Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va bosqichlari


Turistik korxona va uning faoliyati rejalashtirish obyekti sifatida


Download 113.12 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi113.12 Kb.
#1589149
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
turizm kurs ishi

2.3 Turistik korxona va uning faoliyati rejalashtirish obyekti sifatida.
Odatda, korxonalar faoliyatini rejalashtirish 3 ta ko’rinishda olib boriladi.

  1. Strategik rejalashtirish

  2. Taktik rejalashtirish

  3. Operatsion rejalashtirish

Rejalashtirish bozor iqtisodiyoti qoidalariga mos emas degan fikr o‘zgarishga yuz tutib, bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish zururligi asoslanmoqda. Vaqt va hayotning o‘zi, xususan, ko‘plab xorijiy kompaniya, turistik firma va turistik korxonalar tajribalari rejalashtirish va bashorat qilishning muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlamoqda.
Gap shundaki turistik korxona bu nafakat bozor subyektidir, u shu bilan bir paytda davlat tizimining elementi ham hisoblanadi. U davlat boshqaruv tizimi va siyosatidan to‘liq mustaqil bo‘la olmaydi. Iqtisodiyoti markazlashgan mamlakatlarda bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar turistik korxonalarda mehnat motivatsiyasi va rejalashtirish tizimini sezilarli ravishda o‘zgartirib yubordi. Menejment sohasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, butun rejalashtirish va boshqaruv tizimi xodimlarning ish sifati va samaradorligini oshirishdan manfaatdorligiga yo‘naltirilishi lozim bo‘lib, bu turistik firma rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Biroq bu huddi boshqa muvaffaqiyatlar kabi o‘zidan-o‘zi kelmaydi. Buning uchun resurslar asoslaridan tashqari mohir tashkilotchilik, ilmiy asoslangan rejalashtirish va boshqaruv talab qilinadi. Ayniqsa kishilarning ishlab chiqarish mehnatidan moddiy manfaatdorligi muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda bu mehnat hayoti sifati deb nomlanadi. Masalan, Janubiy Koreyaning “DEU” transmilliy firmasi rahbari Kim U Jung ta’kidlashicha: “biznesda odam boshqa hech qayerda bo‘lmagan ahamiyatga ega. Inson-hamma narsadan yuqori. U buyuk kuchdir. Shu sababli kompaniyalar tobora ko‘proq kadrlar bilan bog‘lik masalalarga e’tibor qaratmoqdalar. Chunki, umuman olganda odamlar ishlaydilar. Turistik firmaning gullab-yashnashi yoki inqirozga uchrashi ularga bog‘liq”. Shu sababli bo‘lsa kerak, Yaponiya turistik firmasi «Matsusita» quyidagi shiorni tanlab olgan: “narsalarni yaratishdan avval «Matsusita» kadrlarni yaratadi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda har bir turistik korxona o‘zining bugungi kundagi va kelajak uchun strategiyasini belgilab oladi. Shu sababli rejalashtirish turistik korxonani rivojlantirish strategiyasidan ajralmas bo‘lib, buni quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin.

Rejalar shunday tuzilishi kerakki, ular uzoq vaqt davomida o‘zgarmasligi, shu bilan bir paytda zarur hollarda yo‘nalishni o‘zgartirishga moslashgan bo‘lishi lozim. Amalda rejalashtirish jarayonida ikkita muhim savolga javob topish zarur:


- turistik korxona uchun bozordagi vaziyat bilan bog‘liq joriy vazifalarni bajarishda to‘siqlar yaratmaydigan strategik maqsadni qanday tanlash lozim?
- strategik maqsadlarga tayangan holda eng murakkab va kutilmagan xodisa va tashqi tendentsiyalarga munosib va samarali javob qaytarishi uchun moddiy, moliyaviy va kadrlar resurslarini qanday shakllantirish lozim?
Avvalgi ma’muriy buyruqbozlik tizimidagidan farqli o‘laroq ko‘plab turistik korxonalarda, ayniqsa, kichik va o‘rta turistik korxonalarda rejalar mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Biroq turistik korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish huddi avvaldagi kabi ko‘rsatkichlar tizimi yordamida amalga oshirilib, bu ko‘rsatkichlar sifat va miqdor, hajm va solishtirma turlarga taqsimlanadi.
Miqdor ko‘rsatkichlari - absolyut ko‘rsatkichlar bo‘lib, bu qatorga yalpi va tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, foyda yoki daromad miqdori, ishlab chiqarish resurslarining sarflanishini kiritish mumkin.
Sifat ko‘rsatkichlari - nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bular mehnat unumdorligining o‘sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hakozolardir. Bu qatorga shuningdek, o‘zaro miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sig‘imi, mahsulot sifati va boshqalarni ham kiritish mumkin.
Hajm ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning, uning ayrim jarayonlari va unda ishtirok etuvchi omillarning absolyut kattaligini belgilaydi. Bu qatorga masalan, yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmi, mehnat harajatlari hajmi, olingan foydaning umumiy hajmi va boshqalar kiritiladi.
Solishtirma ko‘rsatkichlar ikki yoki undan ortik o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar va mahsulot birligi harajatlari salmog‘ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan, mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilgi sarflanishi, ishlab chiqarish quvvati birligiga kapital quyilmalar, jami to‘lovlar hajmida mukofotlarning salmog‘i va hakozolar. Ushbu barcha ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud. Bu ko‘rsatkichlar rejalashtirish jarayonida ham, turistik korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ham qo‘llaniladi.

3-BOB. ” Accor “ kompaniyasi faoliyati



    1. Accor “ kompaniyasi faoliyatining tashkil etilishi

Accor— eng yirik xalqaro mehmonxona operatori. Kompaniya 1967-yilda tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Parij atrofidagi Evrida joylashgan.
Accor guruhi dunyoning 110 mamlakatidagi 5000 dan ortiq mehmonxonalar va 10 000 dan ziyod restoran, kafe va barlarni birlashtiradi[5].
Guruh hashamatli va premium brendlar, oʻrta narxlar va byudjet takliflari, noyob Life Style kontseptsiyalari, koʻngilochar va tungi joylar, restoran va barlar, markali xususiy turar joylar, kvartiralar, konsiyerj xizmatlari, kovorking ofislari va boshqalarni oʻz ichiga olgan eng xilma-xil va toʻliq integratsiyalashgan mehmondoʻstlik ekotizimlaridan biriga ega. Accor shuningdek, taniqli brendlarning tengsiz portfeliga va butun dunyo boʻylab 300 mingga yaqin xodimga ega. 65 milliondan ortiq odam har kuni turli xil mukofotlar, xizmatlar va yangi tajribalardan foydalanish imkoniyatini beruvchi ALL — Accor Live Limitless sodiqlik dasturidan foydalanadi. Planet 21 — Acting Here dasturi, shuningdek, Accor Solidarity, RiiSE va ALL Heartist Fund ijtimoiy tashabbuslari orqali guruh biznes axloqi, mas’uliyatli turizm, barqaror rivojlanish, jamoatchilikni jalb qilish, xilma-xillik va inklyuzivlik orqali ijobiy harakatlarga qaratilgan.
Guruh portfeliga 51 ta brend kiradi, ulardan 40 tasi mehmonxona sanoatiga tegishli. 2020-yil oxiriga kelib guruhning mehmonxonalar portfelida 753,344 xona (5,139 mehmonxona) va 212,000 xona (1,209 mehmonxona) mavjud boʻlib, ularning 73 % rivojlanayotgan bozorlarga toʻgʻri keladi[5].
Kompaniya asosan oʻrtacha narx segmentidagi shahar mehmonxonalari tarmogʻi sifatida rivojlandi.
2015-yilning dekabr oyida Fairmont, Raffles va Swissotel brendlarining hashamatli mehmonxonalariga egalik qiluvchi Kanadadagi FRHI Holdings kompaniyasini 2,9 milliard AQSh dollariga sotib olganini xabar qildi. 840 million dollarni Accor naqd pul bilan toʻladi, qolgan qismi esa Qatar Investment Agency egalari foydasiga 46,7 million dona aksiya bilan qoplandi. Birlashgan kompaniyaning eng yirik aksiyadorlari QIA va Kingdom Holding boʻlib, ularning ulushi mos ravishda 10,5 % va 5,8 % ni tashkil qiladi. Har biridan direktorlar Kengashiga ikkita vakil. Sebastyan Bazinning taʼkidlashicha, bu xarid Accorni „global hashamatli mehmonxonalar bozorida yetakchi“ga aylantirgan.
2016-yilda Accor Fairmont, Raffles va Swissotel brendlari ostida hashamatli mehmonxonalar va kurortlarni boshqaradigan FRHI tarmogʻini 3,2 milliard dollarga sotib oldi[6].
“Accor” kompaniyasining 10 yillik rivojlanish statistikasi

Download 113.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling