Turizm sohasi uzoq yillik tarixga EGA


Download 349.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.07.2023
Hajmi349.76 Kb.
#1664153
1   2   3
Bog'liq
Laylo TOSHBOYEVA 5-son 2023. 34-35-betlar

Laylo TOSHBOYEVA
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti
SHARQ VA G‘ARB MAMLAKATLARIDA TURLI DAVRLARDA TURIZM 
SOHASINING RIVOJLANISH TARIXI
Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm sohasining Sharq va G‘arb mamlakatlarida bugungi kungacha bo‘lgan tarixi yor-
itib berilgan. Shuningdek, turizmning rivojlanish tarixi, bosqichlari haqida, turizm nazariy asoslarining shakllanish jihatlari va 
olimlarning bergan ta’riflari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: turizm, turistik tashkilotlar, sanoat inqilobi, turizm qonunchiligi, Butunjahon turizm tashkiloti.
Annotation. This article describes the history of tourism in Eastern and Western countries until today. It also discusses the 
history and stages of the development of tourism, the aspects of the formation of the theoretical foundations of tourism, and 
the definitions given by scientists.
Keywords: tourism, tourist organizations, industrial revolution, tourism legislation, World Tourism Organization.
Аннотация. В данной статье описывается история туризма в восточных и западных странах до наших дней, а 
также рассматриваются история и этапы развития туризма, аспекты формирования теоретических основ туризма и 
определения, данные учеными.
Ключевые слова: туризм, туристические организации, промышленная революция, туристическое законодательство, 
Всемирная туристская организация.
asosiy turtki bo‘lgan. Rossiyaning eng qadimgi kurort-
lariga Kavkaz mineral suvlari kurortlari (Pyatigorsk, 
Kislovodsk, Yessentuki, Jeleznovodsk) kiradi, ular 
1803-yilda butun Rossiya ahamiyatiga sazovor bo‘lgan. 
Keyinchalik Lipetsk (1805), Staraya Russa (1815), 
Sergeyev Mineralniye Vodi (1833), Yurmala (Kemeri, 
1838) kabi mashhur kurortlar paydo bo‘ldi.
G‘arbda sanoat inqilobi natijasida XIX asr boshlarida 
turizm yana rivojlandi. Bundan asosiy maqsad dam ol-
ish, madaniyat, sog‘liq, biznes va oilaviy munosabatlar 
sababli ko‘chishlar bo‘lgan. Bu esa, o‘z o‘rnida, turizm-
ga oid mustaqil tashkilotlarning tashkil etilishiga sabab 
bo‘lgan. Ushbu davrda Yevropada, xususan, G‘arbiy 
Yevropa – Germaniya, Shveysariya, Avstriya va bosh-
qa davlatlarda turizm sohasiga oid turli xil tashkilotlar 
tashkil etila boshlangan. Ushbu tashkilotlar mahalliy 
davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, nati-
jada jamiyatda turizm sohasi bilan bir vaqtda sanoat-
ning ham jadal rivojlanishiga olib keldi. Turistik tashki-
lotlar turli xil faoliyat turlarini sevuvchilar uchun klublar 
ochishni boshladi – alpinistlar klubi, tabiat do’stlari klu-
bi, velosipedchilar klubi va boshqalar. Turli klublarning 
XX asr boshlarida ochilishi ommaviy turizmning paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
XIX asrning birinchi yarmida esa Sharqda tog‘ tu-
rizmi jadal rivojlanib ketdi. Turizmning bu turidan foyda-
lanuvchi sayyohlar soni 1980-yillarga borib keskin oshib 
ketdi. Ayni vaqtda O‘rta Osiyoda esa ta’lim olish saba-
bi bilan turizm yuqori cho‘qqiga chiqqan davr bo‘lgan. 
Samarqand va Buxoro shaharlari ta’limning asosiy 
markazlari hisoblangan.
XX asr boshlarida G‘arbda turizm bo‘yicha kadrlarga 
bo‘lgan talab oshganligi sababli turizm nazariy maktab-
lari tashkil etila boshlandi. 1930-yillarning boshlarida 
nemis turizm maktabining ilk nazariyotchilaridan biri 
Artur Borman “Turizm – dam olish yoki tijorat maqsad-
larida doimiy yashash joyi bo‘lmagan holatda amalga 
oshiriladigan sayohatlar hisoblanadi, shuningdek, bunda 
xizmat safarlari turizm hisoblanmaydi” [1] deb ta’rifladi.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
2023-yil 5-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ

Download 349.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling