Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli


Download 57.55 Kb.
bet10/14
Sana01.05.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1419124
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI

Xulosa va takliflar
Jahon tarixida Sharq va G’arb mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar rivojlanishida buyuk ipak yo’li ulkan ahamiyatga ega. Bu yo’l orqali moddiy boyliklardan tashqari turli tillar, ilm-fan yutuqari , san’at, turli nazariyalar almashinilgan. Mintaqalar aholisining yashash sharoitlari, turmush tarzi ularning iqtisodiyoti, madaniyati, san’ati ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari ham bir-biriga kuchli ta’sir etgan. Buyuk Ipak yo'li transmilliy va transmintaqaviy savdo yo'li bo'lib, Yevropa va Osiyoni ilk marotaba birlashtirgan. Xalqlar o'rtasida do'stlik aloqalarining kengayishi va mustahkamlanishi turli yo'llar bilan ro'y bergan bo'lib, yer yuzidagi tamaddunlarning boyib borishi birinchi navbatda savdo orqali amalga oshirilgan.
Savdo sohasiga u yoki bu davlatning barcha aholisi bevosita yoki bilvosita jalb etilgan. Savdo faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy vazifasini hal etish, ya'ni aholining turli ehtiyojlarini qondirish va talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni ta'minlashga ko'maklashgan.
Buyuk Ipak yo'li nafaqat savdo aloqalari natijasida tovarlar almashinuvga balki texnolagik yutuqlar masalan qog'oz tayyorlash, cho'yan eritishva sug'orish texnolagiayalarini ham keng tarqalishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari astronomiya, farmakologiya, kumush va oltindan zargarlik buyumlari yasash to'g'risidagi bilimlarning tarqalishiga ham xizmat qilgan.
Buyuk Ipak Yo’li o’tgan mamlakatlar jumladan, mamlakatimizning Osiyoning o’rta qismi savdo shaharlariga “bog’liqligi” karvon savdosining uzoq masofalariga xizmat ko’rsatganligi bois hozirgi O’zbekiston hududida yashagan xalqlar iqtisodiyoti gullab yashnashiga xizmat qilgan.
Ipak yo’lining barham topishi esa ushbu hududda joylashgan davlatlarning jahon siyosiy xaritasi o’rnining yo’qolishiga sabab bo’ldi. Ba’zi shaharlar masalan, Marv butunlay yo’qolib ketgan bolsa, ba’zilari Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Turfan va boshqalar turistik diqqatga sazovor joylarga aylanishdi.
Moddiy va madanoiy boyliklarni tarqatuvchilari savdogarlar bo’lib, o’zlari bilmagan holda ular an’analar madaniyat elchilari bo’lishgan. Buyuk Ipak Yo’li o’tgan hududlar xalqlari taraqqiyotiga bu sug’d savdorgarlari eng katta hissa qo’shganlar va ipak yo’lining barcha joylarida savdo qilishgan. Strategik joylashuvi va keng savdo aloqalari tufayli sug’d savdogarlari savdo yo’llarining harakatga keltiruvchi kuchi bo’lishgan. Sug’dliklar turkey xalqlar va xitoyliklar o’rtasida yashaganliklari sababli ikki tilde gaplasha olishlari savdo amaliyotlarini amalga oshirishda yaqqol ustunlik bergan.
Sug’dliklar nafaqat ishbilarmonligi bilan balki umumiy madaniyati, o’zining yozuviga ega bo’lib, tijorat va boshqa axborotlarni tarqatishda, ish yuritishda keng foydalanishgan.
Ushbu holatlar Buyuk Ipak Yo’lining rivojlanishida ajdodlarimiz naqadar ulkan hissa qo’shganligi yaqqol isbotlaydi, mamlakatimiz hududida “Buyuk Ipak Yo’li” ning shox tomiri o’tganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarning mavjudligi, tabiiy turistik resurslariga boyligi xalqaro turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Ushbu salohiyatdan unumli foydalanish iqtisodiyotimizning rivojlanishiga kuchli ijobiy ta’sir etishi lozim.
Shu bois “Buyuk Ipak Yo’li”ning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi ahamiyati uning evolutsiyasi, hozirgi kunda rivojlantirish xususiyatlarini chuqur o’rganish va mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish bo’yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.



Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling