Adabiyotshunoslikda adabiy yo`nalishlarni ajratishda turlichalik bor. Jumladan, ayrim adabiyotshunoslar adabiy yo`nalish deganda anglangan g`oyaviy-estetik tamoyillarga, turli darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega bo`lishlikni shart qilib qo`yadilar. Biroq bu xil yondashuv chalkashliklar keltirib chiqarishi, mohiyatan bir xil adabiy hodisalarni turli atamalar bilan nomlashni keltirib chiqaradi. Masalan, bu holda klassitsizmni - adabiy yo`nalish, romantizmni adabiyot taraqqiyotidagi bosqich deb ataladiki, bu unchalik maqbul emas. Biz adabiy yo`nalishlarni Y.Borev qarashlaridan kelib chiqqan holda ajratishni maqbul deb bilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |