Turizm sohasidagi faoliyat va uning huquqiy asoslari
Download 47.29 Kb.
|
Turizm sohasidagi faoliyat va uning huquqiy asoslari
TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYAT VA UNING HUQUQIY ASOSLARI Reja: 1. O’zbekistonda turizmning moxiyati 2. O’‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish bosqichlari. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishiga qadar turizmning barqaror taraqqiy etayotganligi va uning istiqboli, ushbu soxani “kelajak industriya” sifatida e'tirof etishga asos bo’lgan edi. Mamlakatimizda turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishi sifatida talqin qilinib, unga e'tibor davlat siyosati darajasiga kutarilgan. Soxa rivoji uchun zaruriy tashkiliy xuquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, xukumat tomonidan tegishli me'yoriy xujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar xozir xam davom etmoqda. Xozirgi paytda turizm soxasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistlik maxsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy isloxotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O’zbekistonning turizm soxasidagi isloxotlarni shartli ravishda to’rt bosqichga ajratsak bo’ladi. Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizmini shakllantirish, turistlik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo’shimcha biznes turlarini yaratish, soxaga xizmat qiladigan bank, audit, maslaxat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmogining mintaqaviy bo’linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm maxsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistlik korxonalarni lisenziyalashtirish kabi masalalarga aloxida e'tibor berildi. 1992 yilda respublikada «Uzbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm soxasida barcha tashkiliy, boshxaruv xamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «Uzbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjaxon turistlik tashkilotga (BTT) xaqiqiy a'zo bulib kirdi va bu o’z navbatida xalkaro turizmni rivojlantirishda muxim omil bulib xizmat kildi. 1994 yilda BMT ning YuNESKO tashkilotining xamda Uzbekistan xukumatining tashabbusi bilan Samarkand’ shaxrida Buyuk Ipak yulidagi shaxarlarda xalkaro turizmni rivojlantirish buyicha Samarkand deklaratsiyasi kabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya'ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistlik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institusional uzgarishlarni amalga oshirishda juda katta axamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «Uzbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistlik ob'ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan uzgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul kilingan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yulini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» tug’risidagi Farmoni' Buyuk Ipak yulida turistlik maxsulotni tiklash borasida strategik xarakterga ega buldi. Bu o’z navbatida Uzbekiston turizm soxasidagi isloxotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yulidagi shaxarlar va turistlik manzillar ruyxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Baxouddin Nakshband, Abduxolyk Tijduvoniy, Axmad al-Fargoniy, Imom al-Motrudiy, Maxmudi A'zam, Xakim at-Termiziy, Xazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Margunoniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta'mirlandi va ziyoratgox majmualarga aylantirildi, Toshkent shaxrida muntazam ravishda xalqaro turistlik yarmarka tashkil etila boshlandi, mexmonxonalardagi xalkaro talablarga javob beruvchi urinlar soni 4,8 barobarga ko’paytirildi. Uzbekistonda 2005 yil 1 yanvar xolati ma'lumotlariga ko’ra, jami turistlik faoliyat bilan shugullana boshlagan tashkilotlarning soni 351 tani tashkil etgan. Shundan, 290 tasi xususiy turistlik firmalar bo’lib (83 %), 1 «Xalk suzi» gazetasi, 1995 yil 3 iyun turizmning xizmat kursatish soxasidagi ulushi 90% ni tashkil etgan. Quyidagi Turizm soxasidagi isloxotlarning uchinchi bosqichida, ya'ni, 1999 yil 15 aprelda Uzbekistan Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo’lgan davrda Uzbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi tugrisida»gi Farmoni e'lon qilindi. Buning asosida turizm soxasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo’lga qo’yildi xamda dunyo bozori bo’yicha raqobatbardosh turistlik maxsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishining markazlashtirilishiga chek qo’yildi. Ko’pchilik turistik ob'ektlar uzlarini uzlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o’rin ochib berildi. 2000 yildan boshyab, Respublikamiz Turizmi yuqori sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Turizmdan olinayotgan daromadlar yiliga 30 va undan ortiq foizlarda o’sdi. 2001 yil oxirida Afgonistondagi tolibonlarga karshi Xarakatlari boshlanishi o’lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so’ng, 2003 yilning 2-yarmiga kelib o’lkamiz turizmi yana uzini unglab oldi. Sharqiy Osiyoda o’tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sare) va Parranda grippi kabi kasalliklar Uzbekistan turizmiga 2001 yil 11 sentyabr voqealaridek kuchli ta'sir kursata olmadi. Uzbekistonga 2004 yilda turistlar oqimining mintaqaga tashrif buyurishi diagrammada ko’rsatilgan, unga ko’ra turis oqimi Sharkiy Osiyo, Tinch Okeani mintaqa axolisi va Yevropadan kelishgan. Butunjaxon Turistlik Tashkiloti (BTT) tomonidan o’rnatilgan tasnif buyicha, barcha sobiq ittifok; xamdustlik mamlakatlari Yevropa mintakasiga kiradi. Shuning uchun Uzbekistonga qo’shni xamdustlik mamlakatlaridan keluvchi turistlar xam Yevropa mamlakatlaridan kelgan xisoblanadi. Xozirgi paytda turizm soxasidagi isloxotlarning to’rtinchi bosqichi (boshlangan bulib, unda xususiy turistlik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil egiladigan boshka turistlik assosiasiyalarga (masalan, Gid— tarjimonlar assosiasiyasi, Mexmonxona egalari assosiasiyasi, sportchilar assossiatsiyasi) «Uzbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini utkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu ulkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezrok sur'atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. «Uzbekturizm» MK ekspertlarining takitlashicha Uzbekistonda 2010 yilgacha jami 1007 mexmonga muljallangan 56 ta mexmonxona qurildi. Ichki va tashki turizmning rivojlanishi 626 mingdan 2010 yilda 2.2 mln.ga yetdi. Download 47.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling