Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey

Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari

Download 235.01 Kb.
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi235.01 Kb.
#1193723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-MAVZU. IJODIY METOD VA OQIMLAR

Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari.

Hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari 30-40-yillar adabiyotshunosldigida "metod" deb yuritilib, unga ko`ra badiiy adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g`oyaviy mazmuni bilan bog`liq bo`lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. YA`ni, metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e`tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon bo`luvchi hodisa sanalgan. Anglashiladiki, atamadagi keyingi ma`no ko`chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini ilmiy asoslash jarayonida sodir bo`lgan bo`lgandir.

Shunday bo`lsa-da, atamaning keyingi ma`noda qo`llanishi badiiy ijoddagi ikki muhim unsur - metod va uslubni alohida kategoriyalar sifatida tushunish va tushuntirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metod gnoseologik (ya`ni, badiiy bilish bilan bog`liq) kategoriya bo`lsa, uslub antropologik (ya`ni, ijodkor shaxsi bilan bog`liq) kategoriyadir. Bundan ko`rinadiki, metod g`oyaviylik hodisasi bo`lsa, uslub badiiylik hodisasidir. Uslub ijodkorning ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa u yaratgan badiiy asarning barcha satxlarida (badiiy matnning tuzilishi - ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsiplari - poetika) namoyon bo`ladi. "Uslub - odam" degan qarashning vujudga kelishi bejiz emas: asar o`zida ijodkor shaxsini ifodalar ekan, buni uslubda namoyon etadi. Aytaylik, A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga xos rivoya, A.Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi, A.Qahhorga xos syujet qurilishi deya olishimizning boisi shundaki, bularning bari A.Qahhor uslubi bilan, uning ijodiy o`ziga xosligi bilan izohlanadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling