Turistik faoliyatdagi xavf-xatarlar va ularni bartaraf qilishning chora-tadbirlari Reja


Download 35.86 Kb.
bet6/6
Sana04.01.2023
Hajmi35.86 Kb.
#1077090
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kursh ishim 2022

Ikkinchidan, jahon turizmining rivojlanayotganligida xalqaro tashkilotlar:
xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ),
BMT ning fan va madaniyat,ma’orif tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro fuqaro
aviatsiyasi (MKAO), atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi (YUNEP), xalqaro jinoiy
qidiruv politsiyasi (INTERPOL) va xalqaro iqtisodiyot hamkorlik va rivojlantirish
tashkilotlari BTT bilan mustahkam aloqada bo‘ldilar, yordam berdilar.
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 10 ta tamoyilni qabul qildi va dunyo
mamalakatlariga tarqatdi. Deklaratsiya jahonda turizmning rivojlanishida turizm
xavfsizligi xalqaro miqiyosda va milliy davlatlar miqiyosida ta’minlanishi shartli-
gini ta’kidladi. Bunga erishish uchun quyidagilani amalga oshirishni tavsiya qiladi:
- turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va
turizmda joriy qilish;
- jamoatchilikka aniq axborotlarni yetkazish va tarqatish;

  • turistlarning xavfsizligini o‘rganuvchi va ta’minlovchi, ayniqsa ekstremal

vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq qiluvchi institutsional markazlar
tashkil qilish;
- turistlarning xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, qit’alararo hamkorlikni tashkil qilish va harakatlantirish.
Gaaga deklaratsiyasining turistlarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha tavsiyalari:
• turistlarni hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavfsizligini himoya
qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir. Shuning uchun ham:
a. turistlarning qadr-qimmati, hayoti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari ular
harakatlanadigan barcha turistlik ob’ektlarda, safarda, sayohatda, mehmonxona-
larda ishlab chiqilgan va bartaraf etilgan bo‘lishi;
b. turistlik ob’ektlarga va turistlar hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar
haqidagi barcha axborotlar, ma’lumotlarni turistlarga o‘z vaqtida yetkazishini
ta’minlash;
d. har bir davlatda turistlarning erkin harakat qilish, xavfsizligini ta’minlashning
huquqiy me’yorlari ishlab chiqilishi va qabul qilishishga erishish, har bir davlatda
turistlarning huquqni himoya qilish organlariga o‘z vaqtida murojaat qilishi,
o‘zining haq-huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarining yaratilishiga erishish;
e. turistlarni himoya qilish, hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi huquqiy me’yor-
larni ishlab chiqish, xavfga qarshi chora-tadbirlar tizimini yaratishda har bir dav-
latlarning BTT bilan o‘zaro hamkorlik qilishni ta’minlash.
Gaaga deklaratsiyasida qabul qilingan yana bir muhim hujjat shundan iborat
bo‘ldiki, terrorizm turizm va turistlik harakatlanishning rivojiga real xavf deb tan
olindi. Jahondagi davlatlarga terroristlarga har xil siyosiy sabablarni ro‘kach qilib
boshpana berish hollari jahon miqiyosida qoralanishi e’tirof etildi.
Xalqaro turizm xavfsizligi va turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashda
BTT ning 2001 yil 30 sentyabr – 1 oktyabrda Yaponiyada (Ming yillikning Osaka
deklaratsiyasi) o‘tkazilgan konferensiyasi, MDH davlatlarining “Turizm sohasida
hamkorlik” – Ashgabat 23 dekabr 1993-yil, 29 oktyabr 1994 yil, 4 noyabr 1994 yil
Osaka deklaratsiyasi, Turistlik faoliyatni tashkil qilish Yevropa Kengashi, 2 noyabr
1981 yil Nepaldagi Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsiatsiyasi muhim qarorlar
qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib dunyo mamalakatlariga tarqatdi. Shuningdek,
“Afina konvensiyasi” turistlarning yuklarini tashishdagi xalqaro huquq me’yor-
larini ishlab chiqdi. Turagentliklar assotsiatsiyasining Butunjahon federatsiyasi
(UFTAA) va Butunjahon mehmonxonalar assotsiatsiyasi (MGA) mehmonxona-
larda turistlarni joylashtirish, ularning faol harakatlarini tashkil qilish, sog‘lig‘i va
hayoti xavfsizligini ta’minlashning xalqaro huquqiy mezonlarini ishlab chiqdilar
va bu haqda BTT ga a’zo bo‘lgan davlatlar o‘z milliy turizm siyosatiga mos
bo‘lgan huquqiy me’yorlarni qabul qilishini tavsiya qildi. Qayd qilish lozimki,
BTT 1994 yilda o‘z boshqaruvi tarkibida “Turistlik xizmatlar sifati” bo‘yicha
komitet tashkil qildi. Bu komitet xalqaro turizmda sayyohlarning havfsizligi masalalariga ham javob beradi. Xuddi shu yili BTT dunyoning 73 mamlakatlarida
“Sayyohlarni (turistlarni), turistlik ob’ektlarni himoya qilish va xavfsizligi” mavzu-
sida xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishning tashabbusi bilan 1995 yilning yozida Shvesiya davlatining Esterund shahrida “Sayohat davrida xavflarni kamaytirish va turizm xavfsizligini ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.
Turizm mamalakatlarining 21% ida maxsus turizm politsiyasi tashkil qilin-
gan bo‘lib, bu politsiya faqat turizm faoliyati bilan shug‘ullanadi. Turizm politsiyasi zimmasiga turizm resurslarini va atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikga qarshi kurashish, mahalliy etnik guruhlarni himoya qilish vazifalari ham yuklatilgan. Xalqaro turizm amaliyotidan ma’lum bo‘ladiki, ko‘pgina davlatlarning turizm boshqaruvi turistlarining dunyo davlatlariga, mintaqalariga borishi yoki bormasliklari, xavfsizlikning holati, darajalari, ushbu davlatlarda turizm siyosati va himoya turizmi haqida aniq tavsiyalar ishlabchiqadi va o‘z ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda tavsiyalar berib boradi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2019-yilning 6-martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra turistik salohiyati yuqori bo‘lgan Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrining ichki ishlar organlari tarkibida ham xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil qilindi, – deydi Ichki ishlar vazirligi xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori, polkovnik Sarvarbek Usmonov.
Shuningdek, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun barcha boshqarmalar zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlandi. Jumladan, alohida belgilari bilan ajralib turuvchi avtobus, yengil xizmat avtomashinalari, motosikl, skuter, segvey hamda planshetlar bilan ta’minlangan.2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonini ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining samaradorligini oshirish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uning rolini kuchaytirish, kirish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 107 nafar bo‘lgan markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va Turizmni rivojlantirish departamentlarining namunaviy tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, xodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida qo‘mita markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati xodimlarining soni bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi, jumladan:
birinchi bosqich — 2018-yil 10-fevraldan Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining soni 79 nafargacha;
ikkinchi bosqich — 2019-yil 1-yanvardan Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining soni 107 nafargacha yetkaziladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri Turizmni rivojlantirish departamentlari, shuningdek, Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasarrufida bo‘ladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2016-yil 2-dekabrdagi PQ–2666-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.3
Turizm sohasi ancha keng tarqalgan va statistik ko'rsatkichlarga ko'ra, ko'rsatilayotgan xizmatlar hajmi bo'yicha iqtisodiyotda birinchi o'rinlardan birini egallaydi. Turistik tadbirlar mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qo'shadi, yangi ish o'rinlari yaratilishiga va aholining ish bilan ta'minlanishiga hissa qo'shadi, davlat byudjetiga qo'shimcha mablag'lar, shu jumladan chet el valyutasini jalb qilish, tashqi savdoni faollashtirishga yordam beradi. Sug'urta iqtisodiy munosabatlarning eng muhim elementi va zararni qoplashning samarali usuli hisoblanadi. Ushbu muammoni o'rganish turizm axloqi nuqtai nazaridan muhimdir. Mamlakatimizda tashqi turizm ko'proq rivojlangan, demak, turistik operatsiyalarni amalga oshirishda bir nechta davlat manfaatlari ta'sirlanadi. Sayohatni sug'urtalash ob'ektlarining tashqi iqtisodiy tabiati sayyohlar va turistik kompaniyalarning mulkiy manfaatlari joylashuvida namoyon bo'ladi. Sug'urtalanmaydigan manfaatning mavjud bo'lishining eng muhim sharti shundaki, u o'z-o'zidan mavjud emas, balki ma'lum bir shaxs bilan bog'liqdir, turistlarning chet el safarlari paytida mulkiy manfaatlari doimiy yashash joyida emas, balki vaqtincha bo'lgan mamlakatda bo'lishi aniq.
Yaqinda ko'rib chiqilayotgan muammoning dolzarbligi juda muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki turizm sohasidagi sug'urtaga bo'lgan ehtiyoj moliyaviy kafolatlar berishning xalqaro standartlari bilan ham belgilanadi, bu esa o'z navbatida sayyohlik agentliklarining o'zlari, xususan, sayyohlik tashkilotlarining fuqarolik javobgarligini sug'urtalashning rivojlanishiga yordam beradi. Tezisning maqsadi "ROSNO" sug'urta kompaniyasi misolida turizmdagi sug'urta bozorini tahlil qilish, turistik xatarlarni sug'urtalashni tashkil etishdagi zaif tomonlarni aniqlash va Rossiya kompaniyalarida ushbu xizmat turini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar yaratishdir. Bundan tashqari, ushbu tadqiqot, ya'ni sayohatni sug'urtalash, sug'urta va turizmni alohida faoliyat yo'nalishlari sifatida rivojlantirishga qaratilgan. Sug'urta munosabatlarining normal rivojlanishi bilan sayohat qilayotgan fuqarolar sonining ko'payishi, tuzilgan sug'urta shartnomalari sonining ko'payishiga va shunga mos ravishda sayohat sug'urtasi uchun yig'ilgan sug'urta mukofotlari miqdorining va umuman sug'urta bozori hajmining oshishiga olib keladi. Sug'urta mahsulotlarining sifat komponentining o'zgarishi sug'urtachilarga sug'urta shartnomalari bo'yicha o'z majburiyatlarini tegishli darajada bajarishga, turistik tashkilotlarga esa o'z navbatida yuqori sifatli turistik mahsulotni sotib olishga intilayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta'minlashga imkon beradi. Bunday o'zaro ta'sir va hamkorlik sohalarining kengayishi iqtisodiyotning ushbu tarmoqlarini rivojlanishiga hissa qo'shadi.4



1 2017 yil 23-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “ Turistlar xavfsizligini ta’minlashning qarori”

2 2019-yilning 6-martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Toshkent sh. 2018-yil 6-fevral, PQ-3510-son qarori.

4 Bogdanov I.K. 2014 yilda Rossiya sug'urta bozorining rivojlanish natijalari. Ekspert RA 12.03.08, 3-bet.

Download 35.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling