Turistik destinatsiya


Turistik destinatsiyani boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning xorij tajribasi


Download 96.32 Kb.
bet12/19
Sana02.11.2023
Hajmi96.32 Kb.
#1741077
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
1-Bob.

1.3. Turistik destinatsiyani boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning xorij tajribasi.
Bugungi kunda turizm sohasida destinatsion marketing va menejment eng rivojlanib borayotgan tarmoqlardan biridir. Destinatsion menejmentning qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini bilgan holda, Destinatsion Menejment Tashkilotlari asosan chet mamlakatlarida yaxshi yo’lga qo’yilgan. Xalqaro Destinatsiyalar Tashkilotiga dunyo mamlakatlarining 600 ga yaqin destinatsion menejment tashkilotlari a’zodir. Xalqaro Destinatsion Marketing assotsiatsiyasi(DMAI), Yevropa shaharlari marketinggi(ECM), G’arbiy Destinatsion Menejment Assotsiatsiyasiya(DMA West)lari kabi Destinatsion Menejment tashkilotlari asosan destinatsiyalarni manfaat va mavqeilarini yuksaltirishga asoslangan professional malaka oshirish tashkilotlaridir. Xalqaro Assotsiatsiyalar Konvensiya buyrosida 1914-yil Xalqaro Destinatsiyalar Tashkilotiga asos solingan va u 25 yildan ortiq tarixga egadir. Hozirda ushbu tashkilotga Yevropaning taxminan 108 ta shahri a’zolik qilmoqda. Madridda joylashgan Butunjahon Turizm Tashkiloti esa Menejment&Quality dastur doirasida destinatsion boshqaruvga bag’ishlangan bir qancha konferensiyalar o’tkazgan. Dasturning asosiy maqsadi esa destinatsiyalar sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan edi. Dasturning yana bir majburiyati mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi turizmni rivojlantirishda raqobatbardoshlikni va integratsiyalashgan sifat istiqbolini ta’minlovchi samarali takomillashtirilgan strategik ko’rsatmalar berishdan iborat edi.
O’zbekistonda ham turizm sohasida samarali boshqaruvni yo’lga qo’yish maqsadida, avval bu sohada yuqori tajriba va malakaga ega bo’lgan mamlakatlar tajribalarini o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.
AQSH tajribasi.
AQSh mintaqasining geografik jihatdan ustunlik tomoni shundaki, u uchta okeanga chiqa oladigan hududdir. Bu esa unga ham iqtisodiy ham turistik jihatdan katta yutuqlarga erishish imkonini beradi. Mintaqa turizm sohasida ancha yutuqlarga erishgan. AQSh turizmi dunyoning ko’pchilik sayyohlarini o’ziga tortuvchi ham madaniy ham tarixiy va zamonaviy turistik ob’ektlarga egadir. 2019-yil davomida AQSh ga 79,4 million sayyoh tashrif buyurgan. Ammo pandemiya ushbu mintaqa turizmiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. 2020-yil ko’rsatkichlariga binoan ushbu mintaqaga 19,2 million sayyoh tashrif buyurgan. 2021-yilda esa ushbu ko’rsatkich 22,1 millionga yetdi. 2019-yilda turistlar mamlakatda 239,4 milliard dollar sarflagan bo’lsa,bu ko’rsatkich 2020-yilda 81 milliard dollarni tashkil etgan. Endilikda AQSh pandemiyadan keyin yana turizmni qayta tiklash maqsadida mamlakat doirasida turizmni rivojlantirishga asoslangan strategik faoliyat olib bormoqda. AQSh da “Sayohat va turizm milliy strategiyasi” 2027-yilga kelib yiliga 90 million xalqaro sayyohlarni jalb etishga qaratilgan. Turizmdan yillik tushum 279 milliard dollarni tashkil etishi ko’zlanmoqda. Albatta, AQSh turizmidagi bu ko’rsatkichlar mamlakatda keng yo’lga qo’yilgan turistik faoliyat natijasidir. AQSh Yevropa mamlakatlari ichida Destinatsion menejment tashkilotlarini yo’lga qo’yish bo’yicha eng birinchi o’rinda turadi. AQSH da destinatsiyalarni tashkil etish va boshqarishda “Korporativ-aloqa” modelidan keng foydalaniladi(1.3.1-jadval):

Download 96.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling