari:

  • Umumiy fosfor miqdori;

  • umumiy kaliy miqdori;

  • umumiy azot miqdori;

  • harakatchan fosfor miqdori;

  • almashinuvchi kaliy miqdori;

  • harakatchan azot miqdori;

  • mexanik tarkib;

  • gumus miqdori;

  • CO3 karbonat miqdori



  • umumiy ishqoriylik NCO3 ;

  • normal karbonatlar miqdori;

  • Cl, CO4, Ca, Mg, K, Na miqdorlari;

  • quruq qoldiq miqdori;

  • pH muhiti;

  • elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash.


Suv tahlillari:

  • Umumiy ishqoriylik;

  • normal karbonatlar miqdori;

  • Cl, CO4, Ca, Mg, K, Na;

  • quruq qoldiq miqdori;

  • pH muhiti;

  • elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash.


Ushbu muassasaning sinov laboratoriyasi 2019-yilda Turkiya bilan hamkorlikda Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasini qo’lga kiritgan. Akkreditatsiya doirasida butun sinov laboratoriyasi jahon standartlariga mos deb topilib, muvofiqlik sertifikati berilgan.
Laboratoriyada amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. Bugungi kunda u Respublikada yagona xalqaro sifatini boshqarish tizimi ISO/TC-9001 ga ega bo’lgan 5 ta uslub asosida tuproq kimyoviy tahlil amaliyoti joriy etilgan laboratoriya hisoblanadi.

Ayni vaqtda 2019-yilda qo’lga kiritilgan Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi doirasida 2-marotaba audit tekshiruvi ketmoqda.
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling