Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey


Metod va uslub tushunchalari haqida


Download 235.01 Kb.
bet5/6
Sana13.02.2023
Hajmi235.01 Kb.
#1193723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-MAVZU. IJODIY METOD VA OQIMLAR

Metod va uslub tushunchalari haqida.

Adabiy yo`nalish tushunchasi biz yuqorida to`xtalgan hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari, metod va uslub tushunchalari bilan bevosita bog`liqdir. Adabiy yo`nalish badiiy tafakkur tarzi, metod va uslub kesishgan nuqtada yuzaga keluvchi tushunchadir. Gap shundaki, muayyan davrda yashagan bir qator ijodkorlar yaratgan ko`plab asarlarda tipologik umumiylik mavjud. Tipologik umumiylik hayot materialini tanlash, uni badiiy idrok qilish va baholash prinsiplarida, asarlarning badiiy shakl xususiyatlari, uslubiy jihatlarida o`zini namoyon etadi. Uzluksiz adabiy jarayonning muayyan bosqichlarida kuzatiluvchi badiiy ijodning g`oyaviy-estetik tamoyillari asosidagi umumiylik adabiy yo`nalish haqida gapirish imkonini beradi. Adabiy yo`nalish adabiy jarayonning, badiiy tafakkur tarraqqiyotining muayyan bosqichini nazariy jihatdan umumlashtirish orqali uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi muhim adabiy-estetik kategoriyadir. Shuni ham unutmaslik kerakki, tipologik umumiylik bir yo`nalishga mansub ijodkorning ham g`oyaviy, ham estetik jihatdan o`ziga xosligini inkor qilmaydi. YA`ni, bir yo`nalish doirasidagi asarlarda turlicha ideallarning, dunyoqarashning aks etishi tabiiy hodisadir.

Masalan, romantizm yo`nalishiga mansub bo`lmish Bayron bilan Gyote asarlarida aynan bir xillikni izlash xato, ulardagi yaqinlik chuqur qatlamlarda, katta o`lchovdagina namoyon bo`ladi.

Masalan, romantizm yo`nalishiga mansub bo`lmish Bayron bilan Gyote asarlarida aynan bir xillikni izlash xato, ulardagi yaqinlik chuqur qatlamlarda, katta o`lchovdagina namoyon bo`ladi.

Demak, bir adabiy yo`nalish doirasida turli oqimlar kuzatilishi mumkin. Zero, adabiy oqim adabiy yo`nalishning bir ko`rinishi, o`ziga xos bir varianti sanaladi. Adabiy yo`nalish va oqimdan farq qilaroq, adabiy maktab deganda nazariy jihatdan anglangan ijodiy dasturiga ega bo`lgan, tashkiliy tuzilma sifatida shakllangan ijodkorlar guruhi tushuniladi. Masalan, XX asr boshlari rus adabiyotidagi futuristlar, akmeistlar shu xil maktab sifatida ko`rsatilishi mumkin.


Download 235.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling