Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

So‘z boshi 
Respublikamizda 
qishloq 
xo‘jalik 
mahsulotlari 
va 
ularni 
yetishtirishda unumdor tuproq qoplami mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati 
va barqarorligini belgilaydigan asosiy manba hisoblanadi.
Mamlakatimizda agrar sanoat rivojlangan bo‘lib, uning tabiiy iqlim 
sharoiti, tuproq va suv manbalari mehnat resurslari hamda qishloq xo‘jaligi 
ekinlari – paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va sabzavot-poliz 
mahsulotlaridan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratib beradi. Yurtimiz 
bo‘yicha haydaladigan yerlar 4,9 mln. gektar bo‘lib, shundan 
sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida 
intensiv dehqonchilik va paxta monokulturasining qishloq xo‘jaligida keng 
qo‘llanishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60–70% i sho‘rlangan, 
eroziyaga uchragan, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. 
Davlatimiz yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal qilish maqsadida Yer 
kodeksi va kadastrini ishlab chiqish, yerni ijara sifatida fermer va dehqon 
xo‘jaliklariga berish masalasini amalga oshirdi.
Tuproq biosferaning tarkibiy qismi va qishloq xo‘jaligini 
rivojlantiradigan ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lib, uni har 
tomonlama o‘rganadigan fan – tuproqshunoslik fanidir. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgan davrigacha, tuproqshunos va 
agrokimyogar mutaxassislar Toshkent davlat universiteti va Toshkent 
Agrar hamda Samarqand Qishloq xo‘jalik institutida tayyorlanar edi. 
Tuproqshunoslik bo‘yicha yozilgan darsliklar rus tilida bo‘lib, faqat o‘tgan 
asrning oxirlarida M.A.Pankovning “Tuproqshunoslik”, 1963-yilda 
A.M.Rasulov va M.Bahodirovning “Tuproqshunoslik va dehqonchilik 
asoslari”, nihoyat I.Boboxo‘jayev va P.Uzoqovning “Tuproqshunoslik” 
darsligi 1995-yilda chop etildi. Afsuski, bu darslik qishloq xo‘jaligi 
yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. 
O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan Toshkent universitetida davr 
talabi bilan “Tuproqshunoslik” fanidan o‘zbek tilida kichik hajmda 
X.A.Abdullayev, L.T.Tursunov (1974, 1975) va H.X.Tursunovlar (2000) 
tomonidan qo‘llanma va matnlar chop etildi. 
Respublikamizda malakali tuproqshunos mutaxassislarini tayyorlash 
uchun dunyo talablariga javob beradigan Yevropa, Amerika va Osiyo 
tuproqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy g‘oyalarga asoslangan 
umumiy ta’limni rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Shu davrgacha 
tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari 
tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va ta’limotlarga asoslanib keldik. 
Dehqonchilik fani va tabiatshunoslik tarixiga oid hamda tuproq 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimiy Yunoniston, Misr, Eron, Xitoy, 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 

Hindiston, Yaponiya va Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk 
allomalarimiz al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, al Farobiy asarlarida keltirib 
o‘tilgan. Markaziy Osiyo tuproqlari haqidagi ma’lumotlar zardushtiyikning 
“Avesto”, al Xusayn Narshaxiyning “Tarixi Narshahiy” va “Qobusnoma” 
kabi tarixiy kitoblarda bayon etilgan. Buyuk mutafakkirlarimiz hazrati 
Navoiy va Boburning asarlarida ham tuproq to‘g‘risida tafsilotlar 
keltirilgan.


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 


Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling