2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanning maqsadi - Talabalarga turizm va mehmonxona xo‘jaligida boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha talabalarda ko‘nikma hosil qilish va ulardan turizm va mehmondo‘stlik sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifalari - «Mehmonxona xo‘jaligi menejmenti» fanining maqsadi va vazifalarini bilish, talabalarga turizm va mehmonxona xo‘jaligi tashkilotlarini boshqarishning asosiy tushunchalari va mohiyatini, boshqaruv qonunlari va tamoyillarini o‘rgatish, turistik firmalar va mehmonxonalarni boshqarishning taraqqiyot yo‘li, tajribasi, tahlili, hozirgi kundagi muammolarini, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish hamda, turizm rivojlanishini boshqarishning mohiyatini ochib berish; talabalarga turistik firma va bevosita turistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar, mehmonxonalarni zamon talabi darajasida boshqarishning nazariy asoslarini o‘rgatish; turfirmani boshqarishdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida yechimini topish va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yo‘llarini o‘rganish; dunyodagi global o‘zgarishlar sharoitida turistik firmalar va mehmonxona xo‘jaliklarini boshqarish imkoniyatlarini aniqlash, O’zbekiston va jahon turizmida boshqaruvning siyosiy-iqtisodiy ildizlarini o‘rgatishdan iboratdir.
|