Turizm biznesida xavfsizlik va uning yo’nalishlari mundarija kirish i-bob. Globallashuv sharoitida turizm tizimini rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy-ilmiy asoslari
-rasm. Turizmda xavf-xatarlarning turlari14
Download 69.89 Kb.
|
Ruzmetova Shoira
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.1-jadval Turizm turlarida uchraydigan xavf-xatarlar 15
1.2.1-rasm. Turizmda xavf-xatarlarning turlari14
Bugungi kunda zamonaviy turizm ko’p qirrali hodisa bo’lib, o’zida bir qator turistik xizmatlarni qamrab oladi va ularni bir-biriga bog’laydi. Masalan, sayyohlarni ovqatdan zaharlanish holati bitta xizmat ko’rsatish tizimining to’xtashiga olib kelsa bu esa butun turistik kompleksning ishlamay qolishiga olib keladi. Mutaxassislarning aytishicha, turizmda uchraydigan xavf-xatarlarda taxminan 87% sayyohlar yengil jarohatlar bilan jarohatlanadi. Shuningdek nogironlik holati va olim holatlari taxminan 3%ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, turizm turlarida har xil turdagi xavf-xatarlarni 1.2.1-jadvalda ko’rishimiz mumkin. 1.2.1-jadval Turizm turlarida uchraydigan xavf-xatarlar15
Ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki, sayohat davrida baxtsiz hodisalarning katta qismi geografik jihatdan rivojlangan turistik hududlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular sayyohlar tashrifi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shuningdek sayyohlar xavfsizligini ta’minlashda har bir davlat turizm sohasida faoliyat ko’rsatuvchi xodimlardan tortib turistlarga hamrohlik qiluvchi gid xizmati faoliyatlari bilan erishishimiz mumkin. Turistlar duch kelishi mumkin bo’lgan asosiy xavflar terrorchilik tahdidi, banditizmning yuqori darajasi, yo’llardagi xavf-xatarlar, yuqumli parazitlar va virusli kasalliklardir. Bundan tashqari, sayyohlarga urush bo’layotgan yoki qurolli harakatlar mavjud bo’lgan davlatlarga sayohat qilish umman tavsiya qilinmaydi. Bu roʻyxatga Suriya, Afgʻoniston, Iroq, Somali, Butan, Sharqiy Timor, Gaiti, Liviya, Yaman, Timbuktu (Mali), Sudan, Kolumbiya davlatlari kiradi. Shuningdek turizm sohasida olimlar xavfning kuchayishi manbalarini ma’lum toifalarga ajratadilar: 1) odamlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, texnologik jarayonlar, energiya va boshqa texnik jihozlar; 2) tabiatning elementar kuchlari - odamlarning irodasi va ongidan mustaqil ravishda yuzaga keladigan yong’inlar, zilzilalar, bo’ronlar va boshqa hodisalar; 3) litsenziyalash deb ataladigan tizimga kiruvchi moddalar va ob’ektlar - qurollar, o’q-dorilar, zaharli, portlovchi va radioaktiv moddalar; 4) shaxslarning inson hayoti va sog’lig’iga, moddiy va ma’naviy qadriyatlariga haqiqiy xavf tug’diradigan, qurol ishlatish va nosoz transport vositalarini ishlatish kabi harakatlarga bo’linadi.16 Xavfsizlik tahdidlari, shuningdek, xavf manbalari turli belgilar (ularning paydo bo’lish ehtimoli, kelib chiqish joyi, kelib chiqish tabiati, tarqalish ko’lami va boshqalar) asosida tasniflanadi. Shunday qilib, I.A. Andreevskiy turizmga tahdid soladigan uchta katta xavf guruhini ajratib ko’rsatdi: a) fuqarolar, jamiyat va davlat; b) hukumat; v) yakka tartibdagi fuqaro. Fuqarolarga tahdid soluvchi xavf-xatarlar qatorida insonning hayoti, sog’lig’i, erkinligi va mulkiga tahdid soluvchi xavf-xatarlarni, shu jumladan baxtsiz hodisalar va kasalliklar, uy hayvonlar xavfi, jismoniy shaxslarning ehtiyot choralarining yetarli emasligi va boshqalar o’rin egallaydi. Ushbu xavf-xatarlardan tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar zarar ko’rmasligini ichki ishlar organi va turistik firmalar zimmasiga yuklanadi.17 Umumiy xulosa qilib aytganda, turizmga va sayyohlarga xavf soladigan asosiy tahdidlar yuqumli kasalliklar, tabiat hodisalari, yovvoyi hayvonlar hujumi, yuqumli kasallik tarqatuvchi parazitlar, turli xil zararli gaz hidlari va boshqalardir. Bundan tashqari sayyohlar sayohat davrida turizmning turlari bo’yicha ham xavf-xatarlarga duch kelishi mumkin. Bu xavflarga sayyohlarning ehtiyot choralarini ko’rmasligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaligi sabab bo’ladi. Download 69.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling