Yumenguan dovoni - Yanguan va Yumenguan dovonlari bir-biridan 86 km masofada joylashgan va qachonlardir Buyuk Xitoy devori qismlari sifatida Xan sulolasi davrida mashxur bo'lgan. Keyingi yillarda Xo'tandan nefrit olib kelgan karvonlar Yumenguandan o'tgan va u Jade darvoza sifatida mashhur bo'lgan. Uning aniq joylashgan joyi 1907-yilgacha aniq bo'lmagan, tadqiqotchi Aurel Steyn tomonidan bu yerda yog'och plitalar tipib olgan.
Szyutszyan shahri - bahor binosi ma'nosini bildiradi va shahar eski yo'lagining g'arbiy qismida joylashgan. O'zining strategik joylashuvi va tarixiy ahamiyatga egaligi sababli u yerda ko'plab diqqatni tortuvchi joylar Qo'ng'iroq va baraban minora, Szyutszyan bog'i, nefrit piyola ishlab chiqaruvchi Szyutszyan San'at va hunarmandchilik zavodi joylashgan. Afsonaga ko'ra imperator U Di o'sha davrda G'arbiy Xan generaliga Xunlar ustidan qozonilgan g'alaba sharafiga vino jo'natadi. General vinoni Gold Spring ga quyadi va barcha askarlari bilan birga ichishadi. Shunda ushbu shaharning nomi kelib chiqqan.
G'arbiy Xan sulolasi tarixiy rekreatsion bog'i - Szyutszyandan 2 km sharqda va 270000 kv. km maydonga ega bo'lgan klassik bog' manzarasi G'arbiy Xan sulolasi ulug'vorligini ifodalaydi.
Szyutszyan muzeyi - 1978-yilda tashkil etilgan bo'lib, 4138 ta madaniy buyumlar saqlanadi. Buyumlar Min va Sin sulolari tarixigacha bo'lgan davrlar tarixi, siyosati, iqtisodiyoti, fan va texnikasi, qishloq xo'jaligi, chorvachiligi, dini va urf-odatlari, madaniyati va san'atini aks ettiradi.
Nanguan masjidi - tipik arab masjidi Min sulolasi so'nggi yillarida qurilgan, uning asosiy zali 1000 kishini sig'dirishi mumkin. Tomi bitta katta va to'rtta kichik kubbadan iborat.
Si imperiyasi xilxonasi - Elan tog'ining sharqiy tomonida Inchuandan 25 km g'arbda joylashgan bo'lib, 9ta imperiya qabrlari va 253ta kichik qabrlar 1972-yilda topilgan. Xar bir imperiya qabrlari o'ziga xos me'moriy uslubga ega.
Si mavzoleyi - Inchuan shahri atrofida joylashgan bo'lib, shaharning asosiy tarixiy joyi hisoblanadi. U Si sulolasi podshohlik qabristonidan iborat bo'lib, 9ta imperator qabrlari va 40 dan ortiq qullar va xizmatkorlar qabrlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |