Turistik talabni baholash xususiyatlari


Download 6.88 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.88 Kb.
#1828470
Bog'liq
Turistik talabni baholash xususiyatlari

Turistik talabni baholash xususiyatlari

BuxDU katta o’qituvchisi Maxmudova N.O’.

Turizmda talabni baholash quyidagi omillarga bog’liq:

Turizmda talabni baholash quyidagi omillarga bog’liq:

  • Baholovchi sub’yekt

Baholovchi sub’ekt
geograflar
iqtisodchilar
psixologlar
Iqtisodiy qarash iste’molchining ma’lum vaqt mobaynida ma’lum narx va miqdorda sotib olish istagi va imkoniya
tini ifodalaydi
Psixologik yondashuv esa turistni ichki dunyosi, tevarak-atrof turizmga talab bilan bog’liqligini izohlaydi.
Geografik izoh esa nafaqat turistlarni, balki sayohat qilish hohishi bo’lganlarni ham qamrab oladi
Turistik talab
Aniq talab
“Mavjud bo`lmagan” talab
Yashirin talab
  • Aniq talab-amaldagi sayohatchilar ko’rsatkichi ifodalanadi. Uning statistikasini yuritish hech qanday qiyinchilikni tug’dirmaydi.
  • Yashirin talab – ma’lum sabablar (xarid qobiliyati pastligi, ishdan bo’sh vaqtning kamligi, noqulay ob-havo, siyosiy beqarorlik…) bilan sayohatni amalga oshirmayotganlar, lekin istagi mavjud;
  • Talabning “mavjud emasligi”- sayohat qilishni yoqtirmaydiganlar guruhi.

Bugungi kunda turistik talab uch asosiy elementni o’z ichiga olgan:

Yangi tur mahsulotning yaratilishi (diqqatga sazovor joylar, mehmonxona yoki rekreasion hududlarning shakllanishi ) quyidagilarga ta’sir qiladi:

Yangi tur mahsulotning yaratilishi (diqqatga sazovor joylar, mehmonxona yoki rekreasion hududlarning shakllanishi ) quyidagilarga ta’sir qiladi:

  • maskur hududda talab oqimining o’zgarishi;
  • talab almashinuvi;
  • yangi talabning shakllanishi.

Har bir davlat yoki hududda talab samaradorligining eng asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib sayohat qilishga moyillik hisoblanadi:

Har bir davlat yoki hududda talab samaradorligining eng asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib sayohat qilishga moyillik hisoblanadi:

  • Sayohatga sof (netto) moyillik
  • Sayohatga umumiy moyillik
  • Sayohatga sof (netto) moyillik – ma’lum bir vaqt ichida hech bo’lmaganda 1 marotaba sayohat amalga oshiradigan aholi foizi. Sof moyillik hech qachon 100% ga teng maydi, 70-80% ko’rsatkichi esa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun maksimal hisoblanadi.
  • Sayohatga umumiy moyillik – umumiy turistik sayohatlar miqdorining umumiy aholi soniga nisbati. Bu yerda turist tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi, uchinchi sayohatlar roli oshadi. Sayohatga umumiy moyillik 100% dan oshishi mumkin hamda ko’pincha katta hajmdagi turizm ishtirokchilari 1 tadan ortiq sayohat amalga oshiradigan ayrim Janubiy Yevropa mamlakatlarida 200% ga yetadi.

Masalan, O’zbekistonda 2013-yilda 600 mingga yaqin turist tashrif buyurgan hamda 500 mingga yaqin mahalliy aholi sayohat qilgan. Demak O’zbekistonda jami ichki turizm hajmi 1 100 ming kishini tashkil etadi. Shu jumladan:
Umumiy aholi: 30 183 400 kishi

750 ming aholi – 1 ta sayohat 1 va undan ortiq tunga

750 000*1=750 000 ta

300 ming aholi – 2 ta sayohat 1 va undan ortiq tunga

300 ming aholi – 2 ta sayohat 1 va undan ortiq tunga

50 ming aholi – 3 ta sayohat 1 va undan ortiq tunga

50 000*3=150 000 ta

1,1 mln hech bo’lmaganda 1 ta sayohat

1 500 ming ta sayohat

Sayohatga sof (netto moyillik) = (Hech bo’lmaganda 1 marotaba sayohat qiladigan aholi soni / Aholining umumiy soni) x 100 % = (1,1/30183,4) x 100 % = 3,6 %
Sayohatga umimiy moyillik = (Umumiy sayohatlar soni / Aholining umimiy soni) x 100% = (1,5 / 30183,4) x 100 % = 4,9 %
Sayohat chastotasi = Sayohatga umumiy moyillik / Sayohatga sof moyillik = 4,9 % / 3,6 % = 1,36
Mamlakatning turistik sayohatlarni yarata olishining potensial indeksi (MSYPI) ni quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
Bu yerda, Ne – mamlakatda amalga oshirilgan turistik sayohatlar soni, Nw – jahonda sodir bo’lgan turistik sayohatlar soni, Pe mamlakat aholisi soni, Pw – jahon aholisi soni.
Indeks qiymati 1 ga teng bo’lsa, mamlakat sayohat yarata olishning o’rtacha imkoniyatiga ega ekanligini ko’rsatadi, 1 dan yuqori bo’lsa o’rtachadan yuqoriroq, 1 dan past bo’lsa o’rtachadan past imkoniyatga ega ekanligini bildiradi.
O`zbekiston misolida (2013 – yil holati):
mamlakatda turistik talabni oshiradigan kerakli chora-tadbirlar o’tqazish maqsadga muvofiq
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 6.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling