Turizm industriyasi va infratuzilmasi. Reja: Kirish
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari
Download 44.82 Kb.
|
Turizm industriyasi va infratuzilmasi. Reja Kirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
4. O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari
Valyuta operatsiyalarida imtiyozlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch-Xiva yo‘nalishlarida yo‘llarni obodonlashtirish, servis xizmatlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, shahardan tashqarida joylashgan turistik ob’ektlar uchun kommunikatsiya tarmoqlari to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar berish, turistik inshootlar qurilishi bo‘yicha tenderlar o‘tkazish, turistlar bo‘ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at, xalq ijodkorligi buyumlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash-sotishda shahobchalar tashkil etish, xorijda turistik vakolatxonalar ochish ham mazkur qarorda belgilab qo‘yilgan vazifalar edi. Shuningdek, xalqaro turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarning o‘z vaqtida hal etish uchun javobgarlik «O‘zbekturizm» MK, «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyalarining, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklarining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarining ko'pchiligi turizm iqtisodini rivojlantirish orqali o'z milliy iqtisodiyotini taraqqiy ettirmoqda. Mamlakatimiz turizmni shakllantirishda har qanday xorijiy mamlakatlardan qolishmaydigan imkoniyatlarga egaligi bu borada ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta'minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Ana shularni inobatga olgan holda, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan to hozirga qadar zamon talablariga javob beradigan turizm infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Turizm infratuzilmasi deganda -turistlarning turistik zahiralardan bemalol foydalanishini ta'minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo'llar, turizmning xilma -xil korxonalari va ularning faoliyati, shuning bilan birga ushbu faoliyatni ta'minlovchi boshqa tizimlar tushuniladi. Bular qatorida avto yo'l, temir yo'l, havo yo'llari, dengiz va daryo yo'lari harakatini tartibga soluvchi tizimlar, issiqlik, elektr va telefon aloqalarini sanab o'tish mumkin. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov turizm sohasini rivojlantirish va uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan biri ekanligini alohida ta'kidlaydilar: "Turizm, sodda qilib aytganda, dunyoni tushunib, dunyoni anglash, shu bilan birga dunyo sahnasiga chiqish demakdir. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg'ilon, Shahrisabz va Xiva kabi shaharlarimizning 2500-3000 yillik tarixi bor. Bu juda katta ma'naviy boylik, uni sayyohlikni rivojlantirish yo'li bilan moddiy boylikka aylantirish mumkin. Turizmni "tilla tuxum qo'yuvchi tovuq"qa o'xshatishadi. Lekin, ushbu tovuq boqilmasa, u tuxum qo'yishni to'xtatishi, tuxumlar hajmi va sifati buzilishi yoki tovuqning o'zi o'lib ham qolishi mumkin. O'zbekistonda turizm infratuzilmasiga Sobiq Ittifoq davridanoq asos qo'yilgan edi. Biroq, bu sohadan keladigan daromadlarning qayta taqsimlanish muammosi odatdagidek markaz tomonidan hal etilardi. 1985-89 - yillarda O'zbekistondagi ichki va hududiy turizmning hajmi 1,4-1,6 mln. kishini, bunda chet ellik turistlarning miqdori atigi 130-180 ming kishini tashkil etardi xolos. Bu vaqtga kelib, ya'ni 1985 yilda Turkiyada 1,5 mln. 1992 - yilda esa 7 mln. 2003 yilda esa 11 mln. atrofida xorijiy turistlar tashrif buyurishdi. 1981 - yilda Vengriya 14,2 mln. turistlarni qabul qilgan bo'lsa, 1991 yilga kelib bu miqdor 19,1 mlnga etdi. 1992 - yilda O'zbekistonning turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 27 ta, 2008 - yilda esa 50 dan ortiq xizmat turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa bu ko'rsatkich 250-400 ni tashkil etadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga aylandi. Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga bo'lish mumkin. 1. Birinchi bosqich (o'z ichiga 1992 - yilni oladi). Ushbu bosqich respublikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda turizm infratuzilmasida yetakchi hisoblangan "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasiga asos solindi. 2. Ikkinchi bosqich (1993-1995 - yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqich turistik xizmatlar ko'rsatish hajmining oshib borishi bilan birgalikda yangi turistik yo'nalishlarni ishlab chiqish, xizmat ko'rsatishni yaxshilash, turizmning moddiy-texnika bazasini kengaytirish, boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish va boshqa shu kabi vazifalar bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolarni yuzaga keltirdiki, ularni faqatgina "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi doirasida hal etish imkoni bo'lmay qoldi. Kompaniya turistik operatorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilish maqsadida Germaniya (Frankfurt-Mayn), Angliya (London), AQSh (Nyu-York), Birlashgan Arab Amirliklari (Sharja) va Rossiya (Moskva) kabi mamlakatlarda o'zining vakolatxonalarini ochdi. 3. Uchinchi bosqich (1995-1997 - yillar). Bunda turistik xizmatlar sohasida xususiylashtirish jarayoni boshlandi. 1996 yilning boshlarida "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi tizimidagi turistik obyektlar umumiy miqdorining 90% ga yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi. 4. To'rtinchi bosqich (o'z ichiga 1998 - yilni oladi). Bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar, investitsiyalarning barqaror oqimini ta'minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon andozalari darajasida shakllantirish, turizmga bilvosita tegishli bo'lgan xizmat ko'rsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish boshlandi. Beshinchi bosqich (1999 - yil maydan keyingi davrlar). Ushbu bosqichda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizmni rivojlantirishning davlat dasturi to'g'risidagi» Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmning tutgan o'rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu me'yoriy hujjat asosida turistik korxonalarga qo'shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, O'zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm bo'yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat Parlamentida "Turizm to'g'risida"gi qonun qabul qilindi va buning natijasida turizm sohasini faoliyat ko'rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi Xulosa Xulosa qilib shuni aytgaanda hududlarning salohiyatidan samarali foydalanish, anʼanaviy turizm bilan birgalikda boshqa turizm turlarni taklif qilish va har bir hududni turizmga ixtisoslashtirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan, Andijon viloyatida eko, agro va gastronomik turizm salohiyati mavjud. Xoʻjaobod tumanida“Imomota” turizm mahallasi, Xonobod tumanida “Afsona dam olish maskani”, Shahrixon tumanida “Hunarmandlar markazi» va Andijon shahrida “turizm koʻchasi” tashkil qilinadi. Buxoro viloyati mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida ziyorat turizm salohiyati bilan tanilgan. Buxoro viloyatida jami 829 ta moddiy-madaniy meros obyektlari davlat muhofazasiga olingan boʻlib, 2022-2026-yillarda sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari soni 139 tadan 200 taga yetkaziladi. Viloyatda xalq amaliy sanʼatining zardoʻzlik, zargarlik va anʼanaviy hunarmandchilik, gilamdoʻzlik, qandolatchilik shakllari rivojlangan boʻlib, sayyohlar tomonidan mazkur mahsulotlar keng xarid qilinadi. Buxoro shahridagi YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan “Tarixiy markaz” infratuzilmasi yaxshilanadi. 2022-2026-yillarda Abu Ali ibn Sino tugʻilgan joy - Peshkoʻ tumani Afshona qishlogʻida “X asr etnik qishlogʻi”ni barpo etish, Buxoro shahrida «Turki Jandi», Vobkent tumani “Shirin”, Gʻijduvon tumanining“Qoʻrgʻon” mahallalarida turizm qishloqlari, Buxoro shahrida “gastronomik koʻcha”, Qorovulbozor tumanidagi“Jayron” ekomarkazida turistik majmua barpo etiladi. Fargʻona viloyati mintaqada organik va sifatli meva-sabzavot yetishtirish – agroturizm imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, sayyohlar viloyatga Rishton kulolchilik maktabi, Margʻilon ipakchilik va atlas mahsulotlari, togʻ turizmi, gastronomik va ziyorat turizmi bilan tanishish maqsadida tashrif buyuradi. Viloyatda tibbiyot turizmini rivojlantirish imkoniyatlari yuqori boʻlib, nafaqat Oʻzbekiston, balki qoʻshni respublika fuqarolari ham sogʻlomlashtirish va tibbiyot xizmatlaridan foydalanadi. Fargʻona shahrining Sayilgoh, Yuksalish, Al Fargʻoniy va Kashtanzor koʻchalarini mujassamlashtirgan “Turizm mavzesi” (Tourism avenue), Fargʻona tumanidagi “Avval”, “Vodil” MFY hududida turizm qishlogʻi va mahallasi tashkil etiladi, Oltiariq tumanida tibbiyot turizmi yoʻnalishida loyihalar amalga oshiriladi hamda Rishton kulolchilik markazi sayyohlar tashrif obyektiga aylantiriladi. Jizzax viloyatida eko, agro, gastronomik, togʻ va tibbiyot turizmi rivojlangan boʻlib, 2021-2026-yillarda “Zomin”turistik-rekreatsion zonasi, «Suffa platosi 2 400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «Oʻriklisoy» turizm majmuasi ishga tushiriladi. Forish tumanidagi “Uxum”, Zomin tumanidagi “Duoba”, Baxmal tumanidagi“Moʻgʻol” qishloqlarida turizm qishloqlari tashkil qilinadi. Namangan viloyatida eko, etno, togʻ, agro (baliqchilik, mevali bogʻlar, yilqichilik), gastronomik, ziyorat, ekstremal, tibbiyot turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. 2022-2026-yillarda Namangan viloyatining Pop tumanida “Chodak”, Yangiqoʻrgʻon tumanida “Nanay», Chust tumanida “Gʻova», Kosonsoy tumanida “Olmazor” turizm qishloqlarini tashkil etish yuzasidan ishlar olib boriladi. Namangan shahrida “Gullar saylgohi” ekoturizm obyekti yaratiladi va “Namangan - gullar shahri” brendi yanada ommalashtiriladi va viloyatdan oʻtuvchi xalqaro yoʻl boʻyida turizm hamda xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil qilinadi. Bundan tashqari, viloyat hududidan oqib oʻtuvchi Sirdaryo va Norin daryosi qirgʻoqlarida eko va agro turizm loyihalari amalga oshiriladi va sayyohlar uchun joylashtirish, ovqatlanish, koʻngilochar xizmatlar tashkil qilinadi. Navoiy viloyatiga sayyohlar geoturizm, rekreatsion (Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi, Tudakoʻl suv havzasi), ziyorat, etno, tibbiyot sarguzasht turizmi yoʻnalishlarida tashrif buyuradi. Foydalanilgan adabiyotlar: Файзиева Ш. Основние направления развития туризма в Узбекистане.// Экономический вестник Узбекистана. № 3-4, 2004. – 61 б. Turizm istiqbollari.//O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.№ 1. 2014. -11.b. http://www.gohk.gov.hk/eng/welcome/index.html http//www. Lex.uz http://www.unwto.org Introduction to Management Hospitality. Clayron W.Barrows and anothets. USA, 2012. http://fayllar.org Download 44.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling