Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha
Download 213.69 Kb.
|
1-mavzu
XulosaTuristik bozorni quyidagicha ta’riflash mumkin: turistik mahsulot iste’molchilari va sotuvchilarining yig‘indisi; turistik mahsulot sotuvchilari va iste’molchilarining manfaatlarini moslashtiruvchi instrument; turistik mahsulot sotuvi sohasi; turistik mahsulot iste’molchilari va sotuvchilari о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladigan soha. Tо‘liqroq tavsif beradigan bо‘lsak, turistik bozor deganda, turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari о‘rtasida iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladigan va turistik mahsulot sotilishi yuz beradigan soha tushuniladi. Turistik bozor deganda, turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilari manfaatlarining о‘zaro moslashtiruv instrumenti tushunilib, xо‘jalik yurituvchi turistik subyekt uchun (turoperator, turagent) turistik bozor deganda ushbu subyekt mahsulotini xarid etishdan manfaatdor bо‘lgan hamda bugun yoki ertaga uni xarid etish uchun yetarli pul mablag‘lariga ega bо‘lgan iste’molchilar yig‘indisi anglanadi. Turistik bozor о‘z vazifalarga, sig‘imiga, subyektlariga, obyektlariga ega bо‘ladi. Jahon bо‘yicha va biror alohida olingan mamlakat miqyosida turizmning rivojlanishi bir qator omillar bilan shartlashtiriladi. Turizmning rivojlanish omillari deganda obyektiv ta’sir etuvchi hamda ta’sir etuvchi turli qonunlar natijasida yuzaga keluvchi turizmni rivojlantirish sharoitlari tushuniladi. Turizmni rivojlantirish omillarini kо‘chmas va dinamik turlarga ajratishadi. Kо‘chmas omillarga tabiiy-geografik va tarixiy-madaniy omillarning yig‘indisi kiritiladi. Ular о‘zgarmas va doimiy ahamiyatga ega bо‘lishadi. Inson faqatgina ularga yetishishni osonlashtirgan holda ularni turistik ehtiyojlarga moslashtira oladi. Dinamik omillar ikkinchi, yanada yirikroh guruhga kiritiladi. Ular vaqt va makon bо‘yicha о‘zgarib turuvchi ahamiyat-bahoga ega bо‘lishadi. Ularning qatorasiga ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy-texnik, siyosiy, madaniy va boshqa omillar kirishadi. Turizmning rivojlanishiga ta’sir etish tavsifiga binoan barcha omillar uch guruhga bо‘linadi: ekstensiv (miqdoriy), intensiv (sifatiy) va cheklovchi (salbiy) rivojlanish omillari. Hozirgi jamiyatda turizmning rivojlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar asosiy sabab bо‘lib xizmat qiladi. Shularning eng birinchisi ish vaqtining qisqarishi bо‘ldi. Jamiyat mobilligining ortishi, transportning rivojlanib borishi, joylar va ulardagi imkoniyatlar tо‘g‘risidagi axborotlarni olishning osonlashuvi turizmning rivojlanishiga turtki beruvchi eng muhim omillardan biri bо‘lib qoldi. Turizmning rekreatsiya va biznesdagi samarasidan tashqari, uning kommunikatsion ahamiyatiga ham e’tibor berish lozim: gumanitar, madaniyma’rifiy aloqalarni о‘rnatish, dо‘st-qarindoshlar bilan uchrashish, diniy ziyoratchilik va etnik turizmga qiziqish ham ortib bormoqda. Download 213.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling