Turizm sohasida transport xizmatlari


Download 275.45 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi275.45 Kb.
#1310960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm sohasida transport xizmatlari

O’zbekiston mehmonlariga va aholisiga xizmat ko’rsatish uchun aerovokzal binosida qulay mebel bilan jihozlangan katta kutish zallari; tunu kun tartibida ishlovchi pasport, bojxona va chegara nazorati xizmatlari; ma’lumotxonalar; bagajni tashish uchun yangi konveyer tizimlari; xalqaro telefon aloqasi; chipta sotib olish va bronlash kassalari; Duty Free do’konlari; barlar; tez ovqatlanish, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar mavjud.

Biznes va birinchi klass yo’lovchilariga xizmat ko’rsatish uchun WIP (alohida muhim shaxslarga xizmat ko’rsatish uchun) va CIP (yuqori qulaylik) zallari bor. Yo’lovchilarning qulayliklari uchun ularni samolyotgacha va orqaga yetkazib qo’yuvchi alohida, har jihatdan qulay avtobuslar taqdim qilinadi.

«SAMARQAND» xalqaro aeroporti. Samarqand shahri nafaqat O’zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda mashhur sayyohlik markazidir. ―Samarqand‖ xalqaro aeroporti Registon, Amir Temur maqbarasi, Ulug’bek observatoriyasi, Shohi-Zinda, Al-Buxoriy va boshqa ko’plab tarixiy yodgorliklari bilan butun dunyoga mashhur qadimiy Samarqand shahrining havo darvozasidir.

«SAMARQAND» xalqaro aeroporti. Samarqand shahri nafaqat O’zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda mashhur sayyohlik markazidir. ―Samarqand‖ xalqaro aeroporti Registon, Amir Temur maqbarasi, Ulug’bek observatoriyasi, Shohi-Zinda, Al-Buxoriy va boshqa ko’plab tarixiy yodgorliklari bilan butun dunyoga mashhur qadimiy Samarqand shahrining havo darvozasidir.

Hozirgi kunda «Samarqand» xalqaro aeroporti xalqaro tranzit yo’nalishlar uchun muhim bo’g’inlardan biriga aylanib bormoqda. U qayta ta’mirlangandan so’ng, ICAO ning birinchi kategoriyasiga ega bo’lgan aeroport hisoblanib, G’arbda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi laynerlarni hamda sharqiy havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.

―Samarqand‖ aeroporti rekonstruksiyadan keyin hamma xalqaro standartlarga to’g’ri keladi va A310, A320, B757, B767, B777, Il76, Il114 kabi hamma zamonaviy havo kemalarini qabul qiladi. ―Samarqand‖ xalqaro aeroporti dinamik rivojlanayotgan korxona bo’lib, u yiliga 300000 dan ortiq yo’lovchiga xizmat qiladi.


Download 275.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling