Turizm sohasida transport xizmatlari


Download 275.45 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi275.45 Kb.
#1310960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm sohasida transport xizmatlari

Aeroport soatiga 400 yo’lovchini qabul qilish va xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega. Turkiya, Toshkent, Moskva, SanktPeterburg, Simferopol va Qozon shaharlari bilan havo aloqalari ham o’rnatilgan. Bu yerga Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan charter qatnovlar amalga oshiriladi.

Aeroport soatiga 400 yo’lovchini qabul qilish va xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega. Turkiya, Toshkent, Moskva, SanktPeterburg, Simferopol va Qozon shaharlari bilan havo aloqalari ham o’rnatilgan. Bu yerga Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan charter qatnovlar amalga oshiriladi.

«Samarqand» xalqaro aeroporti yo’lovchilarga qulaylik yaratish uchun aeroport aerovokzal majmuasida tibbiy punkt, onalar va bolalar xonasi, CIP va VIP zallari, restoran va bufet, qatnovlar haqida yo’lovchilarga ma’lumot berish tizimi ishga tushirilgan, WiFi, shaharlararo xalqaro aloqa, Duty Free, aviakassa va aloqa bo’limi (pochta) mavjud.

«BUXORO» xalqaro aeroporti 1997-yilda ishga tushirilib, xalqaro maqomga 1999-yilda erishgan, soatiga 150 yo’lovchini qabul qiladi va xizmat ko’rsatadi. Unda keng kutish maydoni, bufetlar, do’konlar, tibbiyot punkti, yuklarni saqlash xonasi, milliy an’analarda bezatilgan VIP va CIP maydonlari mavjud. Buxoro aeroportidan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga, shuningdek, MDH mamlakatlari va boshqa davlatlarga uchish mumkin. ―MDH mamlakatlari orasida yilning eng yaxshi aeroporti‖ unvoni tashuvlar hajmi borasida 2012-yilda besh yuz ming nafargacha yo’lovchiga xizmat ko’rsatgan ―Buxoro‖ xalqaro aeroportiga topshirildi.

«URGANCH» xalqaro aeroporti. Fuqaro aviatsiyasi «Aeroport» Assotsiatsiyasining «MDH davlatlari bo’yicha yilning eng yaxshi aeroporti» tanlovida 2012-yilda «Ishlab chiqarishga qo’shgan salmoqli hissasi uchun» nominatsiyasi g’olibi bo’ldi. «Urganch» xalqaro aeroporti soatiga 300 nafar mijozga xizmat ko’rsatish imkonini beruvchi, barcha qulayliklarga ega yo’lovchilar uchib kelish zali foydalanishga topshirilgan. Unda kutish maydoni, tibbiyot punkti, barlar, kafe, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, suvenirlar do’koni mavjud. Aeroportdan Toshkent, Moskva shaharlariga va dunyoning boshqa mamlakatlariga uchib borish mumkin.


Download 275.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling