II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I.Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. «Mehmonxona xo‘jaligi menejmenti» fanining maqsadi va vazifalari
“Mehmonxona xo‘jaligi menejmenti” fanining maqsadi va vazifalari. Turizm hodisa sifatida. Turizm tushunchasining ta’rifi. Turizmning ahamiyati. Turizm rivojlanishidagi to‘siqlar. Rivojlanish yo‘nalishlari. Turizmning asosiy tashkil etuvchilari.
2-mavzu. Mehmonxona xo’jaligining paydo bo’lish tarixi
Qadimgi YUnonistonda miloddan avvalgi I ming yillikda tavernalar ijtimoiy va diniy hayotning muhim unsuri hisoblangan. Tavernalarda sayohatchilarni joylashtirish uchun xonalar mavjudligiga qaramay, ular asosan ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Vaholanki, savdo-sotiqning rivojlanishi va shu bilan bog‘liq uzoq muddatli safarlar nafaqat ovqatlanish, balki tunash joylarini tashkil qilishni ham taqozo etar edi. SHu holat mehmonxona korxonalarining boshqa turi – karvonsaroylar paydo bo‘lishini belgilab berdi. Karvonsaroylarning eng rivojlangan tarmog‘i Rim imperiyasi hududida tashkil etilgan edi. Qadimgi Rim karvonsaroylari asosiy yo‘llar yoqasidagi shaharlar va qishloqlarda, bir-biridan taxminan 25 mil (40,225 km.) oraliqda joylashgan edi.
3-mavzu. Turizm taraqqiyoti va salohiyati
Qadimgi turizm: Messopotamiya, Misr va Inda vodiysi(Indus valley)da turizmning paydo bo‘lishi. Qadimgi Yunoniston va Rimda sayyohatlar, O’rta asrlarda sayyohatlar. Turizmning tashkillashgan shakllarining paydo bo‘lishi: Buyuk sayyohat, dengiz sayyohatlari, Tomas Kukning sayyohatlari. Zamonaviy turizm. Turizm sanoatining paydo bo‘lishi va yuksalishi. Turizm taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan omillar: iqtisodiy omillar, ijtimoiy omillar, demografik omillar, texnologik omillar, siyosiy omillar. Turizm taraqqiyotining kelajakdagi holati.
4- mavzu. Turistik hududlar
Global miqyosda ahamiyatga ega bo‘lgan turistik hududlar. Turizm marketingining o‘sishi va rivojlanishi. Turistik hududning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar. Turistik bozorlarga geografik yondoshuv. Bozorga kirish va bozor qulayliklari. Jozibadorlikka erishish. Madaniy aloqalar. Xizmat ko‘rsatishning qulayliklari. Iqtisodiy samara. Tinchlik, mo‘tadillik va xavfsizlik. Ijobiy bozor ko‘rinishi. Turizm sohasidagi siyosat. Hududiy manzillar xususiyatlari: Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika, O’rta Sharq, Avstraliya. Mahalliy manzillar turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |