Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli


Download 57.55 Kb.
bet9/14
Sana01.05.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1419124
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI

Birinchi qismga o’ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan Markaziy Osiyo va Kavkaz davlar;lari kirgan. Bu yo’nalishida Butunjahon turistik tashkiloti asosiy masala qilib turg’un rivojlanish dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko’maklashishni nazarda tutmoqda.
Ikkinchi qismga “Buyuk Ipak Yo’li” obyektlarini o’z ichiga olgan va turistik mahsuloti bilan aniq tajribaga ega bo’lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Turkiya va Gretsiyalardir. BTTekspertlari fikriga ko’ra bu yerda xalqaro tashkilotlar “Buyuk Ipak Yo’li” nomli turistik mahsulotlarning sotilishini rag’batlantirish mumkin.
Uchinchi qism esa, qadimgi aloqaning ohirgi nuqtalarini o’z ichiga qamrab oladi. Ularga bir tomondan Korea, Yaponiya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda butunjahon turistik tashkilotining vazifasi “Buyuk Ipak Yo’li”ni targ’ib qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki bu yo’l bo’ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi.
“Buyuk Ipak Yo’li” turistik mahsulot mavqeyining ko’tarilishi uchun albatta fundamental asos bo’lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Bu yerda xususiy sektorlar va davlat sektori, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar alohida turoperatorlar va mehmonxona munosabatisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Butunjaxon Turistik Tashkilotining “Buyuk Ipak Yo’li” loyihasi bo’yicha keying yig’ilishi Xitoyda 1996-yilda bo’lib o’tdi, Bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar ko’rib chiqildi6. “Buyuk Ipak Yo’li ”da turizm bo’yicha ikkinchi anjuman ham bo’lib o’tdi. Ekspertlar fikriga ko’ra, bu yerda “Buyuk Ipak Yo’li” ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy obyektlar, joylashtirish vositalari, transporti va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan so’ng keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma savollar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997-yil aprel oyida Tehronda “Buyuk Ipak Yo’li” bo’yicha ikkinchi xalqaro yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda quyidagi: “Buyuk Ipak Yo’li” ning mintaqalarini xalqaro miqyosda targ’ib qilish, turistik ma’lumotlarni reklama qilish uchunglobal axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish masalalari shakllandi.
1994-yildan boshlab Butunjahon Turistik Tashkiloti “Buyuk Ipak Yo’li” lloyihasini barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: xususan Berlinda TTV, Londonda WTM va Madritda FJTUR faol targ’ibot qila boshladi.
Butunjahon Turistik Tashkilotining bashorotlariga ko’ra 2020-yilga kelib, dunyoning asosiy turistik yo’nalish Xitoy hisoblanadi va o’rtacha yillik 8 % o’sish orqali Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln., Gangkongga esa 59 mln. kishiga yetib, birinchi o’rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, “Buyuk Ipak Yo’li” loyihasiga ishtirokchilarning oldida turistik mahsulotni shakllantirishda bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan,Germaniya- O’zbekiston- Xitoy, Fransiya- O’zbekiston- Gangkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa, O’zbekiston ham valyutaning ayrim qismini shakllantirishga va o’zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. Chunki “Buyuk Ipak Yo’li” Xitoyga sayohat qiluvchi turistlartning asosiy qismi respublikamiz orqali harakat qiladi. Bu dekani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi turistik obyektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun bir valyutaning davlat byudjetiga tushishini taminlaydi. Shuning uchun ham xorijiy turistlar uchun “Buyuk Ipak Yo’li” bo’ylab transport (tranzit) yo’nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu masalada madaniy va bilish turizmi eng katta qiziqish uyg’otadi. Masalan, 2004-yilda O’zbekistonga 841,2 ming tashrif buyuruvchilar keldi, ulardan 5,6%i turistik maqsadlar bilan, 74,4%i xususiy viza bo’yicha, qolgan 20%i boshqa turli xil maqsadlarda sayohat qilganlar. Ko’pchilik tashrif buyuruvchilarni davlatimizning tarixi, madaniyati va diniy obidalari qiziqtirgan. O’zbekiston hayotida bo’lib o’tgan madaniy tadbirlar, masalan, allomalarning va shaharlarning tantanalari nafaqat musulmon davlatlari, balki Yevropa va boshqa davlatlar tashrif buyuruvchilaridan ham katta qiziqish uyg’otmoqda. Bu esa “Buyuk Ipak Yo’li” turistik mahsulotiga va uni taklif etayotgan mamlakatlarga qiziqishni oshirishiga sabab bo’lmoqda.
Vaqt o’tishi bilan turizm integratsiya jarayonlariga ko’prpoq yordam bera boshlaydi. Hozirgi vatda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi bozorlarda O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Qozog’iston,Tojikiston bo’ylab yo’nalishlardan foydalanib “Buyuk Ipak Yo’li” markasi ostidagi turmahsulotni sotishlari mumkin. Jahon integratsiyasining boshqa shakli turizm sohasida global tizimlardan, masalan, internetdan foydalanish hisoblanadi. Turizm iqtisodiy salohiyatning globallashuviga sabab bo’ladi., ya’ni u nafaqat alohida davlatga balki bir mintaqadagi qator davlatlarga uning makroxo’jalik rivojlanishiga, ijtimoiy-siyosiy holatiga ta’sir ko’rsatadi. Afg’oniston va Tojikistonning mintaqaviy turizmga tortilishiga ba’zi ekspertlarning fikricha, bu davlatlarda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan turizmda xavfsizlikka ko’proq e’tibor beriola boshlaydi. Yuqori criminal va barqarormaslik siyosiy holatida davlatlarga turoperatorlar e’tibor bermaydilar. BTTning “Mak Nalti Guruhi” xalqaro ekspertlarining fikricha, Markaziy Osiyo mintaqasida turizm bozorining 3 sigmenti shakllandi:

  1. O’zbekistonda sayohatlarning hammasini o’tqazuvchi turistlar.

  2. O’zbekiston ular uchun Osiyo bo’ylab sayohatlarining bir qismi bo’lgan turistlar.

  3. O’zlarining ishi bo’yicha sayohatlariga dam olishni qo’shuvchi biznesmenlar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20.10.2011yil “2011-2012yillarda turizm sohasini rivojlantirish va turistik xizmatlar eksperti salohiyatini oshirish bo’yicha manzilli chora tadbirlar dasturi” mamlakatning barcha mintaqalarida tasdiqlandi.
Ushbu dasturing umumiy budjeti 38535 mlrd so’mni tashkil etadi.
Ulardan:
Tashabbuskorlarning o’z mablag’lari-314.8 mlrd. so’m;
Banklar kredit mablag’lari -63 mlrd so’m;
Byudjet mablag’lari- 7.68 mlrd so’m.
Ushbu dastur yakuni bo’yicha 2012 yil yakunlarigacha respublikda:
77ta mehmonxona va shunga o’xshash joylashtirish vositalari;
90 ta turistik ko’rsatish obyektlari yaratish;
70 ta turistlarga xizmat ko’rsatish obyektlari;
Turistlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha 53 ta avtobus va mikroavtobuslar sotib olindi.
Ushbu dastur ishlab chiqilishida hususan, mamlakatning barcha mintaqalarning yaqin istiqbolda yagona kompleks, aniq va batafsil harakat rejasini ishlab chiqishda markaziy va mahalliy hokimiyat organlari O’zbekistonning manfaatdor vazirlik va idoralar, “O’znekturizm” MK va uning mintaqaviy bo’limlari, ekspertlar va turbiznes vakillari ishtirok etishdi.
Bu harakat dasturlari aniq muddati, ijochilari, hajmi va moliyalashtirish manbalariga ega bo’lib, kompleks va o’zaro aloqador va tadbirning yagona maqsadiga ega.
Bu hatti harakatlar natijasida mamlakatimizningf Buyuk Ipak Yo’li o’tgan hududlarida turizm infratuzilmasi rivojlanishi va turistik xizmatlar eksportlari oshirish orqali ko’proq foyda ko’rishiga ishonamiz.


Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling