Turizm sohasida transport xizmatlari


Download 275.45 Kb.
bet2/7
Sana31.03.2023
Hajmi275.45 Kb.
#1310960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm sohasida transport xizmatlari

O’zbekiston havo yo’llari» – xalq xo’jaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, yo’lovchi tashuvlari, maxsus aviatashishlar) bilan ta’minlovchi O’zbekiston Respublikasi Milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992-yil 28-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aeroportlar qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan o’zgartirish, aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi baza hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan ―Respublika Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish‖ davlat dasturi amalga kirdi. O’tkazilgan islohotlar O’zbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi.

«O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakomapniyasi xalqaro aviatashuvlar bozorida o’zining munosib o’rniga ega. U o’z faoliyati davomida bir necha marotaba nufuzli mukofotlar: faol ishlari uchun «Yevromarket – 2000» sovrini, Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg’armasi diplomi, Xalqaro aeroportlar birlashmasi mukofotlariga sazovor bo’ldi.

Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O’rta Sharq davlatlari, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 40 ortiq shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O’rta Sharq davlatlari, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 40 ortiq shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Hozirgi kunda milliy aviakompaniyamiz tasarrufida 11 ta xalqaro aeroport mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: Islom Karimov nomidagi ―Toshkent‖ xalqaro aeroporti, ―Samarqand‖ xalqaro aeroporti, ―Buxoro‖ xalqaro aeroporti, ―Urganch‖ xalqaro aeroporti, ―Navoiy‖ xalqaro aeroporti, ―Namangan‖ xalqaro aeroporti, ―Nukus‖ xalqaro aeroporti, ―Termiz‖ xalqaro aeroporti, ―Andijon‖ xalqaro aeroporti, ―Farg’ona‖ xalqaro aeroporti va ―Qarshi‖ xalqaro aeroporti.


Download 275.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling