Turizm sohasi uzoq yillik tarixga EGA


Download 349.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.07.2023
Hajmi349.76 Kb.
#1664153
  1   2   3
Bog'liq
Laylo TOSHBOYEVA 5-son 2023. 34-35-betlar



34
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 5-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Tadqiqot
Turizm sohasi uzoq yillik tarixga ega. Qadimdan 
Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston 
zamini savdo-sotiq, ilm-fan sohasida ulkan salohiyat, 
tarixiy va madaniy boyliklar hamda go‘zal urf-odat 
va an’analarga ega yurt sifatida jahonga tanilgan. 
Mamlakatimizning qadimdan bunday joylashuvi bugun-
gi kunda turizm sohasining rivojlanib, taraqqiy etishida 
ulkan poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Bilamizki, tili 
va madaniyati turli-turli bo‘lgan millatlar va xalqlarning 
o‘zaro aloqa jarayonida turizm tarjimaga ehtiyoj sezi-
ladigan muhim sohalardan biri hisoblanadi.
Qadimgi davrlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tu-
rizmning asosiy maqsadi savdo aloqalari bo‘lgan. 
Savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida shahar va qish-
loqlar turmush darajasi yaxshilanib, yo‘llar, mehmon-
xonalar va taomxonalar qurilishi rivojlangan. Sharq 
mamlakatlarida tuyalar sayohat ulovi hisoblangan. 
Sayohatchilar tuyada sayohat qilib, chodirlar va karvon-
saroylarda tunashgan. O‘sha davrlarda Sharqda tur-
mush va xizmat ko‘rsatish darajasi G‘arb mamlakatlari-
dan ancha yuqori bo‘lgan. Buning sababi esa Sharqda 
savdo-sotiq Yevropaga qaraganda rivojlangan bo‘lgan.
O‘rta asrlarda turizmning rivojlanishiga asosiy sa-
bab diniy ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchi ziyoratchi-
lar soni sezilarli darajada oshgani bo‘lgan. Aholining 
yosh qatlami, asosan, yaxshi ish va yashash sharoiti 
maqsadida o‘z joylarini o‘zgartirgan bo‘lsa, boy qatla-
mi esa dam olish va turli mamlakatlarda sayohat qilish 
maqsadida bo‘lgan. Shuningdek, ilm-fan rivojlanishi 
esa universitetlarning tashkil etilishi hamda XIII asrdan 
boshlab Yevropada, asosan, Italiya universitetlariga 
talabalarning sayohati paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Ammo bu davrda sayohat qilish jismoniy zo‘ravonlik 
hamda talonchilik sababli bir muncha xavfli faoliyatga 
aylangan. 
O‘rta asrlarda Sharqda turizm Rossiyada rivoj-
lanishining ortishi bilan farqlanadi. XVIII asrlarda 
Rossiyadagi tibbiyot muassasalarining takomillashu-
vi turizmning va kurort iqtisodiyotining rivojlanishiga 

Download 349.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling