Turistik firmalar va biznes reja loyihalari


Turizmning oʻziga xos xususiyatlari


Download 404.5 Kb.
bet6/17
Sana07.04.2023
Hajmi404.5 Kb.
#1339657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Turistik firmalar va biznes reja loyihalari

Turizmning oʻziga xos xususiyatlari







Odamlarning qisqa muddatga bir joydan ikkinchi joyga harakati




Doimiy yashash joyidan boshqa joyga borishi (ishdan tashqari)




Turizmga boʻsh vaqtida dam olish usuli sifatida qaralishi




Turizmga xos davlat tomonidan beriladigan imtiyozlardan bahramand boʻlishlik




Iqtisodiyotning tarki-biy qismi sifatida turislar qabul qiluvchi mamlakatga daromad, valyuta tushumi taʼminlanadi, ish bilan bandlik amalga oshiriladi









2 – chizma. Turizmning oʻziga xos xususiyatlari


Turizmning turlari


Turizm asosan toʻrtta belgilari boʻyicha tasniflanadi. Bularga:

  • turizmni tashkil etish boʻyicha;

  • xizmat koʻrsatishi boʻyicha;

  • maqsadi boʻyicha;

  • foydaliligi boʻyicha kabi belgilar kiradi.

Turizmni tashkil etilishi boʻyicha tasniflansa u ikki guruhga boʻlinadi: rejali tashkil qilingan, rejasiz oʻzboshimcha harakat qiladigan.
Rejali tashkil qilingan turizmga davlat tomonidan qonunlar yoki boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida tartibga solinadigan odamlarning harakati tushuniladi. Bu faoliyatni davlat va nodavlat turistik tashkilotlari, turli firma va kompaniyalar amalga oshirishi mumkin. Oʻzbekistondagi turizmning asosiy qismi rejali tashkil qilingan turizmga kiradi.
Rejasiz oʻzboshimcha harakat qilingan turizmga oʻz ixtiyori bilan mustaqil tashkil qilingan odamlarning harakat turi kiradi. Bu asosan koʻngilli turistik jamiyatlar, ittifoqlar va jismoniy shaxslar tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
Turizmning ushbu turi orqali togʻu-toshlarga sayohat, turistik yurish, musobaqalar uyushtirish, boshqa hudud va mamlakatlarni koʻrib tomosha qilib kelish uchun borish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi. Bu jarayon ham turli turistik birlashmalarning mamlakat qonunlariga va xalqaro meʼyorlarga zid boʻlmagan ichki nizom va boshqa tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda turizmni tashkil qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tegishli ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlishlari lozim. Bu masala “Oʻzbekturizm” tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi va shu tashkilot muvofiqlashtirib beradi.
Turizm xizmat koʻrsatishi boʻyicha uch guruhga boʻlinadi: ichki turizm, milliy turizm va xalqaro turizm.
Ichki turizm bir mamlakat ichida odamlarning bir hududdan ikkinchi hududga dam olish, davolanish, sport bilan shugʻullanish, atrof-muhitni oʻrganish kabi maqsadlarda qisqa muddatli harakatidir.
Ichki turizm bir mamlakat ichida boʻlganligi tufayli u umumiy iqtisodiyotga taʼsiri kam boʻladi. Ammo bir hudud hisobidan ikkinchi, turistlarni qabul qiluvchi hudud iqtisodiy samara, manfaat olishi mumkin.
Milliy turizm ham turistik faoliyat majmuasi boʻlib, u ichki turizm va tashqi mamlakatlardan kelgan turistlarga xizmat koʻrsatish sohasini toʻliq qamrab oladi. Oʻzbekistonda milliy turizm davlat va nodavlat tashkilotlaridan tarkib topgan boʻlib, uni “Oʻzbekturizm” tashkiloti muvofiqlashtirib turadi.
Xalqaro turizm eng nufuzli turistik harakat boʻlib, bir mamlakatga boshqa mamlakatdan kelgan turistlarni qabul qilish va boshqa mamlakatlarga turistik xizmat koʻrsatishdir. Juda koʻp mamlakatlarda xalqaro turizm iqtisodiyotning muhim sohasi sifatida katta foyda keltiruvchi faoliyat hisoblanadi. Bu holatdan kelib chiqiladigan boʻlsa, Oʻzbekiston ham juda katta turistik salohiyatga ega ekanligini inobatga olish va uni yirik foyda keltiradigan soha deb qarash lozim.
Turizm maqsadi boʻyicha quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • salomatlikni tiklash;

  • dam olish;

  • sport musobaqalariga qatnashish yoki sport mashgʻulotlarini oʻtkazish;

  • ilmiy va maʼrifiy ekspeditsiya;

  • atrof-muhitni, diqqatga sazovar turistik obyektlarni oʻrganish;

  • ziyorat qilish kabilar.

Turizmning ushbu tushunchalari va turlariga izohning hojati yoʻq, deb oʻylaymiz.
Turizm foydaliligi boʻyicha ikki guruhga boʻlinadi: iqtisodiy samarali turizm va ijtimoiy samara beradigan turizm.
Iqtisodiy samarali turizmga shunday turizm kiradiki, u turistlarni qabul qiluvchi mamlakat boʻlib, ularga xizmat qilish orqali ularning daromadlarini taʼminlaydi. Aynan turizmning shu jihati uning iqtisodiy soha ekanligidan, foyda keltiruvchi faoliyatligidan dalolat beradi. Qaysi hudud yoki mamlakatda turistik obyektlar mavjud boʻlsa oʻshalar uning turistik salohiyatini belgilaydi. Turizmdan foyda qilaman degan davlat, kompaniya yoki shaxslar aynan ana shu salohiyatdan samarali foydalanish choralarini koʻrishi lozim.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston, ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari misilsiz turistik imkoniyatlarga ega. Agar ushbu sohani tez rivojlantirilsa aholining koʻp qismi ishga joylashadi, daromadi oshadi. Shu tufayli turizm industriyasini rivojlantirish Oʻzbekistonda eng ustuvor sohalardan biriga aylanmogʻi lozim.
Ijtimoiy samara beradigan turizm ham boshqa mamlakatlar singari Oʻzbekistonda ham rivojlangan. Bu soha bevosita aholining ijtimoiy sohaga muhtoj qatlamini, yaʼni maktab oʻquvchilarini, pensionerlarni, talaba-yoshlarni, nogironlarni, keksa nuroniylarni, urush va mehnat faxriylari kabi aholining shunday toifasini sayohat qildirish tushuniladi. Eng muhimi ushbu sohaga qoʻyilgan investitsiya foyda olish uchun emas, balki ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan boʻladi. Bu maqsad uchun mablagʻ davlat byudjeti, davlat tashkilotlari va turli nodavlat jamgʻarmalar va shaxslar (jismoniy, yuridik) ajratmalari hisobidan shakllanadi.
Ushbu guruhlarning tasnifi quyidagi chizmada oʻz aksini topgan (3-chizma).

Turizmning turli belgilari boʻyicha T A S N I F I


Turizmni tashkil etish boʻyicha




Rejali tashkil qilingan










Rejasiz oʻzboshimcha harakat qilingan












Xizmat koʻrsatishi boʻyicha




Ichki turizm










Milliy turizm










Xalqaro turizm












Maqsadi boʻyicha




Salomatlikni tiklash










Dam olish










Sport musobaqalariga qatnashish yoki sport mashgʻulotlarini oʻtkazish










Atrof-muhitni, diqqatga sazovar turistik obyektlarni oʻrganish










Ekspeditsiya










Ziyorat qilish kabilar










Foydaliligi boʻyicha




Iqtisodiy samarali turizm










Ijtimoiy samara beradigan turizm




Download 404.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling