Turg`un tolqinlar reja: Kirish. To’lqin haqida tushucha


Download 0.76 Mb.
bet3/3
Sana29.08.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1671292
1   2   3
Bog'liq
TO\'LQINLARNING INTERFERENSIYASI. TURG`UN TOLQINLAR

Gyuygens prinsipi yordamida to’lqinlarning tarqalish hodisani kuzatish osonlashadi. Bu prinsipga asosan to’lqin harakati yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to’lqinlar manbayiga aylanadi: bu to’lqinlarni o’rab oluvchi egri chiziq keying momentdagi to’lqinlar frontining holatini beradi. (3-rasm) Gyuygens prinsipidan foydalanib,ikki muhit chegarasidan to’lqinlarni qaytish va sinish qonunlarini keltirib chiqarish mumkin.


3.-rasm. Ikkilamchi to’lqinlarning hosil bo’lish markazlari.
To’lqinlarning burchak ostida tushganidagi sinishi ularning har xil muhitda, har xil tezliklarga ega bo’lishi bilan tushuntiriladi. Gyuygens prinsipi to’lqinlarga xos bo’lgan ularning to’g’ri chiziqli tarqalishidan o’gishini tushuntirib bera oladi. Agarda to’lqinlar chegaralanmagan fazoda tarqalsalar ular o’zlarining to’g’ri chiziqli yo’nalishini saqlab qoladilar. O’z yo’nalishida to’siqlarga duch kelsa, uni o’rab o’tishiga intiladi. Bu hodisa difraksiya hodisasi deyiladi. Masalan, ko’p teshikli yassi to’siqqa unga parallel bo’lgan to’qin fronti tushsin.(4-rasm)

4-rasm. Ikkilamchi to’lqinlar frontining hosil bo’lishi.

Gyuygens prinsipiga asosan, yassi to’lqinning har bir teshikka to’g’ri kelgan nuqtalar ikkilamchi to’lqinlar markaziga aylanadilar. Bu ikkilamchi to’lqinlarni o’rab oluvchi egri chiziqni chizsak, u ikkilamchi to’lqin fronti geometrik soya sohasini ham egallay boshlaydi.



4.TURG’UN TO’LQINLAR
Bir xil amplitudali ikkita qarama-qarshi yo’nalgan to’lqinlarni qo’shilishida juda muhim bo’lgan interferensiya hodisasi kuzatiladi. Natijada paydo bo’lgan tebranma jarayon turg’un to’lqinlar deb ataladi. Amalda turg’un to’lqinlar to’lqinlrni to’siqdan qaytishida hosil bo’ladi. x - o’qi bo’ylab qarama-qarshi yo’nalishlarda tarqalayotgan, amplituda va chastotalari bir xil bo’lgan ikkita yassi to’lqinning tenglamasini yozamiz.
(12)
Bu ikki tenglamani qo’shsak, natijaviy to’lqin tenglamasini keltirib chiqaramiz:
(13)
Bu tenglamadan, turg’un to’lqinning har bir nuqtasida uchrashayotgan, to’lqinlar chastotasiga teng chastotali tebranishlar kuzatilishi ko’rinib turibdi va uning amplitudasi x ga quyidagicha bog’liq bo’ladi:
, (14)
Koordinatalari quyidagi shartlarni:
(15)

qanoatlantiradigan nuqtalarda amplituda o’zining 2A maksimal qiymatiga erishadi. Bu nuqtalar turg’un to’lqinlarning do’ngliklari deb ataladi. Koordinatalari


(16)
shartni qanoatlantiradigan nuqtalarda to’lqin amplitudasi no’lga aylanadi va bu nuqtalar turg’un to’lqinning tugunlari deb ataladi. Qo’shni tugunlar yoki do’ngliklar orasidagi masofa turg’un to’lqin uzunligi deb ataladi va u (15) va (16) ifodadan, chopar to’qinning to’lqin uzunligining yarmiga teng bo’ladi:
,(17)
- ko’paytma , nol qiymatini kesib o’tganda o’zining ishorasini o’zgartiradi, shu sababli tugunning har xil tomonlaridagi fazasi π ga farq qiladi, yani ikki tomondagi zarrachalar qarama-qarshi fazalarda tebranadilar.

5-rasm.

XULOSA
Mexanik to’lqinlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Ular yordamida biz axborot almashamiz. Mexanik to’lqinlar tarqalishi uchun bizga elastik muhit kerak ekan. Masalan, havo, suyuqlik, qattiq jismlar va hokazo. Chunki mexanik to’lqinlar tarqalishi moddaning molekulalari tebranishi vositasida amalga oshadi. Elastik muhitda kogerent bo’lmagan to’lqinlar bir-biri bilan ta’sirlashmaydi ekan. Demak faqatgina kogerent to’lqinlargina ta’sirlashadilar yani qo’shilishadilar (superpozitsiya prinsipi). Xususan, interferensiya hodisasini misol keltiramiz. Interferensiya – bu to’lqinlarning qo’shilishi natijasida kuchayishi yoki susayishidir. Kuchayishi va susayishi deb amplitudaning mos ravishda ortishi va kamayishi nazarda tutiladi. O’z navbatida bu xususiyat berilayotgan ikki kogerent to’lqinning yo’llar farqi bilan bog’liq. Turg’un to’lqinlar interferensiya hodisasi tufayli vujudga keladi va turg’un to’lqinlar tebrabma harakat qiladi ammo ularda energiya ko’chmaydi. Turg’un to’lqinlarning asosan quyidagicha xossalari bor ekan:
- turg’un to’lqinning tebranish amplitudasi chopar to’lqinnikidan 2 marta katta bo’ladi ekan;
- turg’un to’lqinning to’lqin uzunligi chopar to’lqinnikidan 2 marta kichik bo’ladi ekan;
- turg’un to’lqin energiya tashimaydi (ko’chirmaydi) ekan;

- turg’un to’lqinni hosil qilgan chopar to’lqinlarning fazalar farqi bir xil ammo qarama-qarshi ishorali bo’ladi. ekan.



-----------------------------------------------------------------------

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Q. P. Abduraxmanov , V. S. Xamidov, N. A. Axmedova - “Fizika kursi” darslik - “ Aloqachi” nashriyoti – Toshkent-2018.

  2. Абдурахманов К. П, Эгамов У. - “Физика” дарслик – Тошкент-2010.

  3. M. H. O’lmasova “ Fizika” 2-kitob o’quv qo’llanma – “O’QITUVCHI” – 2004.

  4. A. Ga’niev A. Avliyoqulov va boshqalar “Fizka” 1-qism akademik litsey va kasb hunar ko’llejlari uchun darslik. “ o’qituvchi”-2002.

  5. Internet matreallari:

www.lincom.uz
www.fayllar.org
www.ziyonet.uz
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling