Turizm iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda
Download 15.74 Kb.
|
Namangan turizm
“Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda.” Shavkat Mirziyoyev Miromonovich “Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o‘zi taqozo etmoqda.” Shavkat Mirziyoyev Miromonovich O’zbekistonda destinatsiyalarni tashkil etish va sayyohlarni jalb qilish uchun ko’plab choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, O'zbekiston Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida o'rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo'yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to'g'risida»gi qarorini [3]hamda Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi «2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori [4]bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi. 2022 yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obʼektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim. [3] https://kun.uz/98716883 O‘zbekiston Respublikasi doirasida administrativ bo‘linish natijasida to‘rtta – Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro va Xorazm; qolaversa, uchta istiqbolli – Jizzax, Qarshi-Termiz, O‘rta Qoraqalpoq turistik rayonlariga ajratilgan [3]. Ularning har biri o‘zining turlicha xususiyat va ustunliklariga ega. Xususan, Namangan, Andijon va Farg‘ona ma'muriy-hududiy birliklaridan iborat Farg‘ona turistik rayoni mamlakatning sharqiy qismida joylashgan. Mazkur hudud mamlakat maydonining 4,1 foizini tashkil etib, unda respublika aholisining 28,6 foizi to‘plangan Rayon tabiiy resurslarga boy emas, unda mehnat resurslari ko‘proq, xolos. Binobarin, vodiy uchligini, ya'ni tabiati, aholisi, xo‘jaligini piramida shaklida tasvirlansa, uning birinchi qavati (tabiati) nihoyatda nozik; ikkinchi qavati, ya'ni demografik yuki vazmin; xo‘jaligi esa o‘rtacha. Shu bois, aytish mumkinki, Farg‘ona iqtisodiy rayonida antropogen bosimning nihoyatda yuqoriligi, yer-suv resurslarining cheklanganligi bu hududning eng muhim geografik xususiyatlarini belgilab beradi [5, B. 170]. Namangan viloyatida turistik ob'ektlarning tabiiy va tarixiy-madaniy tipdagilari mavjud. Tabiat qo‘ynida: tog‘oldi va daryo bo‘ylarida ko‘plab dam olish maskanlari tashkil etilgan. Viloyatda 282 ta madaniy me'ros ob'ektlari bo‘lib, ularning 155 tasi arxeologik yodgorlik, 103 tasi arxitektura yodgorligi, 8 tasi monumental san'at asari, 16 tasi diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlardir Namangan shahrida 2019 yilning sentyabrida “Afsonalar vodiysi” ko‘ngilochar bog‘ining bir qismi foydalanishga topshirilib, u nafaqat shahar, balki viloyat turistik salohiyati va jozibadorligiga ham o‘zining juda katta ijobiy ta'sirini ko‘rsata boshladi. Mazkur parkning umumiy loyiha qiymati 171,0 mln AQSh dollarini tashkil etadi. 110 gektar maydonni egallagan ushbu parkda ochiq va yopiq suzish havzasi, kichik o‘yingoh, muz saroyi, to‘rt yulduzli mehmonxona, savdo shoxobchalari, kutubxona va hunarmandlar markazi tashkil etiladi [8]. “Gullar shahrining yuragi”, “Afsonalar diyori” deya e'tirof etilayotgan rekreatsion go‘sha, ayniqsa, to‘liq foydalanishga topshirilishi bilan Namangan shahrining turistik jozibadorligini bir necha barobar oshiradi. Eng e'tiborlisi shuki, ushbu bog‘da yiliga 100 ming kishiga xizmat ko‘rsatish mo‘njallanib, 1500 ga yaqin yangi ish o‘rni ham yaratiladi. Namangan viloyatining eng shimoliy qismida joylashgan Nanay, Mamay, Zarkent, Ko‘kyor hududlari turizm uchun juda qulay bo‘lib, bu joylarda zamonaviy maskanni tashkil etish uchun “Nanay kichik turistik zonasi”dagi dam olish maskanlari xatlovdan o‘tkazildi. Aniqlangan 79 ta dam olish maskanining umumiy yer maydoni 100 gektardan ortiq bo‘lib, shundan 15 ta dam olish maskanining yer maydoni 1 gektar va undan ortiq bo‘lganligi sababli, ular yirik dam olish maskanlari ro‘yxatiga kiritildi. Chortoq tumandagi “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Chartak Resort” MChJ shaklidagi O‘zbekiston – Niderlandiya qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy loyiha qiymati 149,0 milliard so‘m bo‘lgan 250 o‘rinli, zamonaviy chet el texnologiyalariga asoslangan “Sanatoriya va sog‘lomlashtirish markazi” barpo etilmoqda. Bu markazni qurish uchun 15,2 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda bir yil davomida 6000 fuqaroga, shundan 2300 xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatish mo‘njallangan. Natijada, 250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu esa hududning turistik salohiyatini sezilarli ortishiga olib keladi. 2019 yil yakuniga qadar Namangan viloyatida 50 dan ortiq zamonaviy sanitar-gigiyenik shaxobchalar barpo etish, turistik ob'ektlarga olib boruvchi 86 yo‘l ko‘rsatkich belgisi o‘rnatish, 25 ta mehmon uyini tashkil qilish, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega 4 ta mehmonxona qurib bitkazilishi va 20 ta mehmonxona qurilish ishlari davom ettirilishi hamda Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi suv omborxonalarida ekoturizmni tashkil qilish mo‘njallangan. Viloyatda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlarning tashrifini ko‘paytirish uchun ularga qulay sharoitlar yaratish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida “Namangan viloyatida sanitar-gigiyena uzellari holatini yaxshilash mahalliy dasturi” ishlab chiqilmoqda. Ushbu dasturni amalga oshirish maqsadida “Mega Gromada” MChJ bilan Namangan viloyatida zamonaviy modulli sanitar-gigiyenik shoxobchalarni qurish bo‘yicha kelishuvlar olib borilmoqda. Festival ilk bor Gul bayrami nomi bilan 1961 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, shundan beri Namanganning eng katta bayramlaridan biri bo‘lib kelmoqda. https://kun.uz/uz/24628536 Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5611-son Farmoni. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori. 2. Norchayev A.N. Xalqaro turizm/Ma'ruza matnlari. -TDIU, 2005. - 65 b. 3. Ro‘zinov B., Rajabova S., Ubaydulloh A., Qosimov A., Ismoilov Yu. Namangan viloyati madaniy me'rosi. – Namangan, 2013. - 116 b. 4. Soliyev A. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Darslik – T.: Universitet, 2014. - 404 b. 5. Yulьchiyev D.A. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari. Magistrlik dissertatsiyasi. – T., 2011. - 76 b. 6. Namangan viloyatining turistik salohiyati va qilinayotgan ishlar: http://googleweblight.com./i?u=http://uza.uz/uzsociety/namanganda-turizm-rivoji-yolida- keng-qamrovli-ishlar-qilinm-04-02-2019&hl=uz-Uz 7. “Afsonalar vodiysi” ko‘ngilochar bog‘i va uning rekreatsion holati: http://www.google.com/client=lightning&biw=320&bih=430&q=afsonalar+vodiysi+bitdi&oq aqs=heirloom=srq&hl=uz-Uz https://kun.uz/98716883 Download 15.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling