Turizm biznesida xavfsizlik va uning yo’nalishlari mundarija kirish i-bob. Globallashuv sharoitida turizm tizimini rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy-ilmiy asoslari


Turizmga, sayyohlarga asosiy xavf va xatarlar


Download 69.89 Kb.
bet3/9
Sana08.06.2023
Hajmi69.89 Kb.
#1462979
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ruzmetova Shoira

1.2 Turizmga, sayyohlarga asosiy xavf va xatarlar
Turizm va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha barcha tadbirlar mazmunini belgilab beruvchi asosiy toifalari xavfsizlik tahdidlari va xavf-xatar manbalari hisoblanadi. Xavf-xatar muammosini aniqlash va yuzaga kelishini oldini olish turizmning asosiy muammolaridan biri bo’lib, uni hal qilish faqat sayyohlar bilan sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalarni tahlil qilishimiz orqali amalga oshiriladi.
Turistlar duch kelishi mumkin bo’lgan asosiy xavflar terrorchilik tahdidi, banditizmning yuqori darajasi, yo’llardagi xavf-xatarlar, yuqumli parazitlar va virusli kasalliklardir. Bundan tashqari, sayyohlarga urush bo’layotgan yoki qurolli harakatlar mavjud bo’lgan davlatlarga sayohat qilish umman tavsiya qilinmaydi. Ushbu roʻyxatga Suriya, Afgʻoniston, Iroq, Somali, Butan, Sharqiy Timor, Gaiti, Liviya, Yaman, Tombuktu (Mali), Sudan, Kolumbiya davlatlari kiradi.
Bundan tashqari, turizm sohasi rivojlanishiga xalqaro kelishmovchiliklar, harbiy xatti-harakatlar, xalqaro jinoyatchilik, terrorizm voqea va hodisalari sayyohlar oqimiga nafaqat to’sqinlik qiladi, balki uning rivojiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bu to’g’risida har bir mamlakatning tashqi ishlar vazirligi o’zlarining fuqarolari sayohatga boradigan mamlakatidagi noxush voqea va hodisalar to’g’risida xabardor qilib borishi lozim. Sayyohlar sayohatga boradigan mamlakatidagi mehmonxonalar, ovqatlanish korxonlarining sanitariya-gigiyenik holati, shu jumladan, ichimlik suvining tozaligi to’g’risidagi ma’lumotlar, yuqumli infeksion kasalliklar kelib chiqishi xavf-xatarlar haqida oldindan xabardor bo’lishi kerak.
Turizm sohasi rivojlanishi bilan sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash borgan sari muhim va zarur masala bo’lib qolmoqda. Hozirda turizm tizimida sayyohlarni jo’natuvchi va qabul qilib oluvchi har bir mamalakatda ularning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari olib borilmoqda. Shuningdek, turizm sohasidagi xavf-xatarlar to’g’risida ba’zi olimlar xavfning kuchayib borish manbalarini ma’lum toifalarga ajratadilar:
1) odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, texnologik jarayonlar, energiya va boshqa texnik jihozlar;
2) tabiatning elementar kuchlari - odamlarning irodasi va ongidan mustaqil ravishda yuzaga keladigan yong’inlar, zilzilalar, bo’ronlar va boshqa hodisalar;
3) litsenziyalash deb ataladigan tizimga kiruvchi moddalar va ob’ektlar - qurollar, o’q-dorilar, zaharli, portlovchi va radioaktiv moddalar;
4) shaxslarning inson hayoti va sog’lig’iga, moddiy va ma’naviy qadriyatlariga haqiqiy xavf tug’diradigan, qurol ishlatish va nosoz transport vositalarini ishlatish kabi harakatlarga bo’linadi.13
Olimlarning fikricha, sayyohlarni kutayotgan xavf-xatar tasodifiy xarakterga ega, ya’ni ular xavfli yuqumli kasalliklar, bo’ronlar, tabiat hodisalari, turli xil gaz hidlari bilan ifloslanish va boshqa xavflar. Ushbu xavflar deyarli hamma davlatlarda uchraydi.
Turizmdagi barcha xavf-xatarning turlarini tabiat hodisasi va sayyohlarning ta’siri orqali tasniflashimiz mumkin. Ushbu tasniflash jarayonida xavflar ikki turga bo’linadi:

  • Subyektiv xavf-xatarlar- bu insonlarning noto’g’ri harakatidan kelib chiqadi.

  • Obyektiv xavf-xatarlar- tabiat hodisalari tufayli yuzaga keladi.


Xavflarning turlari



Subyektiv

Obyektiv




  • turistlarning imkoniyatlarini qayta baholash;

  • marshrutning qiyinchiliklarini yetarlicha baholamaslik va noqulay jihozlar;

  • sug'urta qilishga beparvolik;

  • epidemiologik xavf;

  • favqulodda texnogen vaziyatlar xavfi;

  • jinoyat va terrorizm.



  • Seysmik(zilzila zararlari) xavf;

  • qor ko'chkisi va sel oqimi, tosh tushishi xavfi;

  • yovvoyi hayvonlarning hujumi va hasharotlar chaqishi xavfi;

  • xavfli meteorologik hodisalar va boshqalar.



Download 69.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling