Turistik resurssghunoslik va turistik ekskursion loyihalashtirish


-modda. Budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi


Download 1.56 Mb.
bet8/104
Sana26.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1126673
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Bog'liq
2 лекция

12-modda. Budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
Turizm sohasining rivojlanishini moliyaviy jihatdan qo‘shimcha ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi:
Oldingi tahrirga qarang.
turistik yig‘imlardan tushgan tushumlar, xalqaro moliya institutlarining, xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari, Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar hamda qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
(12-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mablag‘larni turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlashga, turistik bozorlarda O‘zbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini targ‘ib qilish uchun yo‘naltiradi.
13-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm sohasi tadbirlaridagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida:
turizm sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
madaniy meros obyektlarini targ‘ib qilishda, turizm salohiyatini saqlash va rivojlantirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
turizm to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
turizm to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
(13-moddaning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilariO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
turizm sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling