Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli


Buyuk Ipak yo’li qayta tiklanishining zamonaviy ko’rinishlari


Download 57.55 Kb.
bet3/14
Sana01.05.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1419124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI

2. Buyuk Ipak yo’li qayta tiklanishining zamonaviy ko’rinishlari

Buyuk Ipak yo'li insoniyat tarixidagi bebaho meros hisoblanadi. Aynan u Yevroosiyo xalqlari taraqqiyoti va tarixiga chuqur va har taraflama ta'sir ko'rsatgan.


Xan imperiyasigacha bo'lgan davrda bir qator islohotlar amalga oshirilgan bo'lib, savdo faoliyati vujudga kelishiga zamin yaratilgan. Ular orasida ma'muriy, harbiy, ijtimoiy va xo'jalik islohotlari o'tkazilgan. Ma'muriy va harbiy islohotlar ma'muriy boshqaruvni samarali amalga oshirish va ichki xavfni pasaytirishga xizmat qilgan.
Imperator Sin Shinxuan (e.a. 221-207 yy.) davlatni birlashtirib yagona pul tizimini vaujudga keltirib, uzunlik, og'irlik, hajm va maydon birliklarini unifikatsiya qilinishiga asos soldi. Bunday choralar davlatni boshqarishda samarali bo'lib, savdoning tezlashishiga sabab bo'lgan. Shu bilan imperator boshqa mintaqalar bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yish uchun yo'llar va transport kanallari qurishga buyruq bergan.
Shuni ta'kidlash lozimki, eramizdan avvalgi 202-yilda dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning tez rivojlanishiga sharoit yaratilgan bo'lib, bu Buyuk Ipak yo'lining paydo bo'lishi va rivojlanishiga ko'maklashgan.
Hunarmandchilik va savdoning intensiv o'sishi o'ziga xos jihat bo'lib, mamlakat xo'jalik hayotida katta ahamiyat kasb etgan. Arxeologik topilmalar va yozma manbalar natijasiga ko'ra turli hunarmandchilik turlari bronza quyish, sopol idishlar yasash, yog'ochga ishlov berish, zargarlik, tikuvchilik va ipakchlik tez suratlarda rivojlangan. Tikuvchilik va ipakchilik yuqori darajada rivojlangan bo'lib, tikuvchilik bilan har bir xonadonda ayollar shug'ullangan.
"Katta Xan dinastiyasi tarixi"da keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Chan Anshida ( Xitoyning qadimiy poytaxti) xususiy shaxslar va davlat yirik tikuvchilik ustaxonalariga ega bo'lgan, ularda o'rtacha 700 ta qullar ishlashgan. Eramizdan avvalgi 202-yilda iqtisodiy vaziyat sezilarli darajada yaxshi bo'lib, ipak matolar tikish xo'jalikda keng qo'llanilgan. Ipak o'ziga xos universal pul ekvivalenti bo'lib, dehqonlar soliqni don va ipak bilan to'lovni amalga oshirishgan, davlat amaldorlarga ish haqiga ipak bilan haq to'lagan.
Xitoy askarlari ish haqini ipak ko'rinishida olishgan, ipak matolar haddan tashqari ko'payib ketganda ular Buyuk Xitoy devoriga kelib ipakni ko'chmanchilardan otlar va teriga, shuningdek o'zlariga kerakli boshqa mahsulotlarga almashtirib olishgan.
Sharqiy turklar tomonidan ayirboshlash uchun chorva mahsulotlari avvalo otlar, qo'ylar va u bilan bog'liq bo'lgan buyumlar taqdim etilgan. Bundan tashqari qora va rangli metallar ham muhim ahamiyat kasb etgan, qo'riqlash xizmatlarini ham taklif etilgan. Biroq asosiy tovar bu otlar bo'lgan. Yozma manbalarga ko'ra "Men, Pey Szi va boshqalar ...biz turklarning otiga juda muhtojmiz. Agar aloqalarni yo'lga qo'ymasak turklar o'z qarorlarini o'zgartirish mumkin" deya vaziyatga baho berishgan.
K.Bekvit tadqiqotlariga ko'ra, Tan imperiyasi talab etiladigan otlargz ega emas edi. Tinch vaqtlarda o'rtacha mingta askarga 163 ta ot tog'ri kelgan bo'lib, urush vaqtlarda yanada ko'proq otlar kerak bo'lgan. Xitoyda otlarning muhimligi va unga yuqori baho berilganligi sababli otlar bilan savdo qilish, egalik qilish maxsus yo'l bilan tartibga solingan: "Biz Xitoyning chegaraoldi hududlarda otlarni xususiy shaxslar tomonidan ko'paytirish, chegara oldida joylashgan qabilalar orasida savdoni diqqat bilan kuzatib boramiz". Xitoyda otlarning qiymati haqida Bekvit quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: "oltin davrlarda poytaxtda bir otga bir bo'lak ipak berilgan bo'lsa, beqarorlik vaqtda bir otga qirq bo'lak ipak ayirboshlashgan". 30
Sharqiy Turk xoqonligi aholisi bir qarashda dehqonchilik mahsulotlariga ehtiyoj sezsada, unchalik ko'p taqchillik bo'lmagan, ya'ni o'zlarida ham dehqonchilik yo'lga qo'yilgan. Shu sababli ular uchun ko'pincha pul ekvivalenti sifatida Xitoy ipagi qabul qilingan. Ma'lumki, ipak turklar xo'jaligida unchalik ko'p ishlatilmagani uchun xomashyo sifatida ehtiyoj bo'lmagan. Sharqiy turklar uchun ipak qimmatbaho mato bo'lgan, ko'pincha ommaviy ishlatilmagan. Albatta qisman qadimgi Sayan-Oltoy qadimiy turklari qabrlarida ipak matolardan foydalanganligi arxeologlar tomonidan isbotlangan.
Sharqiy turk hoqonligi va Tan imperiyasi o'rtasidagi munosabatlarda shu holatni ko'rishimiz mumkin. Yozma manbalarga ko'ra 594-yilda bir necha guruh turk elchilari imperator saroyiga kelib chegarada bozor tashkil etish to'g'risida kelishuvni taklif etishadi va rozilik olishadi. "Su shuy" dinastiya yozma manbasiga ko'ra "kelgusi yilda (594) tutszyu (turklar) boshliqlari 10 000 otlar, 20 000 qo'ylar va 500 tuyalar va sigirlar jo'natishadi. Tez orada ular chopar orqali chegarada ko'rgazma tashkil etishni va savdo bilan shug'ullanishni so'rashdi. Imperator rozi bo'ldi"32. Haqiqatda Sharqiy Turk hoqonligi va Xitoy o'rtasida savdo operatsiyalar doimiy bo'lganligi qayd etiladi. Ba'zilarning fikriga ko'ra savdo ko'p hollarda turklar tomonidan berilganligi qayd etiladi. Biroq Ipak yo'lida Sharqiy Turk hoqonligi barqaror savdo operatsiyalarining amalga oshirilishida asosiy rol o'ynaganligi qayd etilganligi muhim, sug'd hunarmandlari va savdogorlari ham faol ishtirok etganligini e'tirof etish lozim. Yozma manbalarda ta'kidlanishicha : "Pey Syuy imperatorga: "Tutszyuelar (turklar) sodda va ular kelishishni bilishmaydi, ular o'rtasida chuqur adovat bor; baxtga qarshi ular orasida xular (sug'dlar) bo'lib, ular yovuz va ayyor, bular ularga boshqaruvda yordam berishmoqda!"
Ipak mato va ipak xomashyosi asosiy tovar bo'lib, Buyuk Ipak yo'li orqali sotilgan va sotib olingan. Tadqiqotlarga ko'ra hozirgi vaqtda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida ipak qurtlari yetishtiriladi va bu ko'nikmalar Xitoydan o'tib borgan.
Ipak yo'li bo'ylab nafaqat tovarlar, balki ularni ishlab chiqarish to'g'risida axborotlar ham tarqatilgan. Dastlab ipak faqat Xitoyda ishlab chiqarilgan bo'lsa, eramizning 1-2-asrlarida Sharqiy Turkistonga, 5-asrda Eronga ham yetib kelgan. 6-asrda Vizantiya imperatori Yunonistonda ipakchilikni yo'lga qoygan. Afsonalarga ko'ra ular sayoxatchi taqvodorlardan foydalanib ipak qurtini olib kelishgan. Savdogarlar qog'ozni sharqdan sotib olib keyinchalik 13-asrga kelib mustaqil qog'oz ishlab chiqarishni ham yo'lga qoyishgan.
Ipakdan tashqari Xitoyliklar G'arbga hushbo'y moddalar, dorivor moddalar, chinni buyumlar va choy ham sotishgan. Shuni ham takidalash lozimki, Xitoyga uzum, anor daraxtlari, keyinchalik makkajo'xori, bodom, kungaboqar, kartoshka, pomidor, sabzi, grek yong'og'i, sarimsoq piyoz, bodring, kunjut va boshqa mevalar ham savdogarlar orqali kirib kelgan. Bularning barchasi Buyuk Ipak yo'lida joylashgan xalqlarning oshxonasi boyishiga xizmat qiladi.
Buyuk Ipak yo'li nafaqat savdo aloqalari natijasida tovarlar almashinuvga balki texnolagik yutuqlar masalan qog'oz tayyorlash, cho'yan eritishva sug'orish texnolagiayalarini ham keng tarqalishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari astronomiya, farmakologiya, kumush va oltindan zargarlik buyumlari yasash to'g'risidagi bilimlarning tarqalishiga ham xizmat qilgan Ipak yo'li ko'pchilik sharqda Xitoydan Osiyo va O'rta Sharq orqali G'arbning O'rtayer dengizi qishloqlarigacha bo'lgan masofani bosib o'tishga chorlamoqda. Ipak yo'li savdo mashruti bo'lsada, ko'pgina mamlakatlarning ijtimoiy, madaniy va diniy hayotida sezilarli rol o'ynamoqda. Buyuk yo'li o'tgan bir qator afsonaviy shaharlar - Xiva, Buxoro, Samarqand, ulug'vor Tyan-shan tog'lari, Gobi cho'li, daryolar, turli tuman milliy taomlar, folklor va hunarmandchilik namunalari turistlarni qadimiy Ipak yo'li bo'ylab sayohatga chiqib qadimiy afsonalarni boshdan kechirishga imkon yaratmoqda.
O'tgan o'n yillikda Ipak yo'li turizm maqsadlarida foydalanilishi bilan ahamiyati ortib bormoqda.
Turizm sanoati dunyodagi eng muhim ishlab chiqarish sohasiga aylanib 2017-yilda jahon YaIM 10,4 %ini ishlab chiqargan holda 313 million kishini ish bilan ta'minladi. Mamlakatlarda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish, bandlikni ta'minlashda, asosan qishloq joylarda turizmni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyoti Dasturi (UNDP) Butunjahon turizm tashkiloti (WTO) va Birlashgan Millatlar Savdo va Rivojlanish konferensiyasi (UNCTAD) bilan hamkorlikda Buyuk Ipak yo'li Mintaqaviy dasturini ishlab chiqib Xitoy, Qozog'izton, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistonda Ipak yo'li turistik mahsulotini shakllantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Bu dasturning birinchi qadamlaridan biri ushbu besh mamlakatning turistik resurslarini o'rganishdan iborat. Asosiy maqsad ushbu mamlakatlardagi xilma-xil va yuqori sifatli Ipak yo'li turistik resurslarini turistlarga tanishtirish hisoblanadi.
Shu bois yuqorida tilga olingan mamlakatlar turistik resurs salohiyatini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xitoy hududi bo'yicha dunyodagi uchinchi eng yirik mamlakat. U o'zining xilma-xil tabiati, tekisliklari, qirlari va deltalari, tog'lari, osmono'par cho'qqilari, cho'llari bilan ajralib turadi. Ipak yo'li mintaqaviy savdo yo'li sifatida Xan sulolasi davrida Xitoyni g'arb bilan bog'lovchi yo'lga aylanib, nafaqat tovarlar, balki bilim, g'oyalar, axborotlar almashinuvida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Xitoyliklar Ipak yo'li bo'ylab sayohat qilgan birinchi inson Jang Kian deb hisoblashadi.
Xitoyning g'arbiy hududlari Ipak yo'li bo'ylab sayohat qiluvchilar yo'lida joylashgan. Qadimiy savdo yo'li qadimiy Luoyang va Sian shaharlarida boshlanib, Sariq daryo orqali Lanjugacha boradi va g'arbiy yo'l bilan cho'l va tog'lar orqali Dunxuan vodiysiga yetib borib uchga ajraladi.
Avvalo XXR tabiiy resurslari tog'risida ma'lumotlarni hududlar kesimida ko'rib chiqamiz.

Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling